Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. 

JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI

 

 

 



 

111 


 

 

 



Tarix falsafasi rivojlanishining hozirgi bosqichida tarixning shunday bir talqini vujudga keladiki, 

unda  mualliflar  bu  muqobil  yondashuvlarning  ijobiy  g‘oyalaridan  foydalanishga  va  ularning 

kamchiliklari  o‘rnini  to‘ldirishga  harakat  qiladilar.  Mazkur  yondashuv  «monadaga  doir 

yondashuv», degan nom olgan. Monadaga doir yondashuvning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, 

u  jahon  tarixiy  jarayoniga  ko‘p  sonli  tarixiy  individlar  (sotsiumlar)dan  iborat  bo‘lgan  yaxlitlik 

sifatida qaraydi. Bunda monadaga doir yondashuvning formatsion elementi tarixiy rivojlanishning 

ayni  bir bosqichini  boshdan kechirayotgan turli  mamlakatlar uchun umumiy  bo‘lgan  jihatlarga, 

sivilizatsion  element  esa,  ijtimoiy  organizmlarning  xususiyatlariga,  ularning  betakrorligiga 

e’tiborni qaratadi. Shunday qilib, monadaga doir yondashuv doirasida formatsion yondashuvning 

umumlashtiruvchi 

imkoniyatlari 

va  sivilizatsion 

yondashuvning 

individuallashtiruvchi 

imkoniyatlari ularni qarama-qarshi qo‘yish asosida emas, balki ularning yagonaligi va bir-birini 

to‘ldirishini  tan  olish  asosida  hisobga  olinadi  va  ro‘yobga  chiqariladi.  Yuqorida  qayd  etib 

o‘tilganidek, tarixning  mazmuni  muammosi tarix falsafasining aksariyat  yo‘nalishlarida ko‘zga 

ko‘rinadigan o‘rinni egallaydi. Ayni vaqtda shunday konsepsiyalar ham paydo bo‘lganki, ularda 

tarixning mazmuni muammosi markaziy muammo hisoblanadi.   

Falsafa  tarixida  ildizlari  ilk  falsafiy  tizimlarga  borib  taqaluvchi  ancha  kuchli  qadriyatlarga  doir 

an’anaga  duch  kelish  mumkin.  Qadimgi  davrdayoq  faylasuflarni  qadriyatlar  muammosi 

qiziqtirgan. Ammo o‘sha davrda qadriyat borliq  bilan ayniylashtirilgan, qadriyatga xos bo‘lgan 

xususiyatlar esa uning mazmuniga kiritilgan. Masalan, Zardusht, Moniy, Suqrot va Platon uchun 

yaxshilik  va  adolat  kabi  qadriyatlar  haqiqiy  borliqning  bosh  mezonlari  hisoblangan.  Bundan 

tashqari, qadimgi faylasuflar qadriyatlarni tasniflashga harakat qilganlar. Xususan, Moniy zulmat 

va ziyo dunyosi mavjud, birinchi dunyoda adolatsizlik, zulm, zo‘ravonlik, ikkinchisida esa abadiy, 

engilmas doimiy qadriyatlar hukm suradi, deb hisoblaydi. Aristotel o‘ziga to‘q qadriyatlarni (ular 

jumlasiga faylasuf inson, baxt, adolatni kiritgan) va anglab etish imkoniyati insonning oqilligiga 

bog‘liq bo‘lgan nisbiy qadriyatlarni farqlaydi.  

Turli  falsafiy  davrlar  va  ularda  mavjud  bo‘lgan  falsafiy  maktablar  qadriyatlar  tushunchasining 

shakllanishiga  o‘z  hissasini  qo‘shgan.  Masalan,  O‘rta  asrlarda  G‘arbda  ham,  Sharqda  ham 

qadriyatlar  diniy  xususiyat  kasb  etgan  va  ilohiy  mohiyat  bilan  bog‘langan.  Uyg‘onish  davrida 

A.Navoiy, A.Jomiy, Rumiy, Leonardo da Vinchi ijodida insonparvarlik va hurfikrlilik qadriyatlari 

birinchi  o‘ringa  chiqqan.  Jumladan  A.Navoiyning  odil  jamiyat  qurish  haqidagi  g‘oyasida 

umuminsoniy qadriyatlar tizimi, komil inson ta’limotida esa, eng etuk inson qiyofasiga xos shaxsiy 

qadriyatlar tizimi ifodalangan.  

YAngi  davrda  qadriyatlar  haqidagi  ta’limotga  nisbatan  yondashuvlar  ratsionalizm  nuqtai 

nazaridan tavsiflana boshlanganki, bu hol fanning rivojlanishi va yangi ijtimoiy munosabatlarning 

shakllanishi  bilan  izohlanadi.  Bu  davrda  qadriyatlar  va  ularning  mezonlari  muammosi  Rene 

Dekart,  Benedikt  (Barux)  Spinoza,  Klod  Adrian  Gelvetsiy,  Pol  Anri  Golbax,  A.Avloniy, 

A.Donish, Furqat, Muqimiy va boshqa mutafakkirlarning asarlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, 

A.Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida, «yaxshi xulqlar» – muhabbat, yaxshilik, adolat, 

haqiqat, shijoat, ibrat kabi  ijobiy qadriyatlarni  va razolat, g‘iybat,  jaholat, adovat kabi  «yomon 

xulqlar»ni farqlaydi.  Keyinroq, XX asrda, o‘zbek faylasufi S.SHermuxamedov Avloniy g‘oyasini 

davom ettirib, insonga tabiat 36 ta ijobiy fazilat va 36 ta salbiy illat ato etganligini, ularning qay 

darajada namoyon bo‘lishini, inson o‘z hayotining qadriga etishida ko‘rinishini e’tirof etadi.  

XX  asrning  boshida  fransuz  faylasufi  P.Lapi  qadriyatlar  nazariyasini  ifodalash  uchun 

«aksiologiya» (yunon. «axios» – «qadriyat», «logos» – «fan», «ta’limot») atamasini muomalaga 

kiritdi. Keyinchalik, aksiologiya muammolari fenomenologiya, germenevtika, ekzistensializm va 

boshqa falsafiy yo‘nalishlarning vakillari tomonidan tadqiq etildi.  

Aksiologiya  nimani  o‘rganadi? 

Aksiologiya  –  falsafaning  qadriyatlarni  o‘rganish  bilan 

shug‘ullanuvchi alohida bo‘limi (yunon. «axios» – «qadriyatlar», «logos» – «bilim»: qadriyatlar 

haqidagi  fan). 

Qadriyatlar  ulkan  falsafiy  ahamiyatga  ega. 



Qadriyatlar  tushunchasi  insonning 



Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish