Sinergetika.
Hozirgi zamon fanida sinergetika metodi keng qo‘llanilmokda.Sinergetika so‘zi
yunoncha («sinergena») bo‘lib, kelishuv, hamkorlik, o‘zaro ta’sir kabi ma’nolarni anglatadi.
German Xakenning fikricha, sinergetika ko‘p qismlardan iborat bo‘lgan, o‘zaro murakkab
aloqadorlikdagi komponentlar tizimini o‘rganadi. Xaken fikricha,
sinergetika hamkorliqdagi
harakat bo‘lib, butunning tizim sifatida aks etuvchi qismlarining kelishilgan faoliyati
ma’nosida
talqin qilinadi
. Xullas, sinergetika – olamning o‘z-o‘zini tashkil etishi, makon va vaqtda narsa va
voqealarning azaliy ketma-ketligi, o‘zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat
sababiy bog‘lanishlar asosida mavjudligini e’tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir.
Bu ta’limotni dialektika asosida shakllangan va uni to‘ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi,
deydiganlar ham bor. Ularga qarshi o‘laroq, dialektika endi kerak emas, uni sinergetika bilan
almashtirish lozim, deb hisoblovchilar ham yo‘q emas.
Sinergetikada bifurkatsiya, fluktuatsiya,
tartibsizlik, dissipatsiya, g‘alatiat traktorlar, chiziqsizlik singari tushunchalar mashhur
. Ulardan
tizimlar barcha turlarining, jumladan, old organizmik, organizmik, ijtimoiy, etnik, ma’naviy va
boshqa tizimlarning xulq-atvorini tushuntirish uchun foydalaniladi.
Bifurkatsiya
ikkilanish nuqtalarining mavjudligini hamda rivojlanish davomining har xilligini
nazarda tutadi
. (Masalan, bitta oila negizida yangi oila paydo bo‘ladi va yangi oila o‘zining
rivojlanish tamoyillariga
ega bo‘ladi). Ularning faoliyati natijalarini oldindan bashorat qilish qiyin.
I.Prigojinning fikriga ko‘ra, bifurkatsiya jarayonlari tizimning murakkablashuvidan dalolat beradi.
N.Moiseevning fikricha, «ijtimoiy tizimning har
bir holati bifurkatsiya holatidir».
Kumatoid –
suzayotgan ob’ektni anglatadi va ob’ektlarning tizimli xususiyatini aks ettiradi. U
vujudga kelishi, hosil bo‘lishi, shuningdek, yo‘qolishi,parchalanishi mumkin.
U o‘zining barcha
elementlarini birvarakay emas, balki
o‘ziga xos «hissiy-o‘ta hissiy» tarzda namoyon etadi.
Masalan, tizimli ob’ekt –o‘zbek xalqini ma’lum vaqt, makon bo‘lagida ifoda etish va
mahalliylashtirish
mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda, ob’ektni yaxlit ifoda etish uchun
o‘zbek
xalqining barcha vakillarini yig‘ish mumkin emas. Shu bilan birga, mazkur ob’ekt soxta
emas, realdir. Uni kuzatish, o‘rganish mumkin. U butun sivilizatsion tarixiy jarayonning
yo‘nalishini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Yana bir
misol – talabalar guruhi. U dam paydo
bo‘ladigan, dam ko‘zdan yo‘qoladigan suzuvchi ob’ekt sifatida o‘zaro aloqalarning deyarli barcha
tizimlarida namoyon bo‘ladi. Masalan, o‘quv mashg‘ulotlari tugaganidan keyin guruh yaxlit
Do'stlaringiz bilan baham: |