O‘yin vositasidagi bilim
nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatining ham muhim unsuri
hisoblanadi.
O‘yin jarayonida shaxs qizg‘in bilish faoliyatini amalga oshiradi, bilimlarning katta
hajmini o‘zlashtiradi, madaniy boylik – ishga doir o‘yinlar, sport o‘yinlari, aktyorlarning o‘yinlari
va shu kabilarni qon-qoniga singdiradi.
O‘yin bolalarning qiziquvchanligini qondirish, ularning
ma’naviy dunyosi va ma’lum bilimlari, o‘zaro til topish ko‘nikmalari va shu kabilarni
shakllantirishda muhim ijtimoiy rol o‘ynaydi. Hozirgi zamonda o‘yin tushunchasidan matematika,
iqtisodiyot, kibernetika va boshqa fanlarda keng foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |