M. M. Mirsaidov, P. J. Matkarimov, A. M. Godovannikov materiallar


STATIK  NOANIQ  STERJENLI  SISTEMALAR HISOBI



Download 6,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/137
Sana01.01.2022
Hajmi6,61 Mb.
#298423
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   137
Bog'liq
LelGhBqGBkq97jVvI5sUP5zWTzi6RQDkxbJxcXal

 

STATIK  NOANIQ  STERJENLI  SISTEMALAR HISOBI

 

 

1- §. Umumiy tushunchalar 



 

Agar sistemaning barcha ko‘ndalang kesimlaridagi ichki kuchlarni 

faqat statika tenglamalaridan foydalanib aniqlab bo‘lmasa, bunday 

sistemalar statik noaniq sistema deyiladi. Ushbu holat  sistema 

tayanchlaridagi reaksiya kuchlari soni statika tenglamalaridan ortiq 

bo‘lsa yoki sistemada yopiq kontur mavjud bo‘lsa yoki yuqoridagi ikki 

hol birga kelsa sodir bo‘ladi. Sistema birinchi holda shartli ravishda 

tashqi tomondan statik noaniq, ikkinchi holda ichki tomondan statik 

noaniq, uchinchi holda aralash noaniq sistema deb ataladi. Statik 

noaniqligi turidan qat’iy nazar barcha statik noaniq sistemalar «ishlashi» 

xuddi shunday statik aniq sistemalarga nisbatan bir qator o‘zgacha 

xususiyatlarga ega bo‘ladi. 

Ushbu xususiyatlar quyidagilar: 

1. Bu sistemalarda kuchlar taqsimoti faqat tashqi yuklanishga 

emas, balki konstruksiya alohida elementlari bikrligiga ham bog‘liq 

bo‘ladi. 

2. Statik noaniq sistemalar ko‘ndalang kesimlarida harorat 

o‘zgarishi bilan harorat kuchlanishlari deb ataluvchi kuchlanishlar hosil  

bo‘ladi. 

3. Statik noaniq sistemalar ko‘ndalang kesimlarida tayanchlar 

ko‘chishida (cho‘kishida) – qoldiq kuchlanishlari hosil  bo‘ladi. 

4. Alohida qismlardan iborat sistema yig‘ilganda, qismlarni 

tayyorlash vaqtidagi noaniqliklar, geometrik o‘lchamlaridagi qusurlar 

tufayli montaj kuchlanishlari hosil  bo‘ladi. 

Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlar statik noaniq sistemalar 

faoliyatining xuddi shunday statik aniq sistemalarga nisbatan kamchiligi 

hisoblanadi. 

Statik noaniq sistemalarning qulayligi shundan iboratki, ularni 

qo‘llash natijasida salmoqli iqtisodga erishiladi, chunki ko‘ndalang 

kesim o‘lchamlari kichik, bu esa xususiy og‘irlik kichikligiga olib 




 

239


keladi. Bu hol sistema alohida elementlari o‘rtasidagi kuchlanishlari 

tashqi yuk ta’siridan tekis taqsimlanishi bilan bog‘liq. Statik noaniq 

sistemalar hisobi statik aniq sistemalarga nisbatan ichki kuchlar 

epyuralarini qurishda farq qiladi. Keyingi hisoblashlar – ko‘ndalang 

kesim o‘lchamlarini aniqlash, mustahkamlikka tekshirish, 

deformatsiyalarni aniqlash va boshqalar asosan mos tushadi. Statik 

noaniq sistemalarni ichki kuchlar epyuralarini qurish imkoniyati bir 

necha usullarda (hisoblash usullari) olib boriladi va statik noaniqlikni 

yo‘qotish deb ataladi. 

Statik noaniq sistemalar hisobining asosiy usuli u yoki bu ma’noda 

barcha usullarga asos yaratuvchi kuch usulidir.  


Download 6,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish