Kelajak ssenariylari
– bu kuzatilayotgan tendensiyaning ehtimol tutilgan kelajagi haqidagi u yoki
bu tusmolni asoslovchi dastlabki farazlarning tartibga solingan yig‘indisi. Ssenariylar: a) u yoki
bu nazariy vaziyatni qay yo‘l bilan bosqichma-bosqich amalga oshirish mumkinligini; b)
voqealarning muayyan rivojiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni engillashtirish yoki chetlab o‘tish uchun
voqealarning har bir ishtirokchisi uchun har bir bosqichda qanday variantlar mavjudligini
aniqlaydi.
Shunday qilib, ssenariy murakkab tizimlarni o‘rganishga nisbatan tizimli va tarixiy yondashuvlarni
birlashtiruvchi ko‘p variantli prognozdir; aksariyat hollarda u tavsifiy xususiyat kasb etadi va
kompleks prognozlarni tuzishda keng qo‘llaniladi. SHuni qayd etib o‘tish lozimki, ko‘rib chiqilgan
metodlarning birortasi ham alohida holda prognozning yuksak darajada ishonchliligini ta’minlay
olmaydi. SHu sababli amalda, odatda, murakkab, kompleks metodlardan foydalaniladi. Mazkur
yondashuv ayrim metodlarning kamchiliklarini bartaraf etish va prognozlarning ko‘proq darajada
aniqligi va ishonchliligini kafolatlash imkonini beradi. Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning
rivojlanish imkoniyatlarini prognoz qilish natijasi prognoz hisoblanadi. U kelajak u yoki bu
muammolarining rivojlanishi va ularni echishning mumkin bo‘lgan barcha variantlarini, ularning
bir-birini istisno etuvchi variantlarini, stixiyali va ongli jarayonlarni, ularning vaqt va ko‘lam
parametrlarini aniqlash imkonini beradi. Kelajakning ijtimoiy prognozlar taklif qilayotgan
tavsifining mazmuniga qarab, ular insonni yo unga faol intilishga, yo uning yuz berishiga qarshi
harakat qilishga, yo uni passiv kutishga da’vat etadi. Shu sababli har qanday ijtimoiy prognoz
ilmiy bilishga doir mazmunni ham, muayyan mafkuraviy vazifani ham o‘zida birlashtiradi. Bunda
bilishga doir funksiya ustunlik qilishi ham, mafkuraviy funksiya ustunlik qilishi ham mumkin.
Turli prognozlarning mazmuni va vazifasidan kelib chiqib, ularning to‘rt asosiy tipini farqlash
mumkin.
Qidiruv prognozi – ijtimoiy ob’ektning kelajagi qanday bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish uchun
tuziladigan prognoz. U rivojlanish qaysi yo‘nalishda yuz beradi, kelajakning muayyan davrida
prognoz ob’ektining holati qanday bo‘lishi mumkin, degan savollarga javob beradi. Normativ
prognoz – boshqaruvni optimallashtirish yo‘llarining oqilona tashkil etilgan tahlili. Bu prognoz
obrazli qilib «teskari prognoz» deb ataladi, chunki unda o‘rganish teskari yo‘nalishda – kelajakdan
hozirgi davrga qarab amalga oshiriladi. Normativ prognoz qo‘yilgan maqsadlarga erishish yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |