56
Issiq holda deformatsiyalash paytida va undan keyin hosil bo‟lgan
strukturaviy va substrukturaviy o‟zgarishalr mustaqil kechadigan, lekin bir-biriga
ta‟sir qiladigan qaytish, poligonlanish va rekristallanish jarayonlar majmuidan
iborat. Yiqori temperaturali MTIB dinamik poligonlangan strukturani martensitga
toblash va keying past temperaturali bo‟shatishdan iborat. Issiq holda
deformatsiyalangan austenitning perlit yoku beynit sohalarda parchalaadi.
Parchalanish o‟zgarmas temperaturada kechsa yuqori temperaturali izotermik
termomexanikaviy ishlov berish (YuTITMIB) vujudga keladi. Austenitning issiq
holda deformatsiyasini termomexanikaviy ishlov berish uchun foydalanish
mumkin. Bu holda plastik deformatsiya natijasida shakllangan austenit sovitish
jarayonida martensitga o‟tadi, keyin yuqori temperaturali ohirgi ishlov berishda
yakuniy shrukturaga o‟tadi.
Deformatsiyani austenitni metastabil holatiga to‟g‟ri keladigan
temperaturaviy sohada o‟tkazish past temperaturali TMIB ning mazmunidir. Agar
parchalanish izotermik sharoitda kechsa va perlit va beynit strukturalari hosil
bo‟lsa, yuarayon past temperaturali izotermik termomexanikaviy ishlov berish deb
nomlanadi. Yuqori temperaturali termomexanikaviy ishlov berishdan oldin yoki
keyin o‟tkaziladigan issiq yoki sovuq holdagi plastik deformatsiya dastlabki
termomexanikaviy ishlov berish deb nomlanadi.
TMIB ning har xil turlari ma‟lum ketma-ketlikda ba bir necha marta
ishlatilishi mumkin. Deformatsiyaning birinchi bosqichi austenit stabil bo‟lgan
sohada o‟tkaziladi, plastik xossalarni oshishiga olib keladigan austenitning
dislokatsion strukturasini yaratishga imkon beradi. Ikkinchi bosqich rekristallanish
temperaturadan past bo‟lgan temperaturalarda o‟tkaziladi, bu mustahkamlik
xossalarini oshiradi.
Yuzaga maxsus xususiyatlarni berish maqsadida o‟tkaziladigan TMIB
butun hajmga ta‟sir qiladigan ishlov berishdan umuman aytganda farq qilmaydi,
lekin o‟ziga xos kimyoviy-termik va diffusion operatsiyalardan iborat bo‟ladi.
Bunday ishlov berish mexano-kimyoviy-termik ishlov berish (MKTIB) deb ataladi.
Termo-mexanikaviy ishlov berishning barchasini oddoy jatayonlarga
ajratish mumkin, ularga quyidagilar kiradi:
-
sovuq holda
plastik deformatsiya;
-
issiq holda plastik deformatsiya;
-
nostatsionar
jarayonlar;
-
metastabil holatlar.
Sovuq holda plastik deformatsiya qizdirishdan oldin yoki TMIB ning
asosiy operatsiyalardan keyin qo‟llaniladi. U dislokatsiyalarning yuqori zichligini
va kristall tuzilishning boshqa nuqsonlarni hosil qilish uchun mo‟ljallangan,
buning asosida keyinchalik dislokatsion submikrostruktura hosil bo‟ladi.
Austenitni va boshqa yuqori temperaturali fazalarni issiq holda plastik
deformatsiyasi ham ko‟p strukturaviy nuqsonlar hosil bo‟lishi bilan kechadi, ammo
material bu holda yuqori plastiklik va diffusion faollik holatida bo‟ladi. Bevosita
issiq holda plastik deformatsiya davomida ikkita qarama-qarshi kinetik jarayonlar
kechadi: puxtalanish va bo‟shatilish jarayonlari, bularning tezliklari ko‟p omillarga
57
bog‟liq: temperatura, deformatsiya darajasi va tezligi, tuzilma nuqsonlarinin
energiyasi, dastlabku strukturaviy holat, fazalar takibi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: