1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI
8
Mifologik dunyoqarash. “Mif” tushunchasi yunoncha “mythos» so‘zidan kelib chiqqan
bo‘lib, afsona, rivoyat degan ma’noni anglatadi. Mifologik dunyoqarash insoniyat tarixining
dastlabki bosqichlariga xos bo‘lib, odamlar xulq-atvori va o‘zaro munosabatlarini tartibga solish
funksiyasini bajargan.Mifologik dunyoqarash insonning dunyoni tushunishining o‘ziga xos oddiy
usuli sifatida paydo bo‘lgan.Mifologik dunyoqarash voqelikning hayoliy in’ikosi sifatida asosan
qadimgi davr kishilari uchun xarak
t
erlidir. Bu dunyoqarash o‘z ifodasini ko‘proq qadimgi
davrlarda yaratilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgan.Qadimgi kishilar bu afsona va
rivoyatlarda tabiat va jamiyatning turli hodisa va voqealarini umumlashtirib, ularni hayoliy
shakllarda tasvirlaganlar.Mifologik dunyoqarashda hamma narsa va hodisalar bir-birining
ishtirokchisi sifatida ifodalanadi. Tabiat kuchlarini hissiy qiyofalarda alohida jonli vujudlar
ko‘rinishida jonlantirib tasvirlanadi. Mifologik dunyoqarash ifodalangan rivoyatlar va afsonalar
o‘z mavzulari jihatdan turli tumandir. Ularning ba’zilari dunyoning paydo bo‘lishi, uning tuzilishi,
tabiat va jamiyat hodisalarining yuz berishi, dunyoning boshqarilishi, undagi predmetlar va
hodisalarning o‘zaro munosabatlariga oid bo‘lsa, ikkinchi xillari esa insonning paydo bo‘lishi,
uning yashashi, hayoti, insonning dunyodagi o‘rni, uning ishlari, tabiat kuchlari bilan
olib borgan
kurashlari, insonning ma’naviy kamolot sari intilishlari, insonning o‘limi va shu kabilarga
bag‘ishlangandir. Bu dunyoqarash qadimgi kishilarning o‘zlaricha o‘sha davrga xos dunyoni
tushunish, idrok qilish, uni izohlash va baholash sifatida turli vazifalarni bajargan.Mifologik
dunyoqarashning xususiyati shuki, unda hamma narsa va hodisalar birbirining ishtirokchisi sifatida
tasvirlanadi. Buning natijasida bir xil buyumlarning sifatlarini ikkinchi xil buyumlarga bemalol
ko‘chirish mumkin bo‘ladi. Mifologik dunyoqarashda tabiat kuchlari alohida jonli vujudlar
ko‘rinishida jonlantirib tasvirlanadi.Mifologiyada bir xil narsalarning xossalari ikkinchi xil
narsalarga bemalol ko‘chirilgangligi sababli, u xayolotga keng yo‘l ochib beradi.Unda tasvirlangan
obrazlar har qanday o‘zgarishlar qilishi va jasoratlar ko‘rsatishi mumkin.
Har bir xalqda o‘zining tarixiy o‘tmishiga oid juda ko‘p rivoyatlar va afsonalar mavjud.
Ularda bu xalqning ijtimoiy hayoti, turmush va tafakkur tarzlari, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va
madaniy-ma’naviy munosabatlari xayoliy tarzda aks ettiriladi, ular afsonaviy qahramonlar
qiyofasida yovuz kuchlarga qarshi kurash olib boradilar.Bunday rivoyatlar va afsonalar dastlabki
paytlarda xalq og‘zaki ijodi namunalarida, keyinchalik yozuvning paydo bo‘lishi bilan taraqqiy
etgan xalqlarda o‘ziga xos adabiy-badiiy asarlarda o‘z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: