2.2. A.Oripov she’riyatining go’yaviy-badiiy talqini
Jamiyat taraqqiyotida har bir avlod o’zidan oldingi avloddan ma’lum
tomonlari bilan ozmi-ko’pmi farq qiladi. Ayni vaqtda keyingi avlod
avvalgisining davomidir. Lekin insoniyat uchun eng muqaddas bo’lgan vatan,
erk, haqiqat, ezgulik, go’zallik tuyg’usi hamisha tabarruk an’nana sifatida
avloddan avlodga ko’chaveradi. Har bir davrda har bir avlod ana shu muqaddas
an’analarga o’z ishlari, so’zlari, e’tiqodlari, fikrlari bilan sodiq qoladi. SHu
ma’noda, aytish mumkinki, zamonaviylik ham tarixiy kategoriya. Bugungi
kunimiz – kelajak uchun tarix. Sehrli so’z san’ati bugungi kunlarimiz va davr
nafasini o’z bag’riga muhrlab, ulardan boqiylikka daxldor mazmun topadi.
29
Kelajak avlod poetik so’zda mujassamlashtirilgan ijtimoiy-siyosiy voqelikdan,
xalq hayoti va taqdiridan, dardi-tashvishi va sevinchlaridan voqif topadi.
Avlodlar silsilasida o’z hayoti, taqdiri va izlanishlari o’rtasidagi bog’liqlikni
ko’radi.
Istiqlol davri lirikasida poetik so’zning tarix yarata olish kuchi,
imkoniyatlari qay darajada o’z ifodasini topmoqda? Hozirgi o’zbek lirikasida
ma’naviy-ahloqiy qadryatlar talqinidagi yangi sifat ko’rinishlari qanday
belgilarda
namoyon
bo’lmoqda?
Bugungi
she’riyatimizdagi
lirik
qahramonlarning Vatan, ona yurt haqidagi tasavvur va tushunchalari milliy
istiqlol g’oyalari bilan boyitib, jamiyat, millat taqdiri ma’nolari hisobiga
ko’lamdorlik kasb etayotir. Bugungi lirikamizda zamondoshlarimiz tuyg’ulari,
fikr-mushohadalari o’z talqinini topayaptimi? Badiiy umumlashmalar qay tarzda
namoyish etilyapti?
A.Oripov lirikasida O’zbekiston - xalq – tabiat obrazlari uyg’unlikda
ochiq bir kitobdek ko’z o’ngingda namoyon bo’ladi. A. Oripov shoir ona
yurtining yoniq she’rlarini ehtiros bilan, mehr bilan o’qitayotgandek tuyuladi.
Darhaqiqat, A. Oripov she’rlarining asosiy mavzui – ona yurt, O’zbekiston,
Vatandir. Aslida Vatan, xalq, ona yurt, tabiat – bular bir zaminda yuzaga kelgan
tushunchalar. YOlg’iz Vatanni sevib xalqni, tabiatni sevmay bo’lmaydi. Ona
yurtga, so’lim va dilbar go’shalarga muhabbatdan ulkan va salobatli Vatan
tushunchasi o’sib chiqadi.
Ey aziz yurt, hurriyat-davron muborakdir senga,
O’zbekiston – beg’ubor osmon muborakdir senga.
Necha yuz yil sen kurashding mustaqillik oni deb,
Sen ani topding, ulug’ imkon muborakdir senga…
A. Oripov lirikasida ko’pincha xalqimiz tarixiga murojaat etish, milliy
xarakter asoslarini anglab etishga intilish, bolalik xotiralarini ko’z o’ngida
jonlantirish, tiklash, ona yurt manzaralariga estetik munosabatda bo’lish orqali
30
Vatan obrazini bunyod etadi. Xususan, bolalik tasavvurlarining bokira
xotiralaridan sizib chiqadi. Lirik xarakterning asosini, dunyoni his etishi va
tuyishining hayotiyligini ta’minlaydi.
Bolalik yillarim eslayman oz-oz –
Bosiq uyqu ichra yotganda olam,
Tonglar qulog’imga kelardi ovoz:
«G’aflatda yotmagin erkatoy bolam»…
Yillar o’tdi, biroz ulg’aydik, bu kun –
Vatan xizmatiga bir qadar dastyor.
Olam tashvishidan yurakda to’lqin,
Vatan qudratidan qalbda g’urur bor.
SHoir she’rlaridagi tabiat manzaralari Vatan qiyofasini to’ldiruvchi
detallargina emas. Tabiat – shoir nazdida Vatanning bir bo’lagi; kechinmalar va
inson kuch-qudratining asosli, nihoyat, doimo yangilanib, barq urib
turuvchihayot timsoli. A. Oripovning lirik qahramoni tabiat og’ushiga singib,
farahli sururi qo’ynida ko’rinmay ketmaydi. Bugungi qaynoq hayot oqimi
zarblarini tuyishda, voqea-hodisalar jarayonini estetik baholashda tabiat odil
haqiqat bo’lib gavdalanadi. SHoirning bolalik xotiralarida ham tabiat xossalari
o’znining yorqin bo’yoqlar bilan davr nafasini shunchaki aks ettirmaydi, balki
voqelik ta’sirida ko’nglida kechgan tuyg’u va hissiyotlar, fikrlar silsilasi bilan
uyg’unlik kasb etadi. SHu boisdan ham bog’larda lov-lov yongan xazonlar –
kuzning barglari ham shohlarda yaltiragan mezonlar shoirning o’ylar bo’lib
ko’rinadi.
31
YAna dalalarga boshlaydi havas,
Bog’larda xazonlar yonadi lov-lov.
Do’stlarim, bu kuzning barglari emas,
Mening yuragimdan to’kilgan olov.
A. Oripovni tabiat kuychisi yoki tabiatning shoir –rassomi deyish qiyin.
Uning lirikasida sof peyzaj she’rlar kam. Lekin hayotning boqiyligini his
ettirishi, va shu asosda, inson tirikligining mezoniga aylanishi jihatidan ham
tabiat uzviy bog’liqlikda namoyon bo’ladi.
Sirtdan qaraganda ushbu fikrlar erish tuyulishi, shoir lirikasida kuz, bahor,
tun, tabiat haqida so’z borsa-yu, peyzaj yo’q bo’lishi mumkinmi, degan e’tiroz
tug’ilishi tabiy. Gap shundaki, shoir she’rlarida tabiat maxsus tasvir ob’ekti
sifatida namoyon bo’lmaydi. Garchand, shoir she’rlarida tabiatni jonlantirish
detallar tarzida mavjud bo’lsa-da, u psixologik holat va manzaralar mazmunini
ifodalash uchun xizmat qiladi. («Barglar soyasida o’ynaydi bahor, uyqudagi
qizning bedor tushlari»). A. Oripov lirikasida tabiat belgilaridagi insoniy
jihatlarni tajassum etish emas, inson hayotidagi tabiat xossalarini kashf etish
ustivor.
Tabiat inson hayotining jisman asosini belgilabgina qolmay, ma’naviy
hayotining ham asosiy tayanchidir. A. Oripov lirikasida inson va tabiat talqini
ana shunday falsafiy mazmunga ega. SHoir tabiatning o’zgartirib turuvchi
avzoyida hayotning azaliyligini, umrning ezguligini ko’radi. Tabiat og’ushida
umr, taqdir, ezgulik falsafasi sizib chiqadi. A. Oripov tabiat falsafasidan umrlar
hikmatini o’qiydi. Xususan, tabiat manzaralarida inson hayotining ma’nosini
ko’rarkan, shu asosda ular odam hayotiga xos mazmun kasb etadi. SHoir poetik
dunyosida tabiat hayotning asosi tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa insonga umr
mazmunini eslatib turadi. Xalq va uning tarixi bilan uzviy aloqadrlik insonga
tabiat bilan bog’liqlik ato etadi, degan fikr A. Oripovning inson va tabiat
32
mavzuidagi she’rlarida nurlangan mazmunni ifodaladi. Xalq va tarix xotirasidan
mahrumlik isnonga tabiat tomonidan o’limtik yolg’izlik keltiradi.
… SHamol shovullaydi qadim bog’larda,
Buyuk, ko’hna dunyo ko’pchiydi og’ir.
Men uning qo’ynida kezdim savobday,
Qorlardan lolarang olovlar yoqdim.
Bir zum shahanshohlik tekkan gadoday,-
Umr o’tar, dedim dunyoga boqdim.
Quchoq och, dilbarim, shu gul nahorga,
Tumanli tuyg’lar bosmasin og’ir.
Iltifot qilmaslik jajji bahorga,
Nuroniy kuz bizni siylamas axir.
A. Oripov lirikasida kuz obrazi alohida o’rin tutadi. U kuz faslining
tabiatida xalqimiz mehnatining ezga mohiyatini ko’radi, inson qalbining rangin
holatlarini yaratadi.
SHoir o’y-mushohadalarida faqat o’tmishgina emas, kelajak ham Vatan
bilan, avlodlar hayoti bilan bog’liq. Inson o’zidan keyin bu dunyo kimlarning
qo’lida qolishini, avlodlarni kelajakda nimalar kutayotganligini o’ylamasligi
mumkin emas.Zotan, lirik qahramon ona xalqining o’tmishiga ko’z tikib,
kelajagi haqida o’y surgisi kelarkan, uning bugungi hayoti tashvishli
kechinmalar bilan namoyon bo’ladi. Kelgusi avlodlarga azamat xalqdan Vatan
taqdiriga qayg’urish bilan yo’g’rilgan.
SHu o’rinda A. Oripov lirikasida epiklik unsurlarining kuchayib
borayotganligini ta’kidlash joiz. Epiklik deganda shoir she’rlari mundarijasini
tashkil etgan Vatan, insoniyat, ona sayyora singari tushunchalar bilan
belgilanmaydi.
Badiiy
umumlashmalarning
ijtimoiy-falsafiy salmoqdorligi,
teranligi ushbu sermiqyos mazmunni asoslaydi. SHoir ijodidagi ana shu sifat
33
o’zgarishi, xususan, falsafiy teranlik bilan quyuqlashib borayotgani hozirgi
lirikamiz taraqiyotidagi muhim mayllardan biridir.
A. Oripov kichik bir hayotiy detaldan, olis o’tmish xotiralaridan falsafiy
mazmun kasb etuvchi badiiy umumlashmalar chiqaradi. Uning ijodidagi falsafiy
ma’nodorlik, chunonchi, Erkin Vohidov lirikasida o’quvchini hayot va voqelik
belgilari xususida nozik kayfiyatga soluvchi, tuyg’ularga chulg’ovchi musiqiy
ohang, holat, kayfiyat va kartinalar asosiga quriladi. A. Oripovda esa ushbu
omillar o’zgacha. SHoir poetik obrazlarining o’ziga xosligi – bu hayotiy
konkretlilikka egaligidir. Poetik obrazlar aniq hayotiy holat, dalil va detallardan
vujudga keladi.
Xalqimizning buguni va ertasi haqidagi hissiy tafakkur shoir qalbidagi
mushohadakor kechinmalar silsilasini yuzaga keltiradi. YOrqin obrazlarga asos
bo’lib xizmat qiladi. Olis tarix zarvaraqlaridan zamondoshlarimizning davr
voqeligini va jamiyat bilan bog’liqlikdagi kechinmalar manzarasini yaratadi. A.
Oripov lirikasidagi mushohadakorlikning o’ziga xosligi iftixor va ehtiros
tuyg’ularining badiiy pafosga yo’g’rilganligida ko’rinadi. SHoir uslubida
namoyon bo’lgan ushbu bo’yoqlar, xususan, falsafiy teranlikning publisistik
jo’shqinlik bilan omuxtaligi umumbashariy g’oyalar talqini bilan belgilanadi.
SHoir she’riyatidagi insonparvarlik g’oyalari badiiy tafakkurga yangi sifat
belgilari olib kirganligini ham ko’rishimiz mumkin.
A.
Oripov
lirikasida
kuchli
oqimga
aylangan
ijtimoiy-falsafiy
g’oyalarning chuqurlashgani umuminsoniy qadriyatlar ulug’lunishi bilan
belgilanadi. Bu hol badiiy tafakkurda ramzli obrazlarning serqatlam
mazmundorligi kuchayganligini ko’rsatadi. Bu hol A. Oripov lirikasida falsafiy-
publisistik ruhning, R. Parfii she’rlarida chuqur psixologik kechinmalar asosiga
qurilgan. O. Matjon lirikasida o’y-mushohadakorlik bilan publisistik ohangning
bo’rtirib
ko’rinishiga
olib
keldi.
Ushbu
xususiyatlar
she’riyatimiz
hayotiyligining kuchayib borayotganligidan dalolat beradi. Bu xususiyat A.
34
Oripovning «Istiqlol qo’shig’i», R. Parfining «Ona Turkiston», «Meni erk
shoiri denglar», O. Matjonning «SHayx Najmiddin Kubro monologi»,
«Quyoshning shohidligida», SH. Rahmonning «Endi jim turasiz», S. Sayyidning
«Hurriyat epkinlari» singari turkumlari mundarijasini tashkil etadi. Xususan, A.
Oripov lirikasida ma’naviy-axloqiy masalalar talqinidagi badiiy umumlashmalar
uchun xos bo’lgan mazkur belgilar hayotiy dalillar asosida yuzaga kelgan
obrazlarga tayanadi.
A. Oripovning lirik qahramoni bugungi voqelik xossalarini, turmushdagi
nohushliklarni estetik baholar ekan, ularga bashariy qadriyatlar nuqtai nazaridan
yondashadi. YA’ni, Vatanning buguni va istiqbolini o’tmishsiz tasavvur qila
olmaydi. Moziy xotiralari boqiy qadriyat sifatida bo’y ko’rsatadi.
YOsh qalbim zamonlar dardiga to’lug’,
Tarixni o’ylayman men gohi onlar.
Bu yurt g’amlari ham naqadar ulug’,
Bu yurt shavkati ham ne bir o’g’lonlar,
Farzandlar o’yida Vatanning dardi,
Farzandlar Vatan deb topshirarlar jon.
A. Oripov zamondoshlari qalbining yangi qatlamlarini poetik tadqiqi
etishda yangi-yangi ifoda vositalarini topadi. YA’ni, satrlarni fikriy va hissiy
obrazlar bilan boyitishga alohida diqqat qiladi. SHu boisdan, falsafiy-publisistik
ruh bilan yo’g’rilgan lirikasi o’quvchida chuqur o’y-mushohadalar uyg’otadi.
O’quvchi bilan yuzma-yuz so’zlashish, sidqidildan katta ishonch va samimiyat
tug’diradi. Vatan, istiqlol haqidagi she’rlar shoirning badiiy-estetik dunyosini
tayin etish bilan barobar, hayotiy nuqtai nazaridan ham voqif etadi.
Ijod jarayoni g’oyat sirli va murakkab. SHu boisdan ham asl ijod hamisha
individual va betakrordir. SHakl va mazmun bog’liqligining o’z qonuniyatini
bo’lganidek, novatorlikning ham umumiy mezoni bor. Ijodning betakrorligi
shaxs va jamiyat psixologiyasini, voqelikning yangi manzaralari va qirralarini,
35
qalbning yangi qatlamlarini badiiy-falsafiy o’rganish, o’zlashtirish bilan
belgilanadi. Ana shu jarayonda yuzaga kelgan estetik ideal va fikr ma’no
yangiligi badiiy ijodning o’ziga xos betakror tabiatini belgilab beradi.
Zotan, har bir shoirning o’zig xosligi dunyoni yangicha ko’rishi, o’ziga
xos san’at vositalari bilan ko’rsatishida namoyon bo’ladi. So’nggi yillar
she’riyatimizda hayot va voqelikni turli xil poetik janr va formalarda aks ettirish
mayli kuchaydi. Xususan, E. Vohidov ijodida lirik va liro-epik poema, g’azal, R.
Parfi lirikasida sonet, A. Oripov lirikasida esa liro-epik, dramatik poema hamda
to’rtlik, sakkizlik singari xilma-xil poetik janr va shakllardagi izlanishlar ko’zga
tashlanadi. A. Oripovning she’riyati tom ma’noda novatorlik maqomiga ega.
Zero, novatorlik faqat shakl bilan belgilanmaydi.
So’nggi yillar she’ritida shakl orqasidan quvish, shaklbozlik berilishdek
salbiy bir tamoiyil ham palak yozib borayotir. Xususan, biron-bir yangi shaklda
doimo yangi gap aytish mumkin, degan chalkash fikrdir. Ma’lumki, so’z
san’atkorining muvaffaqiyati faqat poetik shakllar rang-barangligidagi
izlanishlar bilan belgilanmaydi. Zero, ijodning novatorligi doimo g’oyaviy-
estetik mazmun yangiligi bilan tasdiqlanib kelgan. Poetik janr va shallar xilma-
xilligi voqelikning yangi tomonlarini jamiyat psixologiyasi va inson taqdiri bilan
uyg’unlikda yoritsagina fayziyot mohiyat kasb etadi.
Adabiyot va san’at lafzi - obrazlar tilidir. U qanchalik yorqin va sodda,
badiiy to’laqonli bo’lsa, unday asarning ta’siri kuchi, estetik-tarbiyaviy
ahamiyati ham shu qadar samaralidir. SHe’r san’atida har qanday jo’nlik,
hunarmandchilik (bu o’rinda she’r «yasash», she’rbozlik nazarda tutilyapti),
shakl uchun mazmunni qurbon qilishlik poetik madaniyat ravnaqiga ko’lanka
tashlaydi, xolos.
Lirika-fikr va his –tuyg’u sintezining teranlashgan shaklidir. Bu hol
yakka-yolg’iz holatlardan teran falsafiy mazmunga ega bo’lgan umumlashma
fikrlarda, bugungi voqeligimizdan kelajakka dahldor beligalarni topa bilishi va
36
ko’rsata olishida namoyon bo’ladi. SHu ma’noda, A. Oripov lirikasida ko’ngil
hurriyati nur timsolida talqin etiladi. Zotan, shu’lalar jamlanib – ulug’ xalq
timsolini tiklaydi.
Jangohlarda jon bergan bobolarni unutmang,
Mashoq terib non bergan momolarni unutmang,
E’tiqod, iymon bergan duolarni unutmang,
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq.
SHe’riyatda murakkat obrazlilikning qochish – obrazlilikdan mutlaq voz
kechish emas, me’yor saqlansa, yaxshi obrazlilik ekanligiga A. Oripov lirikasi
misolida yana bir karra qanoat hosil qilish mumkin. R. Parfii yoki E. Vohidov
asarlaridan keskin farq qilgan holda, A. Oripov she’rlari murakkab obrazlilikdan
xoli. Lekin uning quyuq fikrlari, o’y-mulohazalari tadrijida namoyon bo’lguchi
shiddatli ohanglar toblanishi ranglar jilvasini aks ettiradi. U esa, o’z navbatida,
shoir she’rlaridagi teran obrazlilikni ta’min etadi. Oddiy va sodda fikrlar
silsilasidan sehrli she’rlar yaratadi. Har birimizga tanish so’zlar psixologik
kechinmalarni ifodalash barobarida teran fikriy qudrat kasb etadi.
YAldo kechasiday rutubatli qish
Soldi ruhimizga og’ir bir surur.
Sen kelding, uyg’ondi yana sho’x olqish,
Bunday o’rinlarda tabiat bo’yoqlari yanada ranginroq vazifani o’tayapti.
YA’ni, g’oyaviy-estetik maqsadni nurlantirish barobarida tasvirga yorqinlik
bag’ishlovchi vosita rolini o’tayapti. Boisi, nazarimda, shoir u yoki bu tabiat
xossalari, holatlari va manzaralarini sur’atlantirishni maqsad qilib qo’ymasligi
bilan izohlanadi. SHoir lirikasida nur, shu’la, xayol obrazlari ko’plab uchraydi.
Bu, lirik, qahramon tabiati bilan belgilanadi. CHunonchi, Vatannning bugungi
va kelajagi to’g’risida qayg’urishi, bezovtaligi bilan xarakterlanadi. Vatan va
xalq taqdirini o’tmishi bilan uyg’unlikda tadqiq etish bir-biriga bog’lovchi –
xayol va nur obrazlaridir.
37
SHoir she’rlarida talqin etilgan davr nuri – bu hurriyat nuri, millat erki,
Vatan ozodligi, ezgulikning boqiyligi bilan yorishib ketadi. Ular bir-birini
to’ldiradi, biri ikkinchisini boyitib, nurlantirib turadi.
Hayot tantanasi boshlanmish, ammo
Do’stlar, nur tashlaylik nigoh,
SHu buyuk oftobning mukofotini
E’zozlab qo’yaylik aytib shukrona.
To’g’ri, boshqa shoirlarning she’rlarida ham xayol, nur, shu’la, yog’du
obrazlari ko’plab uchraydi. A. Oripov she’rlaridagi mazkur obrazlarning o’ziga
xosligi nimalarda ko’rinadi? SHoir she’rlarida nur, xayol obrazlarining
quyuqligi masala mohiyatini ochib bermaydi, albatta. Aslida, nur obrazi real
hayot mag’ziga to’liq jonli, moddiy borliqdir. SHu ma’noda, nurning jilvalari
g’oyat rang-barang. Bu xol, ayniqsa nur bilan bog’liq sifatlashlarda yaqqol
ko’zga tashlanadi (porloq, rangin,pok, beg’ubor, yorqin, olovli, oq, parishon,
so’lg’in, bokira, hur, zarra va boshqalar.)
Bu yerda gap nur jilolarining rangdorligini emas. Balki nurning tiyranligi
va jo’shqinligini ta’minlagan hayotiyligi, ta’sirchanligi va nozikligini
isbotlaydi. Nur – ko’zlarga tiniqlik va yorqinlik baxsh etuvchi bir unsur emas.
SHe’rning estetik ta’sir quvvatini oshirishdek vazifasi bor. O’zi ham ana shu
jarayonda teran ma’no kasb etadi.
A. Oripov she’rlaridagi nur obrazini shaxs va jamiyat psixologiyasidagi
yorug’lik va qorong’ulik bilan bog’lab qo’yish u qadar to’g’ri bo’lmas. Uning
uchun botiniy – ma’naviy va zohiriy – voqelik nurlar o’rtasidagi murakkab va
nozik aloqadorlik ko’proq muhimdir. Nur – ular o’rtasidagi hadlarni bir chetga
surib, hayot va inson qalbini bir mehvarda mujassamlashtiradi, shu’lalantiradi.
SHu ma’noda, nur-hissiy tafakkur teranligi va boyligi bilan ajralib turadi. Bu
yolg’iz A. Oripov lirikasi uchun xos xususiyatdir. Nur obrazining ma’nodorligi,
ohangdorlgi she’rning ichki musiqiylgini ham ta’minlaydi.
38
SHoirning lirik qahramoni davr va jamiyat hayotida, inson va zamon
to’g’risida mushohada yuritar ekan, shayton odamlar ruhoniyatini kemirish
orqali jamiyatning ma’naviy-ahloqiy tizimlariga rahna soluvchi qora kuch –
Zulm timsolida talqin etiladi, tasvirlanadi. Ana shu taxlit umumlashtiruvchi
ma’nolariga ko’ra, keyingi paytlarda ma’naviy hayotimizda sodir bo’layotgan
turli xil g’ayriinsoniy voqea-hodisalar turfa qiyofalardagi shaytniy faoliyat
misolida gavdalantiriladi.
SHaytonning hunari chindan rang-barang.
Sallani paytava qilib o’ratgay.
Agar sidqidildan ko’rsatsa nayrang,
Nodonni shoh qilib, yurtni so’ratgay.
SHayton qilg’iliqni qilib bo’lgach, o’zini haqman, demaydi. SHu boisdan
Do'stlaringiz bilan baham: |