Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 

 

KATEGORIYALARI 

 

 

  



77  

 

vositasi  hisoblanadi.  So‘z  boyligimiz  qancha  katta  bo‘lsa,  bizning  dunyoni  anglash  borasidagi 



imkoniyatlarimiz shuncha keng bo‘ladi. Ob’ektiv borliqni aniqroq va teranroq aks ettirish uchun 

inson  fikrlash  mantiqiy  vositalarining  muayyan  majmuini,  tushunchalarning  muayyan  doirasini 

yaratadi. 

Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi xossalari, aloqalari 

va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so‘z bilan ifodalanadi

. Masalan,  

«talaba», «universitet», «auditoriya» so‘zlari muayyan darajada umumiy va mavhumdir. Ammo 

shunday tushunchalar ham borki, ularda shunchaki umumiy emas, balki o‘ta umumiy narsalar va 

hodisalar  qayd  etiladi.  Bunday  tushunchalar  juda  yuqori  darajadagi  mavhumlashtirish 

(muayyandan  uzoqlashish)  mahsuli  hisoblanadi.  Mana  bunday  mavhumlashtirishning  taxminiy 

yo‘li:  «bu  atirgul»  («bu»  so‘zi  bilan  aniq  belgilangan);  «atirgul»  (bu  erda  «bu»  ishorasi 

mavhumlashtirilgan); «atirgul» so‘zi «bu atirgul» iborasidagidan umumiyroq narsani qayd etadi. 

SHundan so‘ng bu iboraga «gul» so‘zini qo‘shamiz va u amalda mavjud barcha gullarni qamrab 

oladi.  SHunday  qilib  biz  gullarning  muayyan  rang-barangligidan  fikran  uzoqlashamiz,  chunki 

e’tibor  barcha  gullarda  mavjud  bo‘lgan  umumiy  jihatga  qaratiladi.  «O‘simlik»  so‘zi  butun 

o‘simliklar  dunyosini  o‘z  ichiga  oladi  va  yanada  kengroq  mavhumlik  hisoblanadi. 

Mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) yo‘lida harakatni davom ettiramiz. Bu yo‘lda «tirik» 

tushunchasi yanada umumiyroq bo‘ladi, chunki o‘simliklar dunyosinigina emas, balki hayvonot 

dunyosini ham o‘z ichiga oladi. «Tiriklik» tushunchasi mavhumlashtirishning yanada yuqoriroq 

darajasida  turadi.  Bunday  tushunchalar  –  kategoriyalar  (yunon.  –«asos»,  «umumiy  baho»)  deb 

ataladi.  Fikr  bizning  dunyo  bilan  o‘zaro  aloqa  qilish  tajribamizni  u  yoki  bu  darajada 

umumlashtiradi.  Dunyo  o‘z  xossalari,  narsalari  va  munosabatlarining  rang-barangligi  jihatidan 

cheksiz darajada boydir. Bizning so‘z boyligimiz o‘zimiz yashayotgan dunyodan 

qashshoqroqdir. 



Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqa 

lari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmuidir

Falsafa kategoriyalari muayyan fanlarning kategoriyalaridan ancha farq qiladi. Bu farq shundan 



iboratki, dialektika kategoriyalari ob’ektiv dunyo hodisalari turkumlarining muhim xossalari va 

aloqalarinigina  emas,  balki  barcha  moddiy  jarayonlarga  xos  bo‘lgan  eng  umumiy  xossalar  va 

aloqalarni  aks  ettiradi.  Shunday  qilib,  dialektika  kategoriyalari  ob’ektiv  dunyoni  ideal  aks 

ettirishning o‘ta keng shakllari bo‘lib, ular voqelikni bilish va ma’naviy-amaliy o‘zgartirishning 

asosiy  tamoyillari  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Ba’zi  hollarda, 

umumiy  kategoriyalar,  ya’ni  borliq 

kategoriyalari 

dialektika kategoriyalari deb ham nomlanadi. 



Dialektika kategoriyalarini ikki turga

 

ajratish mumkin: substansion kategoriyalar va munosabatdosh kategoriyalar

.  

Substansion  kategoriya  lar  –  bu  boshqa  kategoriyalardan  qat’i  nazar,  alohida-alohida 



qo‘llaniladigan  kategoriyalar.  Bunday  kategoriyalar  qatoriga  «borliq»,«materiya»,  «harakat», 

«rivojlanish»,  «makon»,  «vaqt»,  «ziddiyat»  va  hokazolar  kiradi.  Ular  ob’ektiv  voqelikning 

muayyan umumiy  xossalarini qayd etadi,  lekin  bu kategoriyalarning  boshqa kategoriyalar  bilan 

aloqalari haqida bevosita tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi. 



Munosabatdosh kategoriyalar 

biri  ikkinchisi  bilan  uyg‘un  bog‘liq  bo‘lib,  bilish

 

jarayonida  biri  ikkinchisini  nazarda  tutadi

ularning biri haqida tasavvur hosil qilganda, boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. 




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish