Guruh ishtirokidagi interv‟yu
esa bir necha (odatda 4-12 kishidan iborat guruh) shaxslar
ishtirokida, ular fikrini aniqlash, umumlashtirish, bir qarorga kelishni ta`minlash maqsadida
uyushtiriladi. Guruh ishtirokidagi interv‟yu olib boruvchi muloqotga usta, notiq va fikrlarni
mantiqan umumlashtirishda yuksak qobiliyat sohibi bo„lishi nazarda tutiladi. Bunday suhbat
videolentaga yozilishi va keyinchalik to„g‟ridan- to„g‟ri rahbariyatga topshirilishi mumkin. Bunda
so„ralayotgan ob`ektning o„zi, o„z fikrlarining asoslashlari yaqqol ko„rinib turadi. Masalan, yangi
avtomobilning ichki jihozlari, uning qulay dizaynda yasalishi bo„yicha so„rovda ko„p yillik
haydovchilar bilan guruhli interv‟yu o„tkazish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |