Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 

 

KATEGORIYALARI 

 

 

  



79  

 

organizmda juda xilma-xil ko‘rinishlarda sodir bo‘ladi. Bu ko‘rinishlar — hodisalar. Mohiyat va 



hodisa  o‘zaro  umumiy  va  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  egadir.  Bu  xususiyatlar  quyidagilardan 

iboratdir:  

1.

 

Mohiyat  ichki aloqalarni,  hodisa esa tashqi aloqalarni  ifodalaydi.  Masalan,  inson 



daraxtning shitirlashini, qushlarning sayrashini eshitadi. Bu hodisalarning sababi turlicha bo‘lsada, 

ularning mohiyati bittadir, ya’ni havo zarralarining tebranishidir. Biroq inson buni birdan payqay 

olmaydi.  Dastlab  u  hodisa  sifatida  yuz  bergan  narsani  faxmlaydi,  so‘ng  uning  mohiyatini  bila 

boshlaydi.  

Mohiyat narsalarning ichki aloqadorligi bo‘lgani sababli, u chuqur tahlil qilish va izlanish 

natijasida, amaliyot jarayonida bilib boriladi. Hodisa esa aksincha, hissiy organlar orqali bevosita 

idrok  etiladi.  U  hissiy  organlarimizga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ta’sir  etib,  u  yoki  bu  sezgi  va 

idroklarimizni hosil qiladi.  

2.

 

Mohiyat bilan hodisa o‘zaro birlikda bo‘lishi bilan, ular bir-biriga qarama-qarshi 



ham,  shu  sababli  ular  hech  vaqt  bir-biriga  aynan  mos  kelmaydi.  Ularning  qarama-qarshiligi 

borliqdagi  narsalarning  o‘z  tabiatidan  kelib  chiqadi.  Mohiyat  hodisada  yashirin  bo‘ladi  va  uni 

bevosita  hissiy  organlar  orqali  bilish  mumkin  emas.  Hodisa  —  narsalarning  namoyon  bo‘lishi 

shakli sifatida mohiyat bilan hech vaqt mos kelmaydi. Agar narsalarning namoyon bo‘lish shakli 

bo‘lgan hodisa mohiyat bilan bevosita mos kelganda edi, u holda har qanday fan ortiqcha bir narsa 

bo‘lib  qolgan  bo‘lur  edi.  Fanning  vazifasi  borliqning  ko‘pdan-ko‘p  hodisalari,  ularning  tashqi 

tomonlari  va  belgilari  ostida  yashirinib  yotgan,  ularning  asosini  tashkil  qiladigan  mohiyatlarni 

izlab topishdan iborat.  

3.

 

Mohiyat nisbatan doimiyligi  va  barqarorligi  bilan hodisadan  farq qiladi. Mohiyat 



va  hodisa  munosabatini  daryoning  yuzidagi  ko‘piklar  va  uning  ostidagi  suvning  tez  oqimiga 

o‘xshatish  mumkin.  Bundagi  daryo  harakatining  yuzidagi  ko‘piklar  hodisa  bo‘lsa,  ularning 

ostidagi suvning tez oqimlari mohiyatdir. Lekin uning ustidagi ko‘piklar ham mohiyatning o‘ziga 

xos ifodasidir.  

4.

 

Mohiyatning  nisbiy  doimiyligi  va  barqarorligini,  hodisaning  o‘zgaruvchanligini 



mutlaqlashtirmaslik  lozim.  Chunki  mohiyat  ham,  hodisa  ham  o‘zgarib  boradi.  Lekin  mohiyat 

hodisaga nisbatan sekin o‘zgaradi, u ma’lum barqarorlikka ega.  

Mohiyat  va  hodisa  o‘zaro  umumiy  tomonlarga  ega.  Masalan:  a)  har  qanday  mohiyat 

hodisada namoyon bo‘ladi, hodisa esa mohiyatning u yoki bu holda ko‘rinishidir: b) mohiyat va 

hodisa ob’ektiv xarakterga ega bo‘lib, ular inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda ham mavjuddir; 

v) mohiyat ham, hodisa ham doimo o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi. Biroq mohiyat va hodisa 

ziddiyatli  xarakterga  ham  ega.  Shu  bilan  birga,  mohiyatning  o‘zi  ham  ziddiyatlidir.  Dialektika 

buyumlarning o‘z mohiyatidagi ana shu ziddiyatlarni o‘rganadi.  

Dialektikaning  mohiyat va hodisa kategoriyalari  konkret  fanlarning shu sohada erishgan 

yutuqlarini umumlashtirish asosida doimo boyib, rivojlanib boradi. Ular inson amaliyoti va barcha 

fanlar  yutuqlarini  umumlashtirish  natijasida  kelib  chiqqandir.  SHu  jihatdan  mohiyat  va  hodisa 

kategoriyalari  inson  bilimlari  tizimining  hamma  sohalariga  tegishli  bo‘lib,  dunyoni  bilishning 

metodologik vositasi sanaladi.  

Mohiyat  va  hodisa  bog‘lanishlari  fan  va  amaliyotda  ham  muhim  o‘rin  tutadi.  Bunda 

hodisani  mohiyatdan  ajrata  bilish  muhim.  Mohiyatni  hodisadan  ajrata  bilmaslik  nazariya  va 

amaliyotda jiddiy xatolarga olib keladi.  




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish