Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
181
________________ 
* G‘ i z o l — kiyikning Xurosonda ko‘p uchraydigan bir turi. 
* O ch a r — zira va sirka qo‘shib tayyorlangan go‘shtli taom.
 
* * * 
 
Oq marmardan qurilgan uch qavatli ulkan qasrda o‘nlab oltin qandillar yonmoqda edi. 
Bobur, Qosimbek, Zunnunbek va ularni boshlab borayotgan Burunduqbek zinalarga 
to‘shalgan mayin guldor poyandozlardan tovushsiz qadam tashlab, uchinchi qavatga 
ko‘tarildilar. Qasrning devorlariga Shohruh mirzo o‘zining san’atkor o‘g‘li Boysunqur 
mirzo uchun ishlatgan go‘zal rasmlar hali ohori to‘kilmay yap-yangi turar edi. 
Xadicha begim Boburni qasrning muhtasham qabulxonasida kutib oldi va olti oyog‘i ham 
quyma oltindan ishlangan, ustiga yaxlit sadaf qoplangan miz yoniga o‘tqazdi. 
Salobatli, xushqomat begimning orqarog‘ida — qabulxonaning eng ko‘zga ko‘rinarli 
joyida bir tup atirgul yarqirab turibdi: poyalari oltindan, barglari zumraddan, to‘q qizil 
gullari yoqutdan. Gul shoxiga qo‘nib turgan kichkina oltin bulbulning tumshuqchasida — 
don o‘rnida sof gavhar jilolanib turibdi. Qabulxonaning eshik va derazalariga osilgan 
shohi darpardalarga ham durlar, la’llar va boshqa qimmatbaho toshlar qadalgan edi. 
Faqat Xadicha begimning o‘zi qoramtir kumushrang parchadan bezaksiz kabo kiygan, 
uning boshidagi ko‘kish toqida ko‘zga uncha tashlanmaydigan siyrak marvarid donalari 
ko‘rinar edi. Aqlni  shoshiradigan bunday javohirot orasida go‘zal qiz-juvonlar 
qurshovida o‘tirgan ellik yoshli ulug‘sifat malika Boburni ham, Qosimbekni ham ancha 
dovdiratib qo‘ydi. 
Bobur ko‘ngliga tugib kelgan murakkab gaplarini begimning musohabalari va kelinlari 
oldida qanday aytishni bilmay bezovtalandi. Xadicha begim buni sezib osoyishta 
kulimsiradi: 
— Amirzodam, siz bizga qarindoshsiz. Shuning uchun mening kelinlarim, musohabalarim 
sizni ham o‘z mirzolaridek e’zozlab suhbatingizga ishtirok etmoqchilar. Tortinmay erkin 
o‘ltiring. 
— Mutashakkirmen! 
Yuzlarida yupqa oq pardalari bor qiz-juvonlarning yuz-ko‘zlari sham yorug‘ida uncha 
aniq ko‘rinmas edi. Ammo xina qo‘yilgan nafis qo‘llar, ipak kiyimlar og‘ushidagi ingichka 
bellar va baland ko‘kraklar ko‘pchilik ayollarning yosh juvonlar ekanidan dalolat berardi. 
Muzaffar mirzoning eng ko‘hlik xotinlaridan Qorako‘zbegim degani qaynonasining 
qulog‘iga labini yaqinlashtirib, yengil bir kulgi bilan allanarsa  dedi.  Xadicha  begim  
ham sho‘x kulib bosh irg‘adi-yu, Boburga yuzlandi: 
— Amirzodam, Hirotning asilzoda qizlari sizga maroq bilan ko‘z tikar emishlar. Shunday 
bahodir shoh, shunday ko‘hlik yigit, shunday iste’dodli shoir haramsiz bo‘ydoq yashar 
emishsiz. Rostmi? 
Bobur qip-qizarib yerga qaradi-yu, bu to‘g‘rida gap ochilganidan ozorlanib: 
— Hazrat begim, rost, — dedi. — Taqdiru nasibim shundoq bo‘ldi. 
— Taqdiringiz endi tag‘ayyur topsin, amirzodam. Hirotda qolib, Muzaffar mirzoga ini 
bo‘ling. Siz ham temuriyzodalardansiz. Hirotdan sizga munosib go‘zalu oqila qizlar 
topaylik, to‘y-tomosha bilan uylaning. 
Muzaffar mirzoga ini bo‘lish — uning tarafdoriga aylanish degan so‘z edi. Bir vaqtlar 
nevarasi Mo‘min mirzoning o‘ldirilishiga sabab bo‘lgan Xadicha begim, ehtimol, kelajakda 
Badiuzzamon mirzoni ham yo‘q qilish va o‘g‘lini yakka podshohga aylantirish 
maqsadidadir. Bobur uning o‘g‘liga ini bo‘lsa, albatta, begimning bu maqsadini amalga 
oshirishga ishtirok etishi kerak. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish