6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI
102
munosabatni to‘g‘ri ifodalashning iloji qolmagan zamonlar ko‘p bo‘lgan. Bunday holni
inkvizitsiya hukmron bo‘lgan o‘pta asrlar Evropasiga ham tatbiq etish mumkin. O‘sha davrda ham
ko‘pgina ziyolilarning ana shu usulga suyanmasdan iloji yuq edi. Umuman olganda, falsafada
«do‘ppi tor kelib qolgan» ana shunday zamonlarda fikrni Gulxaniyning mashhur «Zarbulmasal»
acapi kabi ifodalash hollari uchrab turadi. Buni o‘rta asrlar Evropasiga nisbatan olsak, unda
Servantesning «Don Kixot» acapi nima sababdan shunday yozilganligi, uning bosh qahramoni esa
nima uchun shamol tegirmonlariga qarshi jang qilganligi va bu lavhalar zamirida qanday botiniy
mazmun yashiringani aniq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |