Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet304/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
296
qarshi necha barobar katta kuch bilan chiqqanini bilmasmisiz? Bular mag‘lub bo‘lsa 
o‘g‘lingiz yovlarining ming jonlaridan birini ham tirik qo‘ymas edi. Siz sulton Ibrohimning 
qanchalik shafqatsiz bo‘lganini bilar edingiz. Agar sizda insofu imon bo‘lsa, qo‘lida qilichi 
bilan ochiqchasiga jang qilgan sarkardaga yashiriqcha zahar bermas edingiz! 
— Men ayol kishiman, qilich ko‘tarib jang qilolmayman! Ana o‘sha zahar — mening 
qilichim edi. Fotihlar Panipatda ming-ming odamlarning o‘limiga sabab bo‘ldi! Bu 
mamlakatning yana ko‘p joylariga ajal urug‘ini ekdi! Men kabi minglab onalar hozir 
motam tutib, ko‘z yoshi to‘kib yuribdi. Qancha-qancha kelinchaklar beva qolib, o‘zlarini 
erlarining jasadlari bilan birga olovda yondiryapti! Men bergan zahar ana o‘sha ajalning 
urug‘idan tayyorlangan edi! Unga beva-bechoralarning achchiq ko‘z yoshlari ham 
qo‘shilgan edi! 
Malikaning so‘nggi so‘zlari fotih beklarga ham tegib ketdi. Sersoqol bir bek o‘rnidan 
sakrab turib, Boburga ta’zim bilan murojaat qildi: 
— Hazratim, bu yalmog‘izning tilini og‘zidan sug‘urib olmoq kerak! Shunday mal’unligi 
ustiga yana buncha gap! 
— Mayli, meni qiymalab tashlasinlar! — deb qichqirdi Bayda. — Men qo‘rqmayman! 
Bobur Baydani beklar istagandek qiynoqlarga solib o‘ldirtirsa el-ulus nima deyishini 
o‘ylar ekan, «lop» etib Hirotdagi Xadicha begim esiga tushdi. Makkorlikda u ham 
Baydadan qolishmas edi, nevarasi Mo‘min mirzoning o‘limiga sabab bo‘lgani ko‘pchilikka 
ma’lum edi. Shunga qaramay, Shayboniyxon uni Mansur baxshining ixtiyoriga topshirib
dahshatli qiynoqlarga solgani juda ko‘p odamlarning nafratini keltirgan edi. Boburning 
o‘zi bundan bir haftagina oldin xilvatxonada xotira yozib o‘tirganda Shayboniyxonning bu 
ishini jirkanib qalamga olgan edi. «...Besh kunlik o‘tar dunyoda Shayboniyxon mundoq 
ablahono ishlari bilan yomon ot qozondi» — degan satrlarni o‘z umr kitobiga bitgan 
Bobur endi mana bu qurolsiz onaga qanday chora ko‘rishi kerak? Qanday qilsa 
odamlarning nafratiga emas, hurmatiga sazovor bo‘ladi? 
Beklar hamon Baydaning o‘ldirilishini talab qilmoqda edilar: 
— Bu yalmog‘izni quturgan filning oyog‘i tagiga tashlab qatl ettirmoq kerak! 
— Yoki oyoq-qo‘lini chirmab bog‘lab, baland minora ustiga yotqizib qo‘ymoq darkor — 
go‘shtini quzg‘unlar yeb, ko‘zlarini cho‘qib ketsin! 
Malikaga zimdan tikilib turgan Bobur so‘nggi takliflardan Baydaning rangi o‘chib, yuzi 
ko‘kimtir tusga kirganini ko‘rdi. Shunda Muhammad Do‘ldayning ishorasi bilan beklar jim 
bo‘ldilar. Bobur malika tushunadigan forsiy tilda: 
— Janob beklar taklif qilgan jazolar barchasi asosli,— dedi. — Biroq xiyonatchi malikaga 
bularning hammasidan ham og‘irroq bir jazo bor. Bu xonimning gapiga qaraganda, 
hamma yetimu yesirlar uchun joni achir emish, zaharni o‘shalarning ko‘z yoshlaridan 
tayyorlagan emish! Biroq buning o‘g‘li Ibrohim Lodi el-ulusga ozmuncha zulm 
o‘tkazganmi? Ozmuncha odamni yetimu yesir qilganmi? Ibrohim sababchi bo‘lgan ichki 
urushlarda har yili qancha odam halok bo‘lgan edi, janob Koroniy? Siz bilsangiz kerak? 
— Hazratim, menda hisoboti bor: so‘nggi uch yil davomida sulton Ibrohim boshlagan 
ichki urushlarda bizdan yuz yigirma ming odam halok bo‘lmishdir. 
— Uch yilda bir yuzu yigirma ming! — xitob qildi Bobur. — Ibrohim Lodi esa o‘n yildan 
ortiq taxtda o‘ltirgan! Hindistonda odam ko‘p. Yuz mingi ichki urushda halok bo‘lsa, 
Ibrohim yana yuz mingini pulga yollagan. Agar Ibrohimning onasi bo‘lmish bu xonim 
o‘lgan navkarlargayu ularning yetim-esirlariga astoydil jon kuydirsa, nechun yuz minglab 
odamlarning behuda o‘lib ketishlariga yo‘l qo‘ygan? Nechun o‘g‘lini bunday nojo‘ya 
qirg‘inlardan qaytarmagan?! 
Men faqat ona edim, podshoh o‘g‘limga amr-farmon berolmas edim! — deb malika 
Bayda endi o‘zini himoya qila boshladi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish