Telefon orqali so„rov
ma`lumot yig‟ishning eng oson va qulay usulidir. Bu usulda
tadqiqotchi respondentdan qisqa vaqt ichida, kam xarajat qilib katta miqdorda ma`lumot olishi
mumkin. Telefon vositasida interv‟yu- so„raluvchi (respondent) bilan telefondagi qisqa suhbatni
o„z ichiga oladi. Odatda u telefon aloqasi yaxshi uyushtirilgan holatdagina qo„llaniladi. Lekin,
so„raluvchi bilan atroflicha suhbatlashish, uning fikrini mukammalroq bilish doirasi bir muncha
cheklangan bo„ladi.
Bu usulning kamchiliklari: birinchidan, bunday so„rovni faqat telefoni bor kishilar bilan
o„tkazish mumkin; ikkinchidan, so„rovda qatnashish istagini har kim ham beravermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |