Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 

 

KATEGORIYALARI 

 

 

  



70  

 

tavsiflanadi.  Hozirgi  ilmiy  bilimga  tayanuvchi  borliqning  falsafiy  talqini  olamning  universal 



yaxlitligini,  dunyoning  birligini  ochib  beradi.  Dialektika  kategoriyalari  borliqning  universal 

aloqalarini bilish shakli hisoblanadi.  

Aloqalarning  universalligi  ularning  tiplari  va  turlarining  rang-barangligida  namoyon  bo‘ladi. 

Aloqalarni tasniflash turli asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi. Xususan, bir tomonlama va o‘zaro 

aloqalar, to‘g‘ri va egri aloqalar, bevosita va bilvosita aloqalar, ichki va tashqi aloqalar farqlanadi. 

Hajm jihatidan aloqalar umumiy, alohida va xususiy bo‘lishi mumkin. Mazmun jihatidan genetik, 

funksional,  strukturaviy,  energetik,  moddiy,  informatsion  va  boshqa  aloqalar  farqlanadi. 

Aloqalarning butun rang-barangligi fanning qaysidir bir tarmog‘i doirasida tadqiq etilishi mumkin 

emas. Ularning muayyan turlari maxsus fanlarning predmeti hisoblanadi.  

Dialektika  borliqning  barcha  jarayonlariga  xos  bo‘lgan  umumiy,  muhim,  universal  aloqalarni 

o‘rganadi. Fan borliqning universal qonunlarini tashkil etadigan ichki, zaruriy, muhim,barqaror, 

takrorlanuvchi  aloqalarga  alohida  e’tibor  beradi.  Umumiy  aloqalar  dialektika  kategoriyalarida 

yoritiladi.  

O‘zaro aloqa. 

Real voqelikda har bir muayyan ob’ekt ko‘p sonli sababiy zanjirlarning murakkab  

«tuguni» hisoblanadi. U boshqa ob’ektlardan ta’sirlanish bilan bir vaqtda o‘zi ham ularga aks  

(reaktiv) ta’sir ko‘rsatadi. «Tashqi» va «ichki» sababiy zanjirlar unda uyg‘unlashadi, kesishadi va 

tarmoqlanadi. Ular bir-biri bilan o‘zaro aloqaga kirishadi va bu o‘zaro aloqa ob’ektda yuz beruvchi 

barcha  jarayonlarning  negiziga  aylanadi.Ob’ektni  bilish  uchun  pirovard  natijada  unda  vujudga 

kelgan sababiy aloqalar «tuguni»ni echish talab etiladi. Barcha hodisalar mohiyatiga izohni o‘zaro 

aloqadan  izlash  kerak.  U  hodisalarning  barcha  xossalari  va  xususiyatlarini  belgilaydi,  amalda 

mavjud  bo‘lgan  barcha  imkoniyatlar,  tasodiflar  va  zaruriyatlarning  manbalarini  o‘zida 

mujassamlashtiradi. O‘zaro aloqani tushunish umuman ob’ektni tushunish demakdir. Ammo har 

qanday ob’ekt boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro aloqa qilgani  bois,uning  barcha o‘zaro aloqalarini 

bilish uchun undan boshqa ob’ektlarni o‘rganishga,ulardan – uchinchi ob’ektlarga o‘tishga to‘g‘ri 

keladi va hokazo. Ayrim ob’ektning tabiatini belgilovchi o‘zaro aloqani bilish jarayoni cheksizdir. 

Paskal ta’biri bilan aytganda, to‘g‘nag‘ich kallagini bilish uchun butun Olamni bilish talab etiladi.  




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish