Bilim shakllari
– Inson o‘zini qurshagan olamni anglab etadi, uni har xil usullar yordamida
o‘zlashtiradi. Bu usullardan ikkita eng muhimini qayd etish mumkin. Birinchi – moddiytexnikaviy
usul – tirikchilik vositalarini ishlab chiqarish, mehnat, amaliyot. Ikkinchi – ma’naviy
(ideal) usul; uning doirasida sub’ekt va ob’ektning bilishga doir munosabatlari ular o‘rtasidagi
ko‘p sonli munosabatlarning biridir. O‘z navbatida, bilish jarayoni va unda olinadigan bilimlar
amaliyot va bilishning tarixiy rivojlanishi mobaynida tabaqalanadi va o‘zining har xil shakllarida
mujassamlashadi. Bilishning bu shakllari, garchi o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, lekin bir-biriga
o‘xshamaydi va har bir-biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |