xususiylik
kategoriyasida
ifodalanadi. Xususiylik kategoriyasi narsa va hodisalardagi alohidalik va umumiylik kabi tomonlar
o‘rtasidagi alohidalikka nisbatan umumiy, umumiylikka nisbatan alohida bo‘lgan tomonlar,
belgilar, xususiyatlar va aloqadorliklarni ifodalaydi.
Bir butun borliqdagi hamma narsa va hodisalarga xos bo‘lgan tomonlar, belgi va
xususiyatlar eng umumiylikdir. Eng umumiylik hajm jihatdan boshqa kengaytirib bo‘lmaydigan
universal tushunchadir. Masalan: Ahmad odam tirik mavjudot, nihoyat materiya borliq.
«Borliq» tushunchasi bu erda eng umumiylikdir.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik bir-biri bilan o‘zaro dialektik munosabatda bo‘ladi.
Binobarin, yakkalik bilan umumiylik xususiylik orqali bog‘langan bo‘lib, ular o‘zaro
aloqadorlikdadir. Xususiylik yakkaliklardan tashkil topib, umumiylikni alohidalik bilan bog‘laydi.
Umumiylik esa yakkaliklardan ajralgan holda bo‘lmaydi, balki yakkaliklarning umumiy
xususiyatlari, belgilari, tomonlari, bog‘lanishlari shaklida har bir yakkalikning o‘zida mavjud
bo‘ladi. Demak, har bir konkret narsa va hodisa yakkalik, xususiylik va umumiylikning birligidan
iboratdir.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik dialektikasi shundan iboratki, ma’lum sharoitda
yakkalik xususiylikka, xususiylik umumiylikka va aksincha, ular bir-biriga o‘tishi mumkin.
Ob’ektiv olamda har qanday yangilik dastlab yakkalik sifatida paydo bo‘lib, so‘ngra u o‘sib,
rivojlanib xususiylik va umumiylik xarakterini kasb etadi.
Lekin bundan har qanday yakkalik xususiylikka, xususiylik esa umumiylikka o‘taverar
ekan, degan fikr yuritmaslik kerak. Bunday bo‘lishi uchun ular taraqqiyotning asosiy
tendensiyasiga mos kelishi shart. Yakkalik, xususiylik va umumiyliklarning o‘zaro
bog‘lanishlarini dialektik nuqtai nazardan tushunish ob’ektiv voqelikni to‘g‘ri bilish uchun juda
muhimdir. CHunki, insonning borliqni bilishi ham yakkalikdan xususiylikka va undan
umumiylikka borishdan iboratdir. Bu umumiylikni biz narsa va hodisalarni va ularda
ifodalanuvchi yakkaliklar va xususiyliklarni bilish orqali anglab etamiz. Biz, dastavval, sezgi
a’zolarimiz yordamida yakkalikni, yakka narsa va hodisalarni idrok qilamiz. So‘ngra
tafakkurimizda shu hissiy idrokimizda vujudga kelgan mavjud faktlarni analiz va sintez qilib,
ularning muhim tomonlarini nomuhim tomonlaridan, umumiy tomonlarini alohida tomonlaridan
ajratamiz, ularni o‘zaro bir-biri bilan birlashtiramiz, bir-biriga taqqoslaymiz, shular asosida
fikrimizda ularni ifodalovchi tushunchalarni hosil qilamiz. Bu hosil qilgan tushunchalarda narsa
va hodisalarning ham yakka tomonlari, ham ularning muayyan turkumiga xos bo‘lgan xususiy
tomonlari, hamda shu narsa va hodisalarning butun bir sinfiga oid bo‘lgan umumiy tomonlari
ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |