bois, ular murakkab tuzilishga va alohida ierarxiyaga ega bo‘ladi. Qadriyatlar ierarxiyasi zamirida
7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI.
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
115
tirik mavjudot sifatidagi inson hayoti uchun zarur bo‘lgan fundamental qadriyatlar (tabiiy
boyliklar, moddiy yashash sharoitlari – turar joy, oziq-ovqat mahsulotlari, sog‘liqni saqlash va
sh.k.) va insonning ijtimoiy mohiyatiga, uning ma’naviy tabiatiga bog‘liq bo‘lgan oliy qadriyatlar
yotadi. Birinchi guruhga moddiy (utilitar) qadriyatlar, ikkinchi guruhga esa ma’naviy qadriyatlar
kiradi. qadriyatlarning birinchi guruhi insondan tashqarida yotuvchi maqsad bilan belgilanadi,
ikkinchi guruh ichki asosga ega.Moddiy, utilitar qadriyat vositaning qimmatidir, zero, narsaning
foydaliligi u nimaga xizmat qilishga mo‘ljallangan bo‘lsa, shu vazifa bilan belgilanadi. O‘z
vazifasini bajargach, bu narsa qadriyat sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.Moddiy, utilitar
qadriyatdan farqli o‘laroq, ma’naviy qadriyat o‘ziga to‘q xusu- siyat kasb etadi va o‘zidan
tashqarida yotuvchi motivlarga muhtoj bo‘lmaydi. Utilitar pragmatik qadriyatlar faoliyat
maqsadini belgilasa, ma’naviy qadriyatlar inson faoliyatining mazmunini belgilaydi.
SHunga mos ravishda shaxsning ma’naviy dunyosi ham o‘z ierarxiyasiga ega bo‘ladi. Inson
ma’naviyati uchta: ma’rifiy, axloqiy va estetik asoslarni o‘z ichiga oladi. Ularga ma’naviy
ijodkorlarning uch tipi: donishmand (biluvchi), taqvodor (avliyo) va san’atkor mos keladi. Bu
asoslarning o‘zagi ma’naviyatdir. Bilim bizga haqiqatning tagiga etish uchun imkoniyat yaratib,
to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsa, axloqiy va estetik asos insonning o‘z egoistik «Meni» chegarasidan chetga
chiqib,ezgulik urug‘ini sochish qobiliyati va ehtiyojini nazarda tutadi.Ma’naviy qadriyatlarning
o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular noutilitar va noinstrumental xususiyat kasb etadi: ular boshqa
biror narsaga xizmat qilmaydi, aksincha, boshqa barcha narsalar ularga bo‘ysunadi va oliy
qadriyatlar bilan bog‘liq holdagina muayyan mazmun kasb etadi. Oliy qadriyatlarning yana bir
xususiyati shundan iboratki, ular muayyan xalq madaniyatining o‘zagi hisoblanadi. Madaniyatda
odamlarning fundamental umuminsoniy qadriyatlari: tinchlik, salomatlik va insoniyat hayoti
mujassamlashadi. Madaniyatda muloqot qadriyatlari (do‘stlik, mehribonlik, ishonch, oila),
turmush tarzi qadriyatlari (ijtimoiy adolat, erkinlik, inson huquqlari va shu kabilar haqidagi
tasavvurlar) o‘z ifodasini topadi. Oliy qadriyatlar yo‘l tanlash vaziyatlarining cheksiz to‘plamida
ro‘yobga chiqadi.
SHunday qilib, qadriyatlar tushunchasi shaxsning ma’naviy dunyosi bilan uzviy bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: