SIQILGAN STERJENLAR USTUVORLIGI
1- §. Kritik kuch va kritik kuchlanish haqida tushuncha
Siqilgan sterjen ustuvorligi tushunchasini
P
yuk ta’siridagi qistirib
mahkamlangan egiluvchi sterjen misolida ko‘ramiz (12.1-rasm). Agar
P
kuch uncha katta bo‘lmasa sterjen qisqa muddatli gorizontal yuk
ta’sirida egiladi va yuk olingach o‘z o‘qi atrofida tebranma harakat qilib,
o‘zining boshlang‘ich holatiga qaytadi (12.1-rasm).
12.1-rasm. Erkin uchiga P kuch qo‘yilgan qistirib mahkamlangan
sterjen:
a) ustuvor holat; b) noustuvor holat.
Yuk kattaligi oshirilganda sterjen qisqa muddatli yukdan keyin
o‘zining boshlang‘ich holatini saqlay olmay, egilgan holda qolishi yuz
beradi. U ikkinchi marta muvozanat holatidan chiqarilganda yukni
olingach, o‘zining yangi egilgan o‘qi atrofida tebranadi (12.1b-rasm).
Sistemaning sterjen va yukdan iborat birinchi holati ustuvor,
ikkinchi holati ustuvor bo‘lmagan holat deyiladi. Sterjen geometrik
parametrlari o‘zgarmas bo‘lganda sistemaning ustuvor holatdan ustuvor
bo‘lmagan holatga o‘tishi siquvchi kuch
P
kattaligiga bog‘liq.
Sterjenni ustuvor holatdan ustuvor bo‘lmagan holatga o‘tkazuvchi
siquvchi kuchga
Do'stlaringiz bilan baham: |