Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
251
— Hindolning she’rga unchalik ishi yo‘q, — deb izoh berdi Mohim begim. — Bunga o‘yin 
bo‘lsa, yoydan o‘q otsa, ot chopsa bas. Kitobga xushi yo‘q. 
— Balki yoshi kichik bo‘lgani uchundur? 
— Gulbadan bundan uch yosh kichik. Ammo savodi Hindoldan yaxshi. Hozir ko‘rursiz... 
Qizcha kitobga shunchalik o‘chki, taajjubdan yoqamni ushlaymen. 
Bobur o‘ychan tovush bilan: 
— Nahot Hindol o‘sha tog‘alariga tortsa? — dedi. 
Boburning bu so‘zlarida qanchalik murakkab ma’no borligini faqat Mohim begim 
tushunardi. Chunki Hindol Mohim begimdan emas Boburning kichik xotini Dildor 
og‘achadan tug‘ilgan edi. Shariat beradigan ruxsat bo‘yicha Bobur ham uch xotinlik 
bo‘lib olgan, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan bu berahm odat Mohim begimni 
qanchalik ezmasin, alamini ichiga yutib chidab kelar edi. Boburning ikkinchi xotini Gulruh 
begimdan Mirzo Komron va Mirzo Askariy otliq ikki o‘g‘il tug‘ildi. Bular Humoyundan 
keyingi taxt vorislari edilar. Gulruh begim shu sababli Mohim begimga kundoshlarcha 
sovuq muomala qilar edi. Uch xotin Kobulning uch chekkasida har biri alohida ko‘shkda 
tursa ham bir-birlarining ahvollaridan xabardor edilar. Dildor og‘acha besh yilda ikki qiz 
tug‘di. Mohim begim esa uch marta farzand dog‘ini boshdan kechirdi. Uning 
Humoyundan keyin tuqqan ikki o‘g‘il, bir qizi birin-ketin o‘lib ketdi. Keyin umuman 
bo‘yida bo‘lmay qoldi. Buning hammasidan Mohim begim juda qattiq kuyib yurganini 
sezgan Bobur unga qanday tasalli berishni bilmas edi. Bir kuni mana shu ayvonda 
o‘tirganlarida Mohim begimning o‘zi: «Dildor og‘acha yana homilador emishlar, — deb 
qoldi.— Men kuyib ado bo‘ldim. Endi Dildor og‘acha shu gal o‘g‘il tug‘sa ham, qiz tug‘sa 
ham, agar menga bersangiz o‘z farzandimdek tarbiyalab o‘stirar edim». 
Dildor og‘acha o‘z farzandini kundoshiga ishonib topshirishini tasavvur qilib bo‘lmas edi. 
Lekin Mohim begim Humoyunni qanchalik yaxshi tarbiyalaganini hamma bilar, uning 
yana farzand o‘stirish ishtiyoqi zo‘rligini Bobur ham sezar edi. 
Dildor og‘acha Kobulning Bog‘i Yo‘ng‘ichqasida mana shu Hindolni tuqqanida Boburning 
maxsus farmoni bilan uch kunlik chaqaloqni arkda turadigan Mohim begimning 
tarbiyasiga keltirib berdilar. 
Bu bolani to‘qqiz oy qalbi tagida ko‘tarib yurgan Dildor og‘acha: «O‘g‘limdan tiriklay judo 
bo‘ldim», deb ancha vaqt yig‘lab-siqtab yurdi. Bobur unga: 
«Azaldan udum shundoq, — deb vaj ko‘rsatdi. Podshoh oilasida o‘g‘illarni katta xotin 
tarbiyat etmog‘i kerak. Mohim Humoyunni qandoq voyaga yetkazdi, ko‘rdingmi? Hozir 
Badaxshonda eng obro‘lik hokim! Xudo xohlasa, Mohim Hindolni ham shundoq voyaga 
yetkizgusidir!» 
Mohim begim Hindolni o‘z farzandidan ham ziyoda tarbiya qilayotgani Boburga ma’lum 
edi-yu, lekin bolaning tog‘a avlodlari johil va ma’rifatsiz odamlar edi. Dildor og‘acha 
Hisor va Samarqandda ko‘p yomon ishlar qilgan Sulton Mahmud mirzoning avlodlaridan 
edi. Shayboniyxon tomonidan o‘ldirilgan Sulton Ali mirzoga ham xeshligi bor edi. Bobur 
Samarqandda so‘nggi gal g‘alaba bilan borganda va qizilboshlar bilan may ichib yurgan 
kunlarida Dildor og‘achaning husnini, xususan, dutor chalib ashula aytgandagi shirin 
ovozini yoqtirib qolib, kayf ustida uni haramiga olgan edi. Buning hammasidan xabardor 
bo‘lgan Mohim begim Boburning «Hindol ma’rifatsiz tog‘alariga tortmasin, tag‘in!» degan 
hadigini tarqatishga intildi: 
— Hazratim, Humoyunning ko‘p fazilatlari Hindolda ham bor. Qalbi to‘la mehr. 
Ishonamenki, Hindol ham sizga tortgay. Egachingiz Xonzoda begimdan eshitganmen. Siz 
ham mana shu yoshda «urush-urush» o‘ynashni behad yaxshi ko‘rar ekansiz. 
Bobur yana Hindolga yuzlandi: 
— Men senga kitoblar sovg‘a qilsam o‘qurmisen? 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish