5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA
KATEGORIYALARI
69
Dunyoda boshqa narsalar, hodisalar va jarayonlar bilan tabiiy aloqadorlikda bo‘lmagan
hech bir narsa, jarayon yo‘q. Lekin biz o‘z bilish jarayonimizda biron narsa yoki hodisani o‘rganar
ekanmiz, dastlab uni boshqa narsalar yoki hodisalarning umumiy bog‘lanishlaridan ajratamiz. Bu
jarayonda biz uning o‘ziga xos tomonlari va xususiyatlarini ochib berish uchun bu narsa yoki
hodisaning boshqa narsalar va hodisalar bilan bo‘lgan hamma aloqa va bog‘lanishlarini, hamma
aloqadorliklarini aniqlab, bilib boramiz. Narsa va hodisalarni haqiqatdan bilish uchun ularning
barcha tomonlarini, barcha aloqalarini va bog‘lanishlarini birga olib o‘rganmoq, lozim. Biz garchi
bunga hech qachon to‘la-to‘kis erisha olmasak ham, lekin har tamonlama o‘rganish talabi bizni
xatolardan, noto‘g‘ri xulosa chiqarishlardan saqlab qoladi. SHu asosdagina biz bu narsa yoki
hodisaning bir butun tabiati va mohiyatini to‘g‘ri bilib olishga erishamiz.
Dialektik aloqadorlik va bog‘lanishlar bir butun borliqning turli tomonlari va materiyaning
turli ko‘rinishlari o‘rtasidagina mavjud bo‘lmasdan, balki har bir narsa yoki hodisaning ham
o‘zidagi barcha tomonlari, hamma belgi va xususiyatlari o‘rtasida ham mavjuddir. Chunki har bir
narsa yoki hodisaning hamma tomonlari bir-biriga bog‘liq bo‘lishi va bir-birlari bilan juda
mahkam va chambarchas aloqadorligi qonuniy va tabiiy holdir.
Aloqadorlik va bog‘lanishlar borliqning turli sohalarida turli-tuman shakllarda namoyon
bo‘ladi. Bular quyidagilardir: a) «elementar» zarralarning bir-birini taqozo qilishi va aks ta’siri
shaklida; b) planetalarning bir-birini tortib va itarib turishlari shaklida. Organik tabiatda: a) tirik
organizmlarning modda almashinuvi shaklida; b) tirik organizmlar bilan tabiiy muhit o‘rtasidagi
bog‘lanishlar; v) o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘zaro aloqadorligida; g) hayvonlar va
odamlar o‘rtasidagi munosabatlarda va h. k. Jamiyatda bo‘lsa: a) jamiyat bilan tabiat o‘rtasida; b)
jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti o‘rtasida; v) jamiyat ishlab chiqarish usulining tomonlari:
ishlab chiqaruvchi kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasida; g) jamiyatning iqtisodiy
bazisi bilan ustqurmasi o‘rtasida; d) jamiyat iqtisodiy strukturasi elementlari o‘rtasida; e) jamiyat
va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarda ko‘rinadi. Tafakkurda bo‘lsa: a) bir butun tafakkur
jarayonida, tafakkur shakllari o‘rtasida: b) tafakkur shakllari va qonunlari o‘rtasida; v) tafakkur va
borliq o‘rtasida. Bilish jarayonida esa: a) hissiy bilish va aqliy bilish o‘rtasida; b) bilish bosqichlari
va bilish shakllari o‘rtasida; v) bilish bilan borliq o‘rtasidagi aloqalar va bog‘lanishlarda
ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |