Xulosalar.
Dialektika rivojlanish falsafasining puxta ishlab chiqilgan konsepsiyasidir. Hodisalar
rivojlanishining umumiy nazariyasi sifatida u rivojlanishning mohiyatini anglab etishga yo‘l
ochadi, tabiat, jamiyat va tafakkurdagi real jarayonlarni ular amalda qanday bo‘lsa, shunday aks
ettiradi. Dialektika narsalar va hodisalarni o‘rganishga ularning vujudga kelishi, harakati va
rivojlanishi nuqtai nazaridan yondashadi, shu sababli u ob’ektiv jarayonlarni konkret, har
tomonlama o‘rganishga yo‘l ko‘rsatadi.Dialektika bilan bir qatorda rivojlanishning metafizik
konsepsiyasi, sofistika, eklektika, ekzistensial dialektika, sinergetika va boshqa konsepsiyalar
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |