Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. 

JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI

 

 

 



 

113 


 

 

 



bo‘lgan munosabatning faollik, qizg‘inlik darajasini tavsiflaydi. Nimadir bizni ko‘proq, nimadir 

kamroq  ta’sirlantiradi,  nimadir  bizni  o‘ziga  nisbatan  butunlay  befarq  qoldiradi.  SHuningdek, 

muhimlik  qadriyat  xususiyatigagina  emas,  balki  «aksilqadriyat»,  ya’ni  ziyon  xususiyatiga  ega 

bo‘lishi ham mumkin. YOmonlik, ijtimoiy adolatsizlik, urushlar, jinoyatlar va kasallik lar jamiyat 

va shaxs uchun ulkan ahamiyatga ega, lekin  bu  hodisalarni qadriyatlar deb nomlash odat tusini 

olmagan.  Qadriyat  tushunchasining  yuqorida  keltirilgan  umumiy  tavsifidan  kelib  chiqib,  unga 

quyidagi  ta’rifni  berish  mumkin:  «Qadriyat  –  bu  borliq  rang-barang  elementlarining  ob’ektiv 

ahamiyati  bo‘lib,  ularning  mazmuni  jamiyat  sub’ektlarining  ehtiyojlari  va  manfaatlari  bilan 

belgilanadi».  

Baholash

. Aksiologiyaning asosiy kategoriyalari qatoriga qadriyat bilan bir qatorda hajman juda 

keng  tushuncha  –  «baholash»  ham  kiradi.  Baholash  –  buyumning  inson  faoliyati,  uning 

ehtiyojlarini qondirish uchun ahamiyatini anglab etish vositasi. Baholash sub’ektning o‘z hayoti 

va faoliyati uchun hodisalarning ijtimoiy ahamiyatini aniqlashidir. U insonga hodisalar dunyosida 

mo‘ljal olish imkonini beradi, uning faoliyatini yo‘lga soladi. Baholash universaldir: u sezgilar va 

aql-idrok darajasida, emotsiyalar va tuyg‘ular, tasavvurlar, idroklar, mulohazalar, mayllar, istaklar, 

intilishlar, afzalliklar va albatta, faoliyat ko‘rinishida ro‘yobga chiqib, inson hayot faoliyatining 

barcha turlariga ta’sir ko‘rsatadi.  

Baholashning  mohiyatini  teranroq  anglab  etish  uchun  uni  «qadriyat»  bilan  solishtirish  o‘rinli 

bo‘ladi. Baholash va qadriyat – bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tushunchalar, lekin ularning 

o‘rtasida jiddiy farq ham mavjud. Xo‘sh, bu farq nimalarda ko‘rinadi?  

Birinchidan, qadriyat biz baho berayotgan narsa, ya’ni baholash predmeti bo‘lsa, baholash  – bu 

baho  berish  jarayoni,  ya’ni  aqliy  faoliyat  bo‘lib,  uning  natijasi  o‘laroq  borliqning  muayyan 

predmeti  biz  uchun  qanday  qimmatga  ega  ekanligi  aniqlanadi.  Predmetni  yoki  uning  xossasini 

foydali, yoqimli, yaxshi, chiroyli deb topib, biz baholashni amalga oshiramiz.   

Ikkinchidan, faqat ijobiy ahamiyat kasb etuvchi qadriyatlardan farqli o‘laroq («salbiy qadriyatlar» 

bo‘lishi  mumkin  emas),  berilgan  baho  ijobiy  bo‘lishi  ham,  salbiy  bo‘lishi  ham  mumkin.  Biz 

muayyan  predmetni  yoki  uning  xossasini  foydali  emas,  balki  zararli  deb,  topishimiz,  muayyan 

xatti-harakatni  yomon,  axloqqa  zid  deb,  baholashimiz,  ko‘rilgan  filmni  mantiqsiz  deb, 

qoralashimiz mumkin. Bunday fikrlarning barchasi baholash hisoblanadi.  

Uchinchidan,  qadriyat  amaliy  munosabat  mahsuli  sifatida  ob’ektiv  hisoblanadi.  Baholash  esa, 

sub’ektivdir. U ob’ektiv qadriyatning sifatigagina emas, balki baholovchi sub’ektning ijtimoiy va 

individual  fazilatlariga  ham  bog‘liqdir.  Ayni  shu  sababli,  ayni  bir  hodisa  ayni  bir  davrda 

yashayotgan odamlar tomonidan turlicha baholanishi mumkin.  


Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish