Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. 

JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI

 

 

 



 

109 


 

 

 



1)

 

ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiya  –  sifat  jihatidan  aniq,  yaxlit  ijtimoiy  tizim  bo‘lib,  uning 



muhim  elementi  odamlarning  hayot  faoliyati  jarayonida  ular  o‘rtasida  o‘rnatiladigan  moddiy 

(iqtisodiy), ma’naviy (mafkuraviy) va boshqa aloqalar va munosabatlardir. Moddiy va ma’naviy 

munosabatlarning o‘zaro aloqasida moddiy munosabatlar etakchi rol o‘ynaydi. Ularning o‘zagini 

ishlab chiqarish munosabatlari tashkil qiladi. Aynan ishlab chiqarish munosabatlari, ijtimoiy tizim 

faoliyatini belgilovchi asos hisoblanadi;  

2)

 



ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiya  turli  mamlakatlarda  ular  rivojlanishining  muayyan 

bosqichida ijtimoiy hayotga xos bo‘lgan umumiy jihatlarni aks ettiradi. Kapitalizmni o‘rganish va 

turli  mamlakatlardagi  moddiy  va  ma’naviy  munosabatlarni  taqqoslash  jarayonida  bu 

munosabatlarning  ko‘pgina  tomonlari  takrorlanishining  va  mazkur  mamlakatlar  ijtimoiy 

rivojlanishning bir bosqichi – kapitalistik bosqichda, degan xulosaga kelingan;  

3)

 



ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiya  jamiyat  rivojlanishining  muayyan  bosqichidir.  Ko‘p  sonli 

ijtimoiy  aloqalar  orasida  ishlab  chiqarish  munosabatlarini  farqlash,  ularning  bir  necha  turlari 

mavjudligini aniqlash  imkonini  ham  bergan; turli  ijtimoiy organizmlar bir xil  ijtimoiy-iqtisodiy 

tuzilishga  ega  bo‘lishi  ham,  har  xil  ijtimoiy-iqtisodiy  tuzilishga  ega  bo‘lishi  ham  mumkinligi 

(ya’ni, har xil tipdagi ishlab chiqarish munosabatlari) aniqlangan.  

Shunday qilib, ishlab chiqarish munosabatlarining har bir tipi rivojlanish bosqichi, tarixiy davrni, 

bu  ishlab  chiqarish  munosabatlarining  rivojlanishi  va  o‘zgarishi  esa  jamiyat  rivojlanishining 

mohiyatini belgilaydi, degan xulosaga kelingan.  

Bu qoidalardan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – bu jamiyatning muayyan tarixiy tipi, 

ishlab  chiqarishning  muayyan  usuliga  asoslangan  va  ijtimoiy  taraqqiyot  bosqichi  sifatida  amal 

qiladigan yaxlit ijtimoiy tizim, degan to‘xtamga kelish mumkin.  

«Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya» kategoriyasini asoslash tarixiy jarayonni davriylashtirish imkonini 

bergan.  U  jami  formatsiyalarning  besh  tipini  farqlagan:  ibtidoiy  jamoa,  quldorlik,  feodalizm, 

kapitalizm,  kommunizm.  Jahon  tarixiy  jarayoni  bir  formatsiyadan  boshqa  formatsiyaga 

yuksalishdan iborat bo‘lgan chiziqli jarayon sifatida tavsiflagan.  

XIX  asrda  ishlab  chiqilgan  formatsion  yondashuv  o‘zini  oqlamadi.  Bunda  tarixiy  ri  vojlanish 

jarayonini tushuntirishga nisbatan Marksning yondashuvi emas, balki uni dogmaga aylantirish va 

mutlaqlashtirish  shakllandi.  Ayrim  tadqiqotchilar  formatsion  yondashuvni  tahlil  qilar  ekanlar, 

uning quyidagi zaif jihatlarini qayd etadilar. Birinchidan, tarixning har qanday bosqichida jamiyat 

hayotini ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlargina belgilaydi, deb aytish o‘rinli bo‘lmaydi. Ikkinchidan, 

bir  formatsiyadan  boshqa  formatsiyaga  tabiiy  yuksalish  haqidagi  monistik  tasavvur  inson 

erkinligiga,  insoniyat  rivojlanishining  muqobil  yo‘llarini  tanlashga  o‘rin  qoldirmaydi. 

Uchinchidan,  xalqlar,  jamiyatlar,  davlatlarning  haqiqiy  tarixi  yuksalib  boruvchi  chiziq  bo‘ylab 

formatsion rivojlanishning tor doirasiga sig‘maydi. Mazkur yondashuv amalga tatbiq etilganda har 

bir  xalq  va  sivilizatsiyaning  o‘ziga  xosligi  va  betakrorligi  yo‘qoladi,  ular  ayni  holda  kelajak 

barkamol jamiyatining sharti sifatidagina amal qiladi.  

SHunday  qilib,  hozirgi  davr  sharoitida  tarixiy  jarayonni  besh  ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiyadan 

iborat bo‘lgan chiziqli sxema sifatida talqin qilishning bir yoqlamaligi, ayniqsa, bo‘rtib namoyon 

bo‘ladi.  Jahon  tarixiy  jarayoni  mazkur  nazariy  modeldan  boyroq.  SHu  sababli  ushbu  talqinni 

tarixni  tushunishga  nisbatan  o‘zgacha,  nochiziq  yondashuv  bilan  to‘ldirish  talab  etiladi. 

Sivilizatsionyondashuv tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir.  

Falsafani  tushunishga  nisbatan  sivilizatsion  yondashuv  XIX–XX  asrlarda  vujudga  kelgan.  U, 

asosan,  ko‘p  sonli  madaniyatlar  va  sivilizatsiyalar  mavjudligi,  ularning  lokalligi  va  har  xilligi 

haqidagi  g‘oyani  ilgari  surishi  bilan  tavsiflanadi.  Bu  yerda  ijtimoiy  taraqqiyotning  qat’iy  bir 

chiziqli sxemasi rad etiladi.  

Mazkur  yondashuv  asoschilaridan  biri,  tabiatshunos  olim  Nikolay  Danilevskiy  (1822–1885) 

bo‘lgan.  U  har  biri  alohida-alohida  mavjud  bo‘lgan,  faoliyatning  to‘rt  muhim  shakli  yoki 

sivilizatsiyalar  «asosi»  –  diniy,  madaniy,  siyosiy,ijtimoiy-iqtisodiy  asoslar  orqali  namoyon 





Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish