u turfa qiyofalarga kirib, o’zini yashiradi. O’zligini ochiq-oydin oshkor etmaydi.
Ajablanarlisi, atrof-tevaragimizdagi odamlar shaytoniy kilmishlarga go’yo
ko’nikib qolgandek befarq, beparvo. SHaynoniylik tarafdori bo’lmasa-da,
lo’ttibozliklarga qarshi kurashmaydi. SHayton fe’lli kimsalar ko’rguliklariga
issiq ham, sovuq ham emas. SHaytonga nisbatan qat’iy va aniq munosabat
bildirmaslik tirik o’liklarni, yurib-ko’rib, gapirib turgan jonli murda sifat
odamlar toifasini vujudga keltiradi. Ular bugunini ham, ertasini ham
o’ylamaydigan t’magirlar, nafas bandalari, naf qullari.
SHoirning badiiy-falsafiy talqiniga ko’ra, shayton inson botinida hamisha
yashab kelgan va bugun ham o’qtin-o’qtin o’zligini namoyon etib
ko’yayotgan ikkinchi ko’rinishi. Odamning ichidan turib, turli mazmunda
ovoz berayotgan sado emas. U odamning xoxish-irodasini, mayl-
maslaklarini muayyan yo’nalishga solayotgan sezilmas kuch. Odam
xamisha komillikka intiladi. O’z shaxsida komillik xislat-fazilatlarini
trbiyalash, shakillantirish uchun yozg’iradi.
39
Xudoyim, ne uchun qilmading karam,
Nechun komil emas aqlim, yuragim.
--- Agar sen mukammal bo’lsayding, bandam,
Unda qolmas edi mening keragim.
Hayratlanarlisi, shaytoniy alomatlar odam botinidan turfa sadolar berib,
yashashda davom etayotganligini bildirib turadi. Netong, banda o’z ichidagi
shayton ovozini o’chirishga, negadir, botinmaydi, intilmaydi. Aksincha, uni
eshitishga ko’nadi. Oqibatda, shayton bandani o’z yo’rig’iga soladi. O’z
«nog’arasiga» o’ynata boshlaydi. Turli shakldagi subutsizlik, xiyonat, fitna-
ig’vo va h.k. e’tiqodsizlik, g’ayriinsoniylik ko’rinishlarining ildizi, aslida,
shayton izmiga yo’rg’alash oqibatidir. Garchand shayton sasi subhi sabo singari
yoqimli tuyulsa-da, e’tiqodsiz odamlarni oxiri berk ko’chalardan olib chiqishga
xayrixohdek sezilsa-da, odamni yo’lsizlikka etaklaydi. Oxir-oqibat botindagi
musiqiy sado fojeaga, tuyg’ularning yig’isiga ulanadi. YOvuzlikning
tanatanasini
tasdiqlaydi.
O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston qahramoni Abdulla Oripov-tug’ma
iste’dod egasi. Uning so’z san’ati xazinasiga qo’shgan hissasi bebaho.
Abdulla Oripov she’riyatimizga XX asrning 60-yillarida E. Vohidov, O’.
Hoshimov, Muhammad Ali, Oydin Hojiev, Rauf Parfii, Omon Matjon singari
iste’dod sohiblari bilan bir qatorda kirib keldi. U 60-yillardayoq o’z uslubi va
o’ziga xos yangroq ovozi bilan she’riyatimizda yangiliklar yaratib, kitobxonlar
mehrini qozongan. SHoir she’riyati haqqoniy bo’lganidek, mavzu doirasi keng,
mazmuni esa boy va teran. A. Oripov she’riyatida ona Vatan O’zbekiston
mavzusi o’zining butun salobati va borlig’i bilan gavdalanadi. Vatanga va
xalqqa muhabbat tuyg’uchi shoir ijodining asosini tashkil etadi. A. Oripov
40
she’riyatining asosiy tasvir ob’ekti – O’zbekiston, asosiy qahramoni esa
mehnatkash o’zbek xalqidir.
A. Oripov-tom ma’noda milliy shoir. CHunki shoir ijodida millat hayoti,
uning kayfiyati, orzu-istaklari, turmush tarziga doir rang-barang jihatlar asosiy
o’rinni egallaydi. A. Oripov fikrlari va ehtiroslari shoiridir. Uning ijod qamrovi
keng, fikri teran, badiiy mushohadalari kuchli, ehtirosi jshqin, parvozi yuksak.
SHoir she’riyatida falsafiy teranlik bilan jo’shqin lirizm uyg’unlashib ketgan.
Uning «O’zbekiston», «Munojot»ni tinglab, «Avlodlarga maktub», «Bahor»,
«Birinchi muhabbatim», «YUzma-yuz», «Kuz» va boshqa she’rlarida mana shu
xususiyat yaqqol namoyon bo’ladi. Bu fusunkor va teran she’rlar o’zbek milliy
adabiyotining mumtoz namunalari bo’lib, ular yuksak badiiyligi, mantiqning
kuchliligi, ohangning yoqimliligi, lirik tuyg’ularining go’zalligi bilan ajralib
turadi.
A. Oripov o’z she’rlarida ramziy obrazlardan, kinoya, kesatiq va
pichinglardan mohirona foydalanadi. Kundalik oddiy voqealar va mitti
detallardan katta ijtimoiy xulosalar chiqaradi va bularni tasvirlashning yangi-
yangi yo’llarini kashf etadi.
Abdulla Oripov she’riyati hayot haqiqatini sinchkovlik bilan kuzatish, tahlil
etish natijasida hosil bo’lgan bunday teran mazmunli badiiy umumlashmalarga
va ajoyib poetik xulosalarga boy.
SHoir o’zining qator she’rlarida ayol haqida shu kungacha aytilmagan,
lekin aytilishi shart bo’lgan teran fikrlarni topib, ularni mahorat bilan aks
ettiradi.
A. Oripovning mustaqillikka erishilgandan keyingi davrdagi ijod mahsuli
bo’lgan «Hayot saboqlari», «Temur bog’lari», «Vafo qilarmisan, bahorim»
singari she’rlarida milliy qadriyat va an’analarimiz katta g’urur va ixlos bilan
yoritilgan, muhim poetik fikrlar va turfa tuyg’ular yorqin ifodalangan.
41
Xullas, A. Oripov she’riyati rang-barang poetik ko’chimlar, obrazli poetik
topilmalar, chuqur falsafiy mazmunning oliy in’ikosi sifatida badiiy mukammal
darajadagi qimmatga egadir. SHoir qo’llagan har qanday poetik ko’chim va
poetik topilmalar lirik qahramon ruhiyatining turli qirralarini kashf etishga, qalb
atalmish sirli va murakkab dunyosini yoritishga, she’rning badiiy-estetik
mohiyatini to’la ta’minlashga muhim va asosiy hissa bo’lib qo’shilgan.
42
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1. I.A. Karimov. YUksak ma’naviyat engilmas kuch. T. «SHarq»2008.
2. I.A. Karimov. «Istiqlol va ma’naviyat» «O’zbekiston» 1994 y
3. I. Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. T. «O’zbekiston» 1997.
4. I.A. Karimov «Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor».
– Toshkent. O’zbekiston. 2009 y
5. Matyoqib Qo’shjonov. «Kamalakdek serjilo», «Yillar armoni» kitobi.
Toshkent. G’. G’ulom nashryoti. 1984 y.
6. Matyoqib Qo’shjonov. Onajonim she’riyati. Toshkent. O’qituvchi nashryoti.
1984 y.
7. Ozod SHarofiddinov «SHe’riyat qalb yolqini» «Hayot bilan hamnafas»
kitobi. Toshkent. YOsh gvardiya nashriyoti. 1983 y.
8. Abdulla Oripov. Yillar armoni. Toshkent. G’. G’ulom nashr. 1984
9. O. Tog’aev. «Ibratli saboqlar» Toshkent. G’. G’ulom nomidagi adabiyot
va san’at nashriyoti. 1987 y
10. S. Mirzaev. S. SHermuhammedov. «Hozirgi zamon o’zbek adabiyoti
tarixi». Toshkent. «O’zbekiston» 1993 y
11. Abdulla Oripov. Haj daftari. Toshkent. G’. G’ulom nashriyoti. 1993 y
12. N. Karimov, S. Mamajonov, B. Nazarov, U. Normatov, O. SHarofiddinov.
«XX asr adabiyoti tarixi» . Toshkent. «O’qituvchi» nashr. 1999 y.
13. U. Hamdamov. Badiiy tafakkur tajriji. Monografiya va maqolalar. Toshkent.
«YAngi asr avlodi» 2002 yil
14. N. Karimov. B. Nazarov. Adabiyot. 9-sinf (o’qituvchilar uchun metodik
qo’llanma) T. «Ma’naviyat» 2002 y
15. 6. S. Mirzaev. «XX asr o’zbek adabiyoti» . Toshkent. «YAngi asr avlodi.
2005. y.
43
16. Y. Solijonov. Haqiqatning sinchkov ko’zlari. Adabiy-tanqidiy maqolalar,
suhbatlar. Toshkent. 2009 y.
17. 9-sinf. «Adabiyot» darsligi. 2007 y
Do'stlaringiz bilan baham: |