Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Huquq va axloq

. Huquq – davlat tomonidan belgilangan va uning majburlov kuchiga tayanadigan 

xulq-atvor  umumiy  normalarining  majmui.  Axloq  ham  jamoatchilik  fikri,  ya’ni  qilmishni 

ma’qullash  yoki qoralash  bilan  mustahkamlanadigan  xulq-atvor qoidalari  majmuidir.  Axloq  va 

huquq normalari o‘zlari muhofaza qiladigan ijtimoiy munosabatlar mazmuni, normativ talablarni 

mustahkamlash  usullari,  ularning  shaxs  xulq-atvoriga  samarali  ta’siri  darajasiga  ko‘ra  ajralib 

turadi.  Axloq  va  huquq  normalarining  mazmuni  o‘rtasida  jiddiy  farq  mavjud  emas.  Masalan, 

«o‘g‘rilik qilma» – bu ham axloqiy qoida, ham huquq normasidir. Ammo huquq normalari o‘z 

tartibga  solish  doirasi  bilan  axloq  me’yorlari  bilan  tartibga  solina-  digan  ijtimoiy 

munosabatlarning ulkan hajmini to‘la qamrab olmaydi. Masalan, oilaviy munosabatlar sohasida 

huquq  ota-onaga  o‘z  farzandlarini  tarbiyalash  majburiyatini  yuklaydi,  lekin  ota-onani  bir-birini 

sevish,  bir-biriga  g‘amxo‘rlik  qilishga  majburlamaydi.  Huquq  va  axloq  o‘rtasidagi  farqni  ular 

ko‘rsatadigan  ta’sirning  samaradorlik  darajasida  ham  ko‘rish  mumkin.  Bizning  nazarimizda, 

davlat  majburlovi  kuchiga  tayanadigan  huquq  axloqqa  qaraganda  samaraliroqdir.  Ammo, 

muayyan sharoitda inson uchun huquq axloqiy me’yorlar nufuzi qarshisida ojiz bo‘lishi mumkin. 

Bu  hol,  shaxsning  qadriyatlarga  munosabati  mazmuni  bilan,  muayyan  inson  qaysi  axloqiy 

qadriyatlarga  tayanishi,  shuningdek,  u  yashaydigan  muhit,  ya’ni  individ  fikrini  qadrlaydigan 

referent guruhning qandayligi bilan belgilanadi. Shu sababli axloqiy yo‘l tanlashda ayrim inson 

uchun ishlab chiqarish jamoasi yoki maktab (talabalar) guruhining nufuzi muhim ahamiyat kasb 

etishi mumkin, boshqa shaxs uchun esa diniy sekta yoki jinoiy guruh a’zolarining fikri ustunlik 

qilishi mumkin. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, axloq jamoatchilik fikriga tayanadi.  

Ammo,  inson  xulq-atvoriga  baho  berish  juda  mushkul  ish,  chunki  uning  zamirida  muayyan 

sabablar yotadi, u muayyan sharoitda sodir etiladi, ob’ektiv oqibatlarga olib keladi va maqsadga 

erishishning muayyan vositalarini tanlashni nazarda tutadi. Jamoatchilik fikri shaxs  xulqatvoriga 

baho berishda ijtimoiy mustahkamlangan axloq me’yorlariga amal qiladi, shaxs esa axloq haqidagi 

o‘z tasavvurlaridan kelib chiqadiki, ular umumiy e’tirof etilgan me’yorlardan ancha farq qilishi 

mumkin. Muayyan sharoitda bir individ o‘z vijdonining ovoziga quloq solsa, boshqa bir individ 

umumiy  qabul  qilingan  axloqiy  tasavvurlarga  qarab  mo‘ljal  oladi,  ya’ni  «har  qanday  vijdonli 

odam»  kabi  ish  ko‘radi.  Birinchi  yoki  ikkinchi  individning  qilmishini  axloqiy  deb  hisoblash 

mumkinmi?  Agar  birinchi  individ  vijdonining  ovozi  umuminsoniy  axloqiy  tamo  yillarga  mos 

kelsa,  uning  qilmishiga  axloqiy  jihatdan  shubhali,  murosasoz  va  qo‘rqoq  shaxs,  chunki  uning 

qilmishi  jamoatchilikning  qoralashidan  qo‘rqish  bilan  izohlanadi.  Sirtdan  belgilangan  qilmish 

axloqiy  sanalmaydi.  Huquqiy  majburlov  va  jamoatchilik  fikri  yoki  Tangri  la’natidan  qo‘rqish 

emas, balki shaxsning ichki mayli axloqiy qilmishning muhim belgisi hisoblanadi.  




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish