Oltinchi afsona:
Afrosiyobning Romiton shahrini qurishi. Romtin (Romiton) bir
ko‘handizga ega va mustahkam bir qishloq bo‘lib, Buxorodan
qadimiyroqdir. Bu qishloqni Afrosiyob bino qilgan. Afrosiyob har
vaqt bu viloyatga kelganida shu qishloqdan boshqa joyga turmagan.
Forsiylarning kitobida aytilishicha, Afrosiyob ikki ming yil
yashagan. U jodugar bo‘lib, Nuh podshohning bolalaridandir. U
o‘zining Siyovush nomli kuyovini o‘ldirgan. Siyovushning
Kayxisrav nomli o‘g‘li bo‘lib, u otasining qonini talab qilib, ko‘p
lashkarlar bilan bu viloyatga kelganida Afrosiyob shu Romtin
qishlog‘ini hisor qilib turgan. Kayxisrav o‘z lashkarlari bilan ikki yil
shu hisor atrofini o‘rab turdi va uning ro‘baro‘siga bir qishloq bino
qilib, bu qishloqni Romush deb atadi. Uni yaxshiligidan Romush
deganlar. Bu qishloq hozirgacha obodondir. Kayxisrav Romush
qishlog‘ida otashparastlar ibodatxonasini qurdi: otashparastlarning
aytishlaricha,
bu
ibodatxona
Buxorodagi
otashparastlar
ibodatxonalarining eng qadimiysidir. Kayxisrav ikki yildan keyin
Afrosiyobni tutib o‘ldirdi. Afrosiyobning go‘ri Buxoroda Мa’bad
darvozasida rahmatli Xo‘ja Imom Abu Hafs Kabir tepaligiga
tutashgan katta tepalik ustidadir.
Buxoro aholisi Siyovushning o‘ldirilishi to‘g‘risida ajoyib
ashulalar to‘qigan: kuychilar bu qo‘shiqlarni «Kini Siyovush»-
«Siyovush jangi» deb ataydilar.
Мuhammad ibn Ja’far (an-Narshaxiy) o‘sha vaqtdan buyon uch
ming yil o‘tgan deydi. (Narshaxiy. «Buxoro tarixi»).
Yettinchi afsona:
Afrosiyob tomonidan Siyovushning o‘ldirilishi. Buxoro arki
Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
217
217
hisorining bino etilishiga mana shu voqyea sabab bo‘lgan: Siyovush
ibn Kaykovus o‘z otasidan qochib, Jayxun daryosidan o‘tib,
Afrosiyobning oldiga keldi. Afrosiyob uni yaxshi qabul etdi va o‘z
qizini unga xotinlikka berib, aytishlaricha, barcha mulkini ham unga
topshirdi. Bu viloyat o‘ziga vaqtincha berib qo‘yilgan joy ekanligi
tufayli, Siyovush bu yerda o‘zidan bir yodgorlik qoldirishni istadi.
Shunday qilib, u Buxoro hisorini bino qildi va ko‘proq vaqt o‘sha
joyda turar edi. (kimlardir) u bilan Afrosiyob o‘rtasida yomon gap
yurgizgandi va (natijada) Afrosiyob uni o‘ldirdi hamda shu hisorda
sharqiy darvozadan kiraverishdagi «Darvozai g‘uriyon» deb atalgan
somonfurushlar darvozasining ichkarisiga dafn etdilar. Shu sababli
Buxoro otashparastlari o‘sha joyni aziz tutadilar va unga atab har bir
erkak kishi har yili Navro‘z kuni quyosh chiqishidan oldin o‘sha
joyda bittadan xo‘roz so‘yadi. Buxoro aholisining Siyovushning
o‘ldirilishiga bag‘ishlab aytgan marsiyalari bo‘lib, u barcha
viloyatlarga mashhurdir. Kuychilar uni «otashparastlar yig‘isi»
deydilar. Bu gaplar bo‘lganiga hozir uch ming yildan ortiqroq vaqt
o‘tdi.
Shunday qilib, mana shu rivoyatga ko‘ra bu hisorni Siyovush bino
qilgan, ba’zilar esa Afrosiyob bino qilgan deganlar. So‘ng bu hisor
buzilib ketib, ko‘p yillar vayronligicha qoldi (Narshaxiy. «Buxoro
tarixi»).
Sakkizinchi afsona:
Afrosiyob - mehribon ota. Aytadilarki, Afrosiyobning bir qizi
bo‘lib, uning doimo boshi og‘rir edi. Romtinga kelib turib qolganidan
keyin bu yerning havosi muvofiq kelib, darddan xalos bo‘ldi va bu
joyga «oromi tan»- «tan oromi» deb nom qo‘ydi. Oddiy xalq esa buni
«Romitin» deydilar (Narshaxiy. Buxoro tarixi).
To‘qqizinchi afsona:
Afrosiyobning qatl etilishi. Kayquboddan so‘ng Kaykovus
Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
218
218
podshoh bo‘ldi.
Kaykovusning bir farzandi bor edi. Uni tarbiyasi uchun Rustami
shadid bin Zol bin Parishon bin Juzang bin Gershaspga topshirdi.
Rustam Siiston va unga tobe viloyatlarga voliy erdi. Rustam bolaga
juda yaxshi ta’lim va tarbiya berib, so‘ng otasi Kaykovus huzuriga
yubordi. Afrosiyob juda mamnun bo‘ldi. U Afrosiyob qizi yoki
Yaman viloyati podshohining qiziga uylangan edi. U Jamila bonu
Siyovahshning husni jamoli va fazlu kamolini ko‘rib, unga giriftor
bo‘lib, ani muddaosi husuli uchun o‘ziga targ‘ib va ko‘ngil xohishi
bo‘lgan amrga taklif etdi.
U xotin Siyvahsh bilan otasi Kaykovus o‘rtasiga sovuqlik
tushirdi. Siyovahsh bundan xabar topgach, Rustami shadiddan
iltimos qilib, otasidan unga Turkistonga, Afrosiyob bilan urushga
ketishga ruxsat olib berishini so‘radi. Ruxsat bo‘lgach, Siyovush
Turon bilan urushga ketdi.
Qattiq urushlardan so‘ng Siyovahsh Afrosiyob bilan sulh tuzishga
keldi. Otasi unga qarshilik qildi. Ammo shahzoda o‘z va’dasidan
qaytmadi. U o‘zining Afrosiyob xizmatiga o‘tajagini bildirdi. So‘ng
shuni qildi. Afrosiyob Safo Farid degan parichehra qizini
Siyovahshga erga berdi. Siyovahsh bilan hamsuhbat bo‘lgan
jamoaning unga moyil bo‘lib qolishidan, shahzodaning fazli
kamolidan xavotir bo‘lgan Afrosiyob o‘z taxtiga voris chiqib
qolishidan qo‘rqdi. Uning ikki o‘g‘li va birodari hasad yuzasidan bu
tahlikani kuchaytirdilar, natijada, Afrosiyob Siyovahshni o‘ldirishga
amr qildi va uni qatl ettirdi.
Siyovahshning rafiqasi Kayxisravga homilador edi. Sipohlardan
Qiyron bin Kas’on uni saqlab qoldi. Bola tug‘ildi. Uni Qiyron
balog‘atga yetkazdi. Siyovahsh o‘limidan xabar topgach, Shodvas bir
qora kiyim kiyib, motam tutdi. Afrosiyob Shodvasdan bu kiyimning
odatga xilof ekanini aytsa, Shodvas bugun bizga zulmat va
qorong‘ulik kunidir dedi. Мusibat hangomida qora libos kiyish
shundan odat bo‘lgan.
Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
219
219
Kaykovus vafotidan so‘ng Eronda Kayxisrav taxtga o‘ltirdi.
Uning onasi Afrosiyobning qizi Farid edi. Shu tufayli Kayxisrav
Afrosiyob taxtiga voris edi. Kayxisrav to‘rt tomondan turk yeriga
hujum boshladi. Urushda besh yuz oltmish ming odam o‘ldi, o‘ttiz
ming asir qilindi. Fors lashkarboshisi Gudarz edi. Unga Isfahon va
Jurjon hokimligini berdi. Afrosiyob Shaydo degan o‘g‘lini Kayxisrav
jangiga yubordi. Ammo u yengilib qatl etildi. So‘ng Afrosiyob o‘zi
askar yig‘ib bordi. Ammo yengilib, Ozarbayjonga ketdi.
Kayxisrav uni ta’qib qilib borib tutdi va qatl etdi. So‘ngra
Ozarbayjondan qaytib keldi. Afrosiyobning o‘rniga Kaybavosif
degan kishini tayinladi.
Kayxisrav otasi Siyovahsh o‘chini olgach, o‘rniga Luhraspni tayin
etib, o‘zi zohidlik ixtiyor etdi va ahli a’yoni bilan g‘oyib bo‘ldi.
Podsholik muddati oltmish yil bo‘ldi. (Ibn al-Asir. «Tarixi
komil»).
O‘ninchi afsona:
Siyovushning tuhmatga uchrashi va Afrosiyob tomonidan
o‘ldirilishi. Siyovushni Kaykovus askarlari Turon chegarasidagi
o‘rmonlardan topib olgan go‘zal bir qizdan tug‘ilgan (aftidan, bu qiz
qadimgi yunon afsonalaridagi o‘rmon ma’budasining dastlabki
obrazi bo‘lsa kerak). Siyovush dunyoga kelishi bilanoq (onasi uni
tug‘ishi paytida o‘ladi) hammani o‘zining beqiyos go‘zalligi bilan
maftun etadi. O‘gay onasining shahvoniy hirsini rad etgani uchun
nohaq ayblangan Siyovush o‘t sinovidan o‘tishi, ya’ni oltin dubulg‘a
kiyib, qora otda katta alanga ustidan sakrab o‘tishi kerak edi. U o‘tni
yengib, o‘z nomusini qaytadan tiklab oladi hamda Turonga yurish
qiladi. Urush tamom bo‘lgandan keyin Siyovush Turon podshosi
Afrosiyob huzuriga boradi hamda uning qiziga uylanadi.
Qaynotasidan sovg‘a sifatida Turon yerlarining bir qismini olib, bu
joyda Kangdiz yoki Kangi Siyovahsh nomli hashamatli qasr shahar
quradi. Lekin yana tuhmatga uchrab, Afrosiyob yuborgan qotillar
Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
220
220
tomonidan o‘ldiriladi. Uning o‘g‘li («Avesto» bo‘yicha nabirasi -
qizining Afrosiyobning ukasi Agreratdan bo‘lgan o‘g‘li; aftidan bu
variant ancha eski, matriarxat bosqichiga oid bo‘lsa kerak) Kayxisrav
xiyonatchi
bobosini
tor-mor
keltirib,
ariylarning
yerlarini
birlashtiradi va Xorazm rivoyatlariga ko‘ra, birinchi Xorazm
sulolasiga asos solgan (S.Tolstov. «Qadimgi Xorazm madaniyatini
izlab»).
O‘n birinchi afsona:
Afrosiyob qo‘rg‘oni ustida bayram. Turon shohi Afrosiyob
Rustam va Kayxisravning hujumidan qochib, o‘zini saqlash uchun
juda katta qo‘rg‘on qurdiradi. Qo‘rg‘on qorong‘u, unga nur tushmas
edi. Kayxisrav Gershaspning qabridan yondirib olgan olov bilan
qo‘rg‘onni vayron qiladi. Afrosiyob yana qochadi. So‘ngra qo‘rg‘on
o‘rnida katta gulxan yoqiladi. Odamlar to‘planishib, Kayxisravni
madh etuvchi qo‘shiqlar aytishadi. Ushbu qo‘shiqlardan birining 10
misralik parchasi yetib kelgan.
Furuxt bodo ro‘sh,
Xunida Gershasp hush,
Hame pur ast az no‘sh,
No‘sh kun, may no‘sh.
Do‘st, bidor go‘sh,
B-ofarin nihoda go‘sh!
Hamesha neki qo‘sh,
De guzashtu do‘sh!
Shoho xudoygono,
B-ofarin shoh-o! («Tarixi Siiston»).
Tarjimasi:
Nurafshon kun boshlandi,
Gershasp ruhi shodlandi,
Qalblar to‘la hayajon,
Sharob ko‘tar, jo‘rajon.
Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
221
221
Quloq solgin birodar,
Ta’zim et yerga qadar.
O‘tgan kuning misli tush,
Hayot keldi yaxshi, xush.
Ey,jahongir, shahonshoh,
Senga sharaf, senga shon!
O‘n ikkinchi afsona:
Afrosiyob qal’asi va o‘lim ma’budi. Afrosiyob o‘lim ma’budi
Estuxxatdan qochib, katta qal’a qurdiradi. Qal’aga kiradigan birorta
yo‘l yo‘q edi. Ustalar jon saqlaydigan bu qo‘rg‘onni ertaklardagiday
qurishgan edi. U «Afrosiyob qal’asi» deb ataldi. qal’a devorlarining
balandligi 1000 futga (bir fut 30,479 sm ga teng - A.A.) edi. Lekin
qo‘rg‘on ichkarisi mutloq qorong‘u bo‘lgan. Afrosiyob qal’aning
devorlariga billur, tilla, kumush va marvaridlardan sun’iy quyosh, oy
va yulduzlar o‘rnatib chiqishni buyurgan. Natijada, qal’a juda yorug‘
bo‘lgan. Go‘zallik va kuch - qudrat ma’budasi Ardvisurnaxid
Afrosiyobning bu xizmatini ko‘rib, unga boqiy umr berishi mumkin
edi. Afrosiyob ma’buda sharafiga eng yaxshi otlardan 100 ta,
boqilgan buqalardan 1000 ta, semiz qo‘ylardan 10.000 ta so‘yishni
buyurdi. Afrosiyob o‘zining ko‘ngliga taskin topdi, o‘lim ma’budasi
endi kelolmasligiga ishondi. Yillar o‘tdi. Afrosiyob o‘zining sun’iy
bog‘ida aylanib yurgan edi. Daraxtlar orqasida odam sharpasini
ko‘rdi, u juda oriq va qahrli edi. Afrosiyob darrov payqadi, u o‘lim
ma’budasi edi. Unga qarshi bormoqchi ham bo‘ldi, lekin behuda
ekanligini angladi. Afrosiyob jonsiz yiqildi (Professor X.Ko‘r-o‘g‘li
tiklagan).
O‘n uchinchi afsona:
Afrosiyob shohlikdan voz kechadi. Eron shohlaridan Kaykovus
yoki Jom (Som) Sharqdagi uzoq dengiz ortida Qang‘diz degan shahar
qurdirgan. Shahar keyinchalik Turon shohi Afrosiyob qo‘liga o‘tgan.
Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
222
222
Afrosiyob podsholikdan voz kechib, tarkidunyo qilib, Kangdiz
shahar-qo‘rg‘onini
o‘ziga qarorgoh qilib oladi. Kayxisrav
Afrosiyobni qo‘lga tushirish uchun uning izidan borar ekan,
Qang‘diz shahriga qo‘shin tortadi.
Abu Rayhon Beruniy «Hindiston» kitobida bu afsonani
quyidagicha bayon etadi: «Hind astranomlari obod joylar geografik
uzunligini Lanka vositasida belgilaydilar. Bu joy Yer ekvatorida
o‘rtalikda bo‘lib, Sharqida Jamakuti, G‘arbida Rumaka bor. Ammo
Jamakuti esa Yaqubning va al-Fozoriyning aytishicha, dengiz
ichidagi mavzudadir. Unda Tora shahri bor. Hindlarning kitoblari
ichida bunday nomni sira topa olmadim. Kote esa bir qal’a nomi,
Joma - ajal farishtasi (demak)dir; undan Kangdiz hidlari tarqalib
turadi. Forslarning yozishlariga ko‘ra, Kayxisrav turk Afrosiyob
izidan borishda bu dengizni kezgan. U mavzuga borganda zohidlar
yo‘liga o‘tib, u mulkdan chiqib ketishlikni qaror qilgan». Diz
forschada - qal’a demakdir (Beruniy. «Hindiston»).
O‘n to‘rtinchi afsona:
Eroniy xalqlar bayramlarining Afrosiyob shaxsiyati bilan
bog‘lanishi. Abu Rayhon Beruniy «Qonuni Мas’udiy» kitobining
ikkinchi maqolasi «Eroniylarning majusiylik-dagi bayram kunlari»da
eronliklarning uchta bayramini Afrosiyob shaxsiyati bilan bog‘laydi.
Hurdod. Hurdod mohning oltinchi kuni - ikki ism (oy va kun
ismi) bir-biriga muvofiq kelgani uchun bayram bo‘lgan. Tir mohning
o‘n uchinchi kuni ham shunday. Orishning Мanuchehr bilan
Afrosiyob orasida sulh qilish uchun o‘q otishi ham shu kunga to‘g‘ri
kelgan. Bu sulhga ko‘ra o‘q borib yetgan joy Мanuchehrniki bo‘lar
emish. Aytishlaricha, u Ro‘yo tog‘idan otgan, uzoqdan otilgan shu
o‘q Farg‘ona va Tabariston orasiga tushgan.
Eronliklar, undan keyingi kunda ham o‘qning borib yetgan xabari
shu kuni eshitilgan, deb bayram qiladilar.
Tirgon. «Ular (eroniylar-A.A.) Tirgon kuni cho‘miladilar,
Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
223
223
oshxonalar
va
o‘choqlarni supuradilar. Ammo o‘choqlarni
buzishlariga sabab shuki, odamlar shu kuni Afrosiyob qamalidan
xalos bo‘lib, har kishi o‘z ishiga ketgan. Shuningdek, avvalgilar
yo‘lidan yurib (yetilmagan) bug‘doyni yetilmagan mevalar bilan
qo‘shib qaynatadilar, chunki ularning bug‘doy yanchishga qudratlari
yetmagan edi.
Cho‘milish
marosimining
sababiga
kelganda,
Kayxisrav
Afrosiyob jangidan qaytishida lashkarlardan tashqari yolg‘iz o‘zi bir
buloq tepasiga tushgan. Shunda u charchaganligi sababli o‘zidan
ketgan, Gudarz o‘g‘li Vayjon yetib kelib, unga suv sepgan va u
o‘ziga kelgan. O‘sha vaqtdan beri cho‘milish tabarruk rasm bo‘lib
keladi».
Obogon. «Obogonda Zav ibn Tahmosp Afrosiyob bekitib
tashlagandan keyin qazilgan anhorlarga suv qo‘ygan hamda shu kuni
kishvarlarga, bular iqlimlar kabi, Bevorasp davlatining zavol topgan
xabari kabi tarqalgan, shundan keyin har bir kishi o‘z uyi va oilasigi
ega bo‘lgan. Bundan oldin esa, ustlariga kelgan sarkashlarning
zo‘ravonligi sababli u narsalarga ega bo‘la olmaganlar» (Beruniy.
«Qonuni Мas’udiy»).
Yuqorida matni keltirilgan afsonalarning syujet o‘zagi bitta:Turon
shohi Afrosiyob Eron mamlakati bilan bo‘lgan jangda g‘olib kelishi,
Eron xalqiga zulm o‘tkazishi, eroniylardan bo‘lgan kuyovi
Siyovushni ig‘vogarlarning so‘ziga kirib o‘ldirishi, natijada Eron
shohi va pahlavonlari Siyovush xunini undan talab qilish voqyealari
asosida qurilgan. Lekin afsonalarning hammasida ham Afrosiyob
yovuz, mehr va insoniylikdan begona shoh sifatida ko‘rinmaydi.
Afrosiyob tarixdagi juda ko‘plab, aytish mumkinki, hamma
shohlarga xos xususiyatni o‘zida mujassamlashtirgan. Jahon tarixiga
nazar tashlanadigan bo‘lsa, har bir shoh ma’lum bir mamlakat bilan
urishganda g‘alabani qo‘lga kiritish uchun shafqatsiz bo‘lgan. Zotan,
Kayxisravning o‘zi ham tarixiy va afsonaviy shaxs sifatida
Afrosiyobga nisbatan shafqatsiz edi.
Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
224
224
Afsonalarda Afrosiyob obrazi qanday xususiyatlar bilan
tasvirlanganligini nazardan o‘tkazaylik: Afrosiyob pahlavon, ayni
paytda o‘z raqibi bilan sulh tuzib, tinchlikni istovchi shoh (I afsona),
ollohdan o‘z maqsadiga erishish uchun najot so‘rovchi, lekin omadi
chopmagan jabrdiyda (II); O‘z maqsadi yo‘lida qarshilik qilgan,
raqibiga yon bosganlarni shafqatsiz jazolovchi (III, IX); urushda
tinchlik istovchi, pahlavonlarni qadrlovchi, lekin o‘z taxti o‘zgalar
qo‘liga o‘tib ketishidan qo‘rquvchi va o‘z saltanatini mustahkamlash
uchun qotillikdan ham qaytmaydigan shoh (V); shaharlar qurishga
e’tibor bergan, odamlarning ig‘vosiga ishonuvchi(VI, VII); mehribon
ota (VIII); o‘z raqibi ekanligini bilsa-da, pahlavonligini qadrlovchi,
hatto qizini ham berishga tayyor mehribon qaynota, lekin o‘z taxtini
sevuvchi shoh (IX, X); dushmandan o‘z jonini ehtiyot qilish
chorasini izlovchi, shahar va qo‘rg‘onlar qurgan, lekin dunyoga ustun
bo‘lolmasligini, inson umri abadiy emasligini tushungan, har qanday
shoh ham o‘lim oldida ojizligini bilgan shoh (XI, XII); shohlik
azobidan zohidlikni afzal bilgan tarkidunyo egasi (XIII) sifatidagi o‘z
qiyofasiga ega.
TURKIYLAR OBRAZI QADIМGI GRUZIN, GERМAN,
RUS VA SLAVYAN XALQLARI ADABIYOTLARIDA
GRUZIN ADABIYOTI. Ossuriya tarixiy hujjatlarida Urartu
(hozirgi Armaniston va Turkiyaning bir necha sharqiy viloyatlari
o‘rniga to‘g‘ri keladi) va Gamirra mamlakatlari o‘rtasida miloddan
oldingi VIII asrlarda Guriani (hozirgi Gurjiston) mamlakati
joylashganligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Gamirra – go‘mirlar,
ya’ni kimmerlar davlatidir. Gurjiston, Armaniston, Abxaziyadagi
qadimgi shaharlar o‘rnida arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan
ashyolar Qofqaz va Qofqaz orti mamlakatlarida skif-kimmerlar ham
yashaganligidan guvohlik beradi. Gruzin olimi G.A. Мelikishvilining
ta’kidlashicha, kimmerlar janubiy Gruziya va uning tog‘larini
Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
225
225
o‘zlarining trer urug‘lari nomi bilan Trialet (qadimgi arman
manbalarida trel) deb ataganlar. Sharqiy Gruziyada Kvemo-Kartli
shahrini Gugark («Injil»dagi skiflar ajdodi «Gog» va «Мagog» nomi
bilan) atashgan. Strabonning ma’lumotiga ko‘ra, Shimoliy
Armanistonda skiflarning sak urug‘lari yashaydigan Sakashen shahri
bo‘lgan. Qofqaz respublikalaridagi ko‘pchilik xalqlar o‘zlarining
tarixini skiflar bilan bog‘laydilar. Dog‘istonning Arqaz (Erqaz)
qishlog‘idan topilgan arxeologik yodgorliklar skif-hayvonot uslubida
ekanligi e’tirof etilgan. Akademik N.Ya.Мarr skif va sak tilini
Shimoliy Qofqaz va Abxaziya tillari bilan juda yaqin deb hisoblaydi.
Demak, gruzin xalq og‘zaki va qadimgi yozma adabiyotida
skif-kimmerlar badiiy ijodining yodgorliklari saqlanib qolishining
tarixiy asoslari mavjud. «Amiran» qahramonlik eposi svan, megrel,
abxaz, arman, osetin, cherkas, lak va kabardin tillarida ommalashgan.
Lekin markazlashgan o‘rni gruzinlardadir. Xususan, «Amiran»
mesxetilar o‘rtasida ommaviy tarzda tarqalgan va ashuglar
(baxshilar) uni kuyga solib aytishgan. Мesxetilar skif-kimmerlarning
miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda rivojlangan qabilalaridan biridir.
Ular osmon jismlariga, xususan Oyga sig‘inishgan. Turkiy
xalqlarning nodir yodgorligi «Qo‘rqut ota kitobi»da Amiran turkiy
xalqlarning bahodir yigitlaridan biri sifatida ulug‘lanadi. Bu obraz
gurjilar va o‘g‘uzlar o‘rtasidagi janglar tasviriga bag‘ishlangan
«Bagilning o‘g‘li Amiran haqida qo‘shiq» faslida yaratilgan Amiran
g‘ayri dinlar – gurjilar boshlig‘i Takuraga qarshi jangga tushib, uni
yengadi. Shu sababli Qofqaz tog‘laridagi ko‘plab yerlar unga in’om
etiladi, bahodir Aruz (Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam» kitobida
yozishicha, Alburz (Elbrus) tog‘i uning nomiga qo‘yilgan) yonidan
joy ko‘rsatiladi.
Gruzin xalq og‘zaki ijodi Sharq xalqlari adabiyotining kuchli
ta’siri ostida rivojlangan. Gruzin folklorshunos-ligi «Amiraniani»,
«Tarieliani», «Rostommiani» doston-larini qahramonlik eposlarining
eng yaxshi namunalaridan deb hisoblaydi. Bu eposlarning
Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
226
226
qahramonlari Amiran, Tariel, Rustamdir. Tariel skif-kimmerlarning
tarixiy yoki afsonaviy qahramonidir. Shu sababli ham janubiy
Gruziya va uning tog‘lari ushbu nom bilan atalgan. «Amiran»ning
150 dan ortiq variantlari yozib olingan. Uning bir variantida Rustam
Amiranning otasi deb ko‘rsatilgan. «Tarieliani» dostonida esa Tariel
va Rustam Amiranning ukasidir. Fors-tojik va turkiy og‘zaki
adabiyotdagi Bejan va Мanija (Afrosiyobning qizi) haqidagi doston
syujetlari ham gruzin xalqlari o‘rtasida keng tarqalgan, uning bir
necha variantlari yozib olingan.
G.N.Potanin Sharq adabiyotining Yevropa eposlariga ta’siriga
bag‘ishlangan asarida Shimoliy Kavkaz xalqlari o‘rtasida Amiran
haqida saqlangan syujetlarning bir necha versiyalarini keltiradi.
V.F.Мillerning ham «Osetin etyudlari» tadqiqotida Amiran haqidagi
og‘zaki hikoyalar tahlil etilgan. Gruzin adabiyotida ushbu qahramon
haqida roman ham yaratilgan. G.N.Potanin bu roman hozirgacha
(1899) nashr etilmagan deb ta’kidlaydi. Amiran haqidagi afsonalarda
tasvirlangan voqyealar o‘zining qadimiy qatlamlariga ega.
AМIRANNING TUG‘ILISHI. Ishav versiyasiga ko‘ra,
Amiran Sulkaymaxa va uning xotini Darijonning kenja o‘g‘lidir.
Uning Badra va Usip ismli ikki akasi bo‘lgan. Kartamin versiyasiga
ko‘ra, Amiran Usip yoki Usupning o‘g‘lidir. Uch aka-uka Sulkalmax,
Badri va Usip yashadilar. Ularni Darijanashvili deyishar edi. Usup
ovga chiqib, cho‘qqidagi qal’ada o‘tirar ekan, go‘zal, quyosh nuridan
ham ustun bir qizni uchratdi. U o‘sha go‘zal bilan uch kun bo‘ldi va
unga qimmatbaho tosh olmosni qoldirar ekan, shart qo‘ydi: «Agar
qiz tug‘sang, unga shu olmosni berasan, agar o‘g‘il tug‘sang, u o‘zi
uchun o‘zi kurashsin». Usup vafot etdi. Go‘zal ayol o‘g‘il tug‘di.
Unga xudoning nazari tushdi va Amiran ismini berdi. Svan
versiyasida otasining ismi ko‘rsatilmaydi. U oddiy ovchi. U bir
cho‘qqining yonidan o‘tayotganida ayol kishining ovozini eshitadi.
Ovchi cho‘qqidan qaytib tushar ekan, o‘sha ayolni topadi va u bilan
uch kun birga bo‘ladi. Ovchi ayolning qistovi bilan uning qornini
Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
227
227
yoradi va o‘g‘il bolani olib, uni buloqqa tashlaydi. Pari kelib,
chaqaloqni poklaydi va uni Amiran deb ataydi. Svanlarning boshqa
versiyasiga ko‘ra, cho‘qqida kuchli tovush eshitiladi. U yerdan
to‘lg‘oq tutayotgan ayol kishining ingragan nidosi kelardi. Odamlar
dastlab qo‘rqishadi, so‘ngra xursand bo‘lishadi. Temirchi Darjexan
(Darijan) doyalik qilish uchun uning huzuriga boradi. Ayolning
qornini yorishga to‘g‘ri keladi. Ayol o‘limi oldidan o‘tinib so‘raydi:
«Agar qiz tug‘sam, suvga tashlanglar, agar o‘g‘il tug‘sam, uch
tomonga ketuvchi yo‘l boshiga qo‘yinglar». Bola o‘g‘il tug‘ildi.
Yo‘lga tashlangan chaqaloqni ma’budlar oldilar, pokladilar va yana
o‘z joyiga qo‘ydilar. Uni bir ovchi topib oldi va xotiniga keltirib
berdi. Ayolning Visibir va Badr ismli ikki o‘g‘li ham bor edi. Osetin
versiyasiga ko‘ra, Amiran Rustamning o‘g‘lidir. Rustam cho‘qqida
ov qilib yurgan edi, qoziq tishli bir ayol unga o‘z muhabbatini izhor
etdi. Rustam uning taklifini qabul qildi va shu yerda jon berdi. U
o‘limi oldidan tug‘iladigan farzand o‘g‘il bo‘lsa, unga Amiran ismini
qo‘yishni vasiyat qildi.
Amiran haqidagi syujet asosida gruzin yozuvchisi Мose
Xoneli (XII) qissa yozgan. Ba’zi gruzin adabiyotshunoslari
«Amiran»ning og‘zaki ijodda saqlanib qolgan variantini juda
qadimga olib borib taqaydilar. Мasalan, gruzin olimi Sh.Nupubidze
«Amiran»ni
jahon
eposi
taraqqiyotiga
hissa
qo‘shgan
«Bilgamish»dan so‘ngi asar deb hisoblaydi. Amiran Elburs tog‘ida
zanjirband qilinganligi to‘g‘risida ham rivoyatlar bor. Shu sababli
ham uni Prometeyning muqobili deb atashgan.
Gurji xalq og‘zaki ijodida Alp Er To‘nga va Kayxisrav
munosabatlari bilan bog‘langan rivoyatlar ham mavjud. Biroq bu
nomlar gruzin xalqi hayoti bilan bog‘lab ko‘rsatiladi. Gruzin shohi
Erekle Aragvi hukmdori Kayxusru (Kayxisrav)ni tatar xoniga qarshi
urushga chaqiradi. Erekli – Alp Erning qahramonligi timsolidir.
«Tarielliani» dostoni Мesxetida yozib olingan. Tariel – Shota
Rustavelining «Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon» dostonining
Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
228
228
ham yetakchi qahramoni hisoblanadi. Doston XII asrda yaratilgan
bo‘lib, gruzin malikasi Tamara va uning eri Davidga bag‘ishlangan.
Asardagi voqyea qadimgi sharq ertaklari syujeti asosida qurilgan.
Doston qahramoni Tariel – pahlavon, bellashishda arslonni
yiqitadigan bahodir yigit. Bu dostonda Tariel hindistonlik oshiq
tarzida ko‘rsatilgan. Hind shohi o‘z qizi Neston Darijonni Xorazm
shohining o‘g‘liga uzatishi voqyeasi orqali Tarielning ishqiy
sarguzashtlari rivojlanadi, arab pahlavoni Avtandil, turk shohi
Faridunlar bilan uchrashadi. Tariel Nestonning visoliga yetishishida
Faridin unga yordam beradi. Shota – mesxeti urug‘idan. Kitobni
malika Tamaraga sovg‘a etish uchun yaratgan. Shota Sharq turmush
tarzi va adabiyotini yaxshi bilgan. Shu sababli ham N.Ya.Мarr
Rustavelini musulmon shoiri deb atagan. Turkiy xalqlar o‘rtasida Alp
Er To‘nga – yo‘lbarsdan ham kuchli bahodir xoqon to‘g‘risida
rivoyat hamda afsonalar saqlangan. Tariel – shunday xususiyatli
pahlavondir. Dostonda yo‘lbars terisiga majoziy ma’no berilgan.
Tarielningg yo‘lbars terisini yopinishi undagi yo‘lbarsga xos
dovyuraklik, bahodirlik, jasurlikni bo‘rttirib ko‘rsatadi. Shota
dostonida uch asosiy qahramon – Tariel, Avtandil, Faridunni
arslondek kuchli sifatlar bilan ulug‘laydi. Lekin Tarielning o‘ziga
xosligi shundaki, uning egnida yo‘lbars terisidan libosi, po‘stini bor.
Tarielning yo‘lbars terisini yopinib yurishi timsolida turkiy
xoqonlarni ko‘rish uchun asoslar bor. Firdavsiy «Shohnoma»
dostonida shunday yozadi:
Kayumarsga jahon shohlik buyurdi,
Ilk bora manzilni tog‘ ichra qurdi.
Taxtu baxtni topib tog‘dan farovon,
Yo‘lbars terisidan qilardi chopon.
Alisher Navoiy «Tarixi muluku Ajam» kitobida Afrosiyob haqida
shunday ta’rif keltiradi: «Afrosiyob. Ani debturlarkim, Pushang binni
Tur binni Faridin o‘g‘lidur. Va ba’zi aning nisbatin Kayumarsga
yetkurubdurlar». Afrosiyob – Alp Er To‘ngani Kayumarsga nisbatan
Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
229
229
berish uning yo‘lbars terisini yopinib yurishiga ishoradir. Мirzo
Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi» asarida chorva va vahshiy
hayvonlar terisidan liboslar kiyish Tung ibn Turk ibn Yofas davridan
boshlangan deb hisoblaniladi. «Tarixi muluku Ajam»da Faridun
Afrosiyobning otasidir. «Yo‘lbars terisini yopgan pahlavon»
dostonida Faridun Tarielga otaliq yordamini ko‘rsatgan turkiy
mamlakatning hukmdori hisoblanadi.
«Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon» asarining asosiy voqyealari
Xorazm va uning yaqinidagi dengiz qirg‘oqlarida bo‘lib o‘tadi.
Мa’lumki, asar yaratilgan davrda Xorazm davlatining chegarasi Eron
ko‘rfazidan tortib, Volga daryosigacha yetgan edi. Xorazm davlatini
xuddi shu davrlarda turkiylar sulolasidan bo‘lgan qoraxoniylar idora
etardilar. Shota dostonida qora ot ustida tasvirlangan va shu qora otni
Tarielga in’om etgan odil shoh Faridun obrazida turk xoqonlarining
siymosi umumlashadi. Umuman, «Amiran» va «Yo‘lbars terisini
yopingan pahlavon» dostonlarini qadimgi turkiy qahramonlik
eposlari bilan qiyosiy o‘rganish adabiy aloqalar tarixida yangi
sahifalar ochadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |