Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


Fuqarolik jamiyati, davlat, demokratiya



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Fuqarolik jamiyati, davlat, demokratiya. 

Hozirgi zamon jamiyati o‘ta murakkab va faol ijtimoiy 

tizimdir.  Umuman  olganda,  uni  quyidagi  xususiyatlarga  ega  bo‘lgan  jamiyat  sifatida  tavsiflash 

mumkin:  

 

u spontan tarzda vujudga keladi va biron-bir boshlang‘ich g‘oyani o‘zida mujassamlashtirmaydi, 



jamiyatning barcha a’zolari uchun muqarrar bo‘lgan olamshumul maqsadga ega bo‘lmaydi;  

 



u o‘z hayotining barcha tomonlarini yagona markazdan nazorat qilmaydi;  

 



unda muvofiqlashtirishga muayyan umumiy maqsad va yagona markazga bo‘ysunish hisobiga 

emas, balki xulq-atvor umumiy qoidalariga rioya etish hisobiga erishiladi;  

 

mazkur  jamiyatning  iqtisodiy asosi xususiy  mulk  va  xususiy tadbirkorlik,  markazlashtirishdan 



chiqarilgan bozor tizimi va raqobatdir;  

 



uning  individlari  erkin  va  mustaqil  bo‘lib,  qonun  bilan  muhofaza  etiladigan  shaxsiy  hayot 

sohasiga egadirlar, bu hayot doirasida ular o‘zlari istagan har qanday qarorlarni mustaqil ravishda 

qabul qilishga haqlidirlar;  

 



individlar shak-shubhasiz va uzviy fundamental huquqlar va erkinliklarga, shu jumladan fikrlash 

va so‘z erkinligi, uyushmalar va tashkilotlar tuzish erkinligi, vijdon erkinligi, bir joydan boshqa 

joyga ko‘chib yurish erkinligi, o‘zi istiqomat qiladigan mamlakatni tanlash erkinligiga egadirlar;  

 



bu  ko‘ppartiyaviy  jamiyat  bo‘lib,  unda  siyosiy  partiyalar  hech  qanday  bevosita 

ommaviyhokimiyat vakolatlariga ega emaslar;  

 

davlat  hokimiyati  va  mahalliy  o‘zini  o‘zi  boshqarishning  vakillik  organlari  aholi  tomonidan 



saylanadi;  

 



hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari bir-biridan ajratilgan. Zamonaviy jamiyatning 

umumiy tavsifida quyidagi tushunchalar markaziy o‘rinni egallaydi: fuqarolik jamiyati, huquqiy 

davlat,  ko‘ppartiyaviylik,  demokratiya,  hokimiyatning  bo‘linishi,  xususiy  mulk,  bozor,  shaxs 

erkinligi va suvereniteti.  



Fuqarolik jamiyati – davlat hokimiyati organlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan qonunlar 

bilan muhofaza etilgan ixtiyoriy uyushmalar va tashkilotlar majmui

.

 

 

Zamonaviy jamiyatda davlat odamlarning shaxsiy hayotiga aralashmaydi, ularni yagona mafkura 



va  qadriyatlar  yagona  tizimini  qabul  qilishga  majburlamaydi.Kishilarning  rang-barang 

manfaatlari, ularning hamkorlikdagi harakatlari orqali ro‘yobga chiqariladi, bunga erishish uchun 

ular  davlat  oldida  hisobdor  bo‘lmagan  ixtiyoriy  birlashmalar  va  uyushmalarga  birlashadilar. 

Odamlarning manfaatlarini aks ettiradigan nodavlat, nohukumat tashkilotlari fuqarolik jamiyatini 

tashkil  etadi.  Ular  rasmiy  statistikaga  kirmaydi  va  ularning  hisobini  yuritish  ancha  qiyin  ish. 

Chunonchi,  ayrim  ma’lumotlarga  ko‘ra,  AQSHda  yuz  minglab  bunday  tashkilotlar  faoliyati  25 

mingdan ortiq xayriya fondlaridan mablag‘ bilan ta’minlanadi. Norvegiyada bu mamlakat fuqarosi 

hisoblangan  har  olti  kishidan  biriga  bitta  nohukumat  tashkiloti  to‘g‘ri  keladi.  XIX  asr  fransuz 

sotsiologi  A.de  Tokvil  Amerikada  demokratiyani  qo‘llab-  quvvatlovchi  ijtimoiy  sharoitlar 

to‘g‘risida  mulohaza  yuritar  ekan,  amerikaliklarning  fuqarolik  va  siyosiy  tashkilotlar  tuzishga 

bo‘lgan moyilligiga alohida e’tiborni qaratgan: «Turli yosh, mavqe va qiziqishlarga ega bo‘lgan 

amerikaliklar turli xil uyushmalarga ixtiyoriy ravishda birlashadilar.   

Bular tijorat yoki ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan, amerikaliklarning barchasi ishtirok 

etadigan  birlashmalargina  emas,  balki  boshqa  xil  turdagi  minglab  birlashmalar:  diniy-ma’naviy 





Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish