1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI
5
1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI
REJA:
1.
Falsafa tushunchasining kelib chiqishi.
2.
Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati. Dunyoqarashning tarixiy shakllari ( mifologik,
diniy, falsafiy).
3.Falsafaning predmeti va asosiy mazmuni.
4.Falsafaning jamiyat hayotidagi o‘rni va asosiy vazifalari.
Tayanch tushunchalar:
Falsafa, dunyoqarash, shaxs, idrok, dunyoqarashning tarixiy shakllari,
fetishizm, animizm, totemizm, magiya, ontologiya, gnoseologiya, fan metodologiyasi, ijtimoiy
falsafa, etika, aksiologiya, falsafiy antropologiya, metafizika, ong,tafakkur, ruh, materiya, tabiat,
borliq, fan.
Mamlakatimiz fuqarolarida tafakkur erkinligi shakllanib bormoqda. Yurtimizda sodir
bo‘layotgan yaratuvchanlik tafakkur bilan uzviy bog‘liq hodisadir. Mamlakat hayotini
demokratlashtirish jarayoni qanchalik kengaysa va chuqurlashsa, fuqarolarimiz falsafiy iqtidoriga
bo‘lgan talab shuncha oshib boradi. SHuning uchun ham falsafa ilmi yoshlarga ham o‘rta
yoshlilarga ham, katta yoshdagilarga ham bab-barobar suv bilan havodek zarur bo‘lgan hayotiy
ehtiyojdir. Bu ilm o‘zining tabiatiga ko‘ra chegara bilmaydi. Mazkur chegara bilmas ilmni
egallashning mohiyatini bilmaslikdan bilishga, bilishdan komillikka tomon yo‘naltirilgan faoliyat
tashkil qiladi. Falsafa ilmi milliy, ayni vaqtda umuminsoniy qadriyatdir. Mazkur qadriyat inson
o‘zini o‘zi inson sifatida tanigan kunidan boshlab takomillashib, rivojlanib, chuqurlashib,
murakkablashib, ilmiylashib va tobora insoniylashib borayotgan fandir.
Bugungi kunda mamlakatimizda 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha
va tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat
va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-
intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga
muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda, yoshlarimizning
jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy
hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirishda falsafa
fanining o‘rni beqiyos ahamiyatga egadir.
Falsafa nihoyatda qadimiy fandir. Olam va odamlar o‘rtasidagi munosabatlar, inson qadri va
umrning mazmuni, dunyodagi o‘zgarishlar, o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlik hamda taraqqiyotning
umumiy qonuniyatlari falsafaning asosiy mavzulari hisoblanadi. Falsafa esa — barcha fanlar
rivojlanishiga asos bo‘ladigan va ulardan oziqlanadigan, ayni paytda ularning rivojlanish yo‘llarini
belgilab beradigan umuminsoniy va universal fan. U qadim zamonlardayoq «barcha ilmlarning
otasi» deb ta’riflangan. Uning hayotiyligi xalq tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga nechoqli mos
ekani, jamiyat manfaatlari va ezgu intilishlarini qay darajada aks ettira olishiga bog‘liq. Falsafiy
mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos, demak, uning o‘zi kabi qadimiydir. U olam va
uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo‘qlik
kabi ko‘plab muammolar haqida bahs yuritadigan fandir.
Qadimgi yunon tilidan fanga kirib kelgan atama «filosofiya» so‘zidan olingan va u
«donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma’noni anglatadi. Bu
— ushbu so‘zning, atamaning lug‘aviy ma’nosi bo‘lib hisoblanadi. Asrlar davomida filosofiya
Do'stlaringiz bilan baham: |