Koreya tarixi


Q ad im g i  C h o so n n in g



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/38
Sana01.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#293885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Valeriy Xan. Koreya tarixi (1)

Q ad im g i  C h o so n n in g  
H ar  ikki  Koreyada  keng  tarqalgan
tashkil  top ish i 
afsonaga  k ra,  Q adim gi  Choson
davlatining  asoschisi  osm on  kishi- 
si  ajdodi  Tangun  hisoblangan.  Rivoyatga  ko'ra,  osm on  hukm do- 
ri  Xvaninning  katta  o 'g 'li  Xvanunosm on  odam larni  boshqarish 
m aqsadida  ko'p  m arotaba  yuqoridan  yerga  qaragan.  Bu  xabarni 
eshitgan Xvanun o'g'Iin i uch  m ing yordam chi (ruhlar) m ulozim lar 
ko'm agida  uch  m uhri  bilan  yerga  yuborgan  Xvanun  uch  boshli 
Txeboksan tog'in in g eng yuqori  cho'qqisida  ruhlar uchun  qurbon- 
lik qilinadigan daraxt oldiga tushgan. U keyinchalik bu yerda "ruh- 
lar ibodatxonasi" yoki "m u q ad d as sh ah ar"ga asos solgan.  Yomg'ir, 
sham ol  va  bulut  ruhlar  yordam ida  Xvanun  360  ish  (360  kundagi 
har  bir  yum ush)ni  va  odam larni  boshqargan  U  insonlarga  turli 
bilim   va  ko'nikm alar:  turli giyohlarning yerdan unib chiqish  m ud- 
dati;  bem orlarni  davolash;  yaxshilikni  yom onlikdan  ajratish;  jazo 
turlarini o'rgatgan.
Kunlardan birida Xvanun oldiga ayiq va yo'Ibars kelib, o'zlarini 
insonga  aylantirishni  so'ragan.  Xvanun  ularga  g'orda  yuz  kun 
sehrli  shuvoq  va  sarim soq  piyozni  yeyishni  va  quyoshdan  yashi- 
ringan  holda  yashashni  shart  qilib  qo'ygan.  Bu  shartni  bajarish-
www.ziyouz.com kutubxonasi


JlB o b .  Q A D JM G J  ChO SO N
15
da  yoMbarsga  sabr  va  m atonat  yetishm agan  U  m a’lum   m uddat 
o'tgach g'ordan chiqqan. Ayiq esa shartni bajarib,  21  kundan keyin 
go'zal  bir  qizga  aylangan.  U  o 'zin i  yolg'iz  his  qilgan.  Shu  bois  har 
kuni  qurbonlik  qilinadigan  daraxt  oldiga  kelib,  unga  farzand  ato 
qilishini  so'rab  iltijo qilgan.  U ning  iltijolarini  eshitgan  Xvanun  in- 
son  qiyofasiga  kirib,  unga  uylangan.  N atijada  ularning nikohidan 
Tangun  dunyoga  kelgan.  Tangun  eram izgacha  boTgan  2333  yilda 
Koreya  yarim  orolida  Choson  ("Tong  u fori") degan  davlatni tuzib, 
uni  1500 yil boshqargan h a m d a  1908 yoshga kirganda  hukm dorlik 
ram zini  topshirib,  tog'  ruhiga aylangan  ekan.
Koreys  davlatining  asoschisi  Tangun  haqidagi  rivoyat  koreys 
m illiy  shuurining  m uhim   qism i  hisoblanadi.  Garchi,  C hosonning 
paydo  boTish  davri  juda  qadim iylashtirilganiga  qaramay,  yu- 
qoridagi  rivoyat  ushbu  m azm unda  dastlab  XIII  asr  ikkinchi  yar- 
mida  buddaviy  rohib  Iryon  tom onidan  yozilgan  "Sam gu k  yu sa" 
("U n utilgan   uch  davlatning  ishlari",  1285  y.)  nom li  m anbada  uch- 
raydi.  Keyingi  ikki  asr  davom ida  Tangun  haqidagi  afsona  b a'zi 
o'zgarishlar  bilan boshqa  tarixiy m anbalarda ham  zikr  qilingan.
M aTum ki,  turli  afsona  va  rivoyatlar,  ayniqsa,  tarixiy  rivoyatlar 
afsonaviy  voqealarga  asoslangan  boTib,  tarixiylikdan  biroz  yiroq 
boTadi.  Xususan,  Tangun  haqidagi  afsona  ham  qandaydir  xayo- 
liy  jam iyatning  o'ziga  xos  variantidir.  Unda  Koreya  yarim  oroli 
aholisining  ilk  tem ir  davridagi  dunyoqarashi  xalqona  epos  tarzi- 
da  tasvirlangan.  Lekin  shunga  qaram ay  m azkur  rivoyatlarda  ko- 
reyslar tarixiga oid ayrim  qiziqarli m aTum otlar uchrashi bilan ham  
aham iyatlidir.  U m um an  olganda,  yuqorida  keltirilgan  afsonaning 
aham iyati  quyidagilarda  birm uncha  yorqin  nam oyon boTadi.
Birinchidan,  aynan  m azkur  afsona  orqali  koreys  etnosining 
shakllanishi  qadim gi  qabilalam in g  qaysi  totem  ajdod  (bo'ri  va 
yo'lbars)ga  e'tiqod  qilganligi  haqidagi  m aTum otga ega boTam iz.
Ikkinchidan, ayiq haqidagi syujet barqaror boTib, unda yoTbars 
haqidagi  m aTum ot  uchram asligi,  m azkur  hayvonlar  totem   aj- 
dod  boTgan  ikki  qadim gi  qabila  yoki  qabila  uyushm asi  orasidagi 
o'zaro kurashda  ayiq qabilasi  g'olib  boTganligidan  dalolat beradi. 
M aTum ki,  koguryo  va  yem ek  kabi  qadim gi  koreys  qabilalarining 
totem  ajdodi ayiq boTgan boTsa, sharqiy qavm lar  -  yoTbarsni  totem 
hisoblaganlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


16
IIB o b   Q A D IM C I  C hO SO N
U chinchidan,  Xvanunning  uch  m ing  yordam chisi  bilan  Txe- 
boksan  tog'idan  tushishi  haqidagi  m a'lum otlarda  qadim gi  koreys 
qavm larining Koreya  yarim oroliga  kirib  kelishi aks etgan.
To'rtinchidan,  Txeboksan  tog'ining  eng  yuqori  cho'qqisida 
joylashgan  m uqaddas  daraxt oldidagi  ruhlar  m askani  -   bu  qavm - 
lar  e'tiqodida  totem izm   bilan  birga  tog'  va  o'sim lik  kulti  ham 
bo'lganidan  dalolat beradi.
Beshinchidan,  ikki  biologik  oppozitsiya  -   erkak  va  ayol 
o'rtasidagi  nikoh  esa  u lam in g  hayot  tarzida  dunyoni  yaratuvchi 
binar  oppozitsiya  (serpushtlik  kulti)  m uhim   rol  o'ynaganligini 
ko'rish  m um kin.  M a'lum ki,  Xitoy  m ifologiyasida  osm on  va  yer- 
ning  qo'shilishi  yan  va  in  oT tasidagi  m unosabatlar  yuqori  nuqta 
boTgan  boTib,  bu  holat  koreyslar  dunyoqarashiga  ham  seziladi 
ta'sir qilgan.  Aynan  ikki  xalq  orasidagi  o'zarn  aloqalar  Koreya  hu- 
dudida  sodir  boTganligi  borasidagi  m aTum otdan  koreyslarning 
dunyoqarashida  etnik  jihatdan  birlashuv  boshlanganligini  kuza- 
tish  m um kin.
O ltinchidan,  yomgTT,  sham ol  va  bulutlarni  boshqarish  ham da 
Tangun  tom onidan  odam larning  boshoqli   sim liklar  o'stirishi 
m intaqada  dehqonchilik  m adaniyati  taraqqiy etganligidan  dalolat 
beradi.  Bundan  tashqari,  bunda  quyosh  kulti  (Tangunning  bobosi 
Xvanin  osm on  va  quyosh  ilohi  b lgan)  bilan  bogTiqligini  koTish 
m um kin. Q uyosh (erkak) urug'in in g yer  (ayol) bilan qo'shilishi  in- 
soniyatning davom iyltgi  -  serpushtlikning  paydo boTishiga  sabab 
boTgan.
Vettinchidan,  Tangunning  360  ishi  (yildagi  360  kundagi  ish) 
Koreya  yarim   orolida  astronom ik  yil  hisobi  m avjudligidan  dalolat 
beradi.
Sakkizinchidan, ezgulik, yaxshilikbilan birga yom onlik va aynan 
yom onlikka  nisbatan  jazo  choralari  koTilishidan  axloqiy  me'yor, 
huquqiy qoidalar va ibtidoiy jam oa  tuzum ining inqirozi,  davlatchi- 
lik ham da  sinfiy jam iyatning paydo boTishini  kuzatish m um kin.
M odom iki,  Tangun  haqidagi  afsona  yozm a  m anbalar  dastlab 
XIII  asrda  uchrashini  inobatga  olsak,  unda  qadim gi  naqllar  em as, 
balki  keyingi  tarixiy davrlarga  oid  qatlam lar  ustuvor  ekanligining 
guvohi  boTam iz.  Q olaversa,  "Sam gu k  y u sa"  yilnom a  buddaviy 
rohiblar  (Koreyada  tarixiy  yo'nalishda  buddaviylik  va  konfutsiy-
www.ziyouz.com kutubxonasi


H B o b   Q A D IM G I  ChO SO N
17
lik yilnnm alari  farqlanadi)  tom onidan yozilganligini inobatga  olib, 
b a'zi olim lar rivoyatda buddaviylik m otivlari  (hayot daraxti,  Indra 
xudosi,  m uqaddas  daraxtning  m isoli  sandal  daraxti  tarzida  talqin 
qilinishi) ustuvor ekanligi borasida  fikr bildiradilar.
O lim lar orasida  "Tangun tarixiy shaxsm i?"  degan savolga um u- 
miy javob  yo'q.  C hunonchi, bu bnrada  ba'zi  m utaxassislar Tangun 
bir  kishining  ismi  em as,  balki  Chosort  qabila/qabila  ittifoqi  sardor 
(yuqori  kohin)ining um um iy nom i  bo'lib, keyinchalik ushbu  qabi- 
laviy kult koreys etnosiga nisbatan qoTlanilgan,  degan  fikrni ilgari 
suradilar.  Biroq,  shunga qaramay, koreyslar 3 oktyabr (o'ninchi oy- 
ning uchinchi  kuni)ni (rivoyatga ko'ra, Tangun Q adim gi C hosonga 
asos solgan kun)  m illat  paydo boTgan  kun  sifatida  nishonlaydilar. 
Janubiy  Koreyada  "Tangun  erasi"d an   boshlab  rasm iy  m iliy  dav- 
lat yilnom asi yuritiladi.  Shim oliy K oreyada esa m am lakat poytaxti 
Pxenyan  shahridan  uncha  uzoq  boTm agan  yerda  joylashgan  qa- 
dimgi  m aqbarada  olib  borilgan  arxeologik  qazishm alar  jarayoni- 
da  ikkita  odam   tana  suyaklari  topilgan  boTib,  shim oliy  koreyalik 
olim lar  m azkur  jasad lam i  Tangun  va  uning  xotinining  suyaklari 
deb  ta’kidlashadi. Aynan ushbu toTiq boTm agan jasadlarning bosh 
chanog'i  orqa  qism ini  elektron  rezonans  m etodi  orqali  tekshirish 
natijasida unga 5011 +267 yosh bergan. Shu bois shim oliy koreyalik- 
lar 1990 yili 45 gektarli m aydonda xotira m ajm uasi va  qabr o'rnida 
katta  m aqbara  qurishgan.  Biroq  topilgan  suyaklar xalqaro  eksper- 
tizadan o'tm agan ham da  KXDR  tashqarisida  tan olinm agan.
Q adim gi  C hosonning  paydo  boTishi  borasida  Tangun  haqida- 
gi  rivoyat  bilan  birga,  yana  bir  qadim gi  Xitoy  yilnom asi  m avjud. 
Chunonchi,  "C h o so n " nom i  eram izgacha boTgan VII  asrdayoq Xi- 
toyda  m aTum  boTgan.  Buni  Xitoy  yilnom alaridagi  savdo  aloqala- 
ri  to'g 'risid agi  m aTum otlar  tasdiqlaydi.  "Sam gu k  y u sa"d an   1300 
yil  avva)  eram izgacha  boTgan  1  asrda  Xitoy  tarixchisi  Sim a  Syan 
tom onidan  bitilgan  "Sh i  sz i"  ("Tarixiy  xo tiralar")  nom li  yilnom a- 
da yozilishicha,  C hosonga  asli  xitoylik boTgan  S i-sz i  (koreyscha  -  
Kija)  asos solgan.  S i-Szin in g   asl  ismi  S y u y -y u y   (Si  bu  qaram   vilo- 
yat  nom i,  szi  esa  zodagonlik  darajasi)  boTgan  S i-sz i  haqida  yana 
boshqa  Xitoy m anbaiarida ham   m aTum otlar uchraydi.
Yilnom alarga  ko'ra,  Kidja  katta  am aldtsr va  In  (Siidii)  sulula- 
sining  oxirgi  hukm dorining  am akisi  boT jip n ^ B irp ^ Jtf ; mikfrtdor
www.ziyouz.com kutubxonasi


18
IlR o b   Q A D IM G I  C hO SO N
g'azabiga  uchrab,  qam oqqa  tashlangan.  Hu,  Tn  davlati  va  Chjou 
xonadoni  o'rtasidagi  m unosabatlarning  m urakkablashuvi  davri 
bo'lib ,  bu  ziddiyat  In  sulolasi  barham   topishi  bilan  yakunlangan. 
M azkur  voqedan  so'n g  Kidja  ozod  qilingan.  Lekin  u  yangi  sulola- 
ga  xizm at qilishdan  bosh  tortib,  o'z  yaqinlari  bilan  sharqqa  qarab 
yo'l olgan.  Eram izgacha  b o'lgan   1121  yili  u  C hoson  davlatiga  asos 
solgan  va  bu  davlatni  Chjou  hukm doriga  qaram   viloyat  hisobla- 
gan.  Aynan  Kidja  koreyslarga  turli  m ashg'u!otlar  va  qonunlarni 
o'rgatgan  H ozirda S i-sz i va uning Q adim gi Choson boshqaruviga 
b o‘lgan  m unosabati  um um   qabul  qilingan  b o 'lsa -d a ,  olim lar  ora- 
sida,  "S i-sz i  haqiqatan  ham   Q adim gi  Koreys davlatining asoschisi 
b o ‘lganm i?"  yoki  "U   m avjud  davlatni  Tangundan  so'ng  boshqar- 
gan m i?"  degan  savollarga  javob  topilm agan.  Shunga  qaramay, 
bir  qator  olim larning  fikricha,  Chosonga  S i-sz i  tom onidan  asos 
solingan,  degan  g'oya  asosida  ma  lum  bir  siyosiy  guruh  vakillari- 
ning  Xitoy  va  Q adim gi  C hoson  o'rtasida  shajaraviy  aloqadorlikni 
o 'm atish  borasidagi  qarashlar ilgari surilgan.
Z am onaviy  qarashlarga  ko'ra,  Q adim gi  C hosonning  paydo 
bo'lish   davri  eram izgacha  bo'lgan  VIII-VTl  asrlar  yoki  V -IV   asr- 
larga  to'g'ri  keladi.
Q a d im g i  C h o so n n in g  
Q adim gi Choson K oreya yarim oroli
aso siy  x u su siy a tla ri 
sh im o li-g 'arb id a  va  X itoyning  Lya-
odun va Lyaosi m intaqasida joylash- 
gan.  Ichki  va  tashqi  nizolar  ta'sirida  qadim gi  C hosonning  chega- 
rasi  o'zgarib  turgan.  A fsonaga  ko'ra,  davlat  poytaxti  Vangom son 
(Pxenyan) bo'lgan.  Dastlab,  bu  shahar  Lyaodun  hududida  bo'lgan  
va  poytaxt eram izgacha b o'lg an  IV  asrda  xitoyliklar hujum lari na- 
tijasida k chirilgan.
Biz  "qad im gi  ch oson liklar"  haqida  to'xtalganim izda  shuni  na- 
zarda  tutishim iz  kerakki,  "qad im gi  ch oson liklar"  turli  qabilalar 
birlashm asi  hisoblangan.  C hoson  iqtisodiyotining  asosiy  tarm og'i 
dehqonchilik  bo'lgan.  C horvachilik  esa  qo'shim cha  xo'jalik 
m ashg'uloti  bo'lgan.  K oreyslarda  xitoyliklarga  qaraganda  m etall 
quyish  texnologiyasi  va  tem ir  buyum larni  ishlab  chiqarish,  ayniq- 
sa,  bronzadan  turli  kundalik  ehtiyoj  buyum larini  tayyorlash  ham  
rivojlangan.  Shuningdek,  m ahalliy  aholi  orasida  am aliy  san'at  na-
www.ziyouz.com kutubxonasi


II  Bob.  Q A D IM G I  ChO SO N
19
m unalari,  xususan, q o'l m ehnatiga asoslangan  taqinchoqlar, xanjar 
va  kulolchilik buyum larini tayyorlash  rivojlangan.
Bu  davrda  ijtimoiy  tabaqalashuv ham  kuchaygan.  Aholining ak- 
sariyat qismi  qullardan  iborat bo'lgan b o'lsa-d a,  lekin qulchilik qan- 
day darajada bo'lganligi  masalasi birm uncha bahsli hisoblanadi.
H ukm dorlar  sulolasi  (van)  m eros  tarzida  o'tgan.  D avlat  bosh- 
qaruvi  tizim i  shakllangan.  Xitoy  m anbalarida  tebu,  paksa,  changun 
atam alarining uchrashi koreys davlatidagi vazirlar, m aslahatchilar 
ham da  qo'sh in   sarkardalari  yoki  shunga  o'xshash  boshqaruv  tizi- 
mi  haqida  m a’lum otlar  beradi.  Biroq,  ba'zi  olim lar  m am lakatda 
davlat  am aldorlari  bilan  bog'liq   lavozim lar  bo'lganiga  shubha  bi- 
lan qaraydilar.
Kijada qadim gi Chosonda "Sakkizta taqiqlovchi b and lar" nom li 
kodeksdan  iborat huquqiy  tizim b o'lgan ligi haqida  m a'lu m otlam i 
u chratam iz.  0 ‘z  navbatida  shuni  ham  aytib  o'tish  joizki,  m azkur 
huquqiy hujjatning uchta bandigina bizgacha  yetib  kelgan.  H ujjat- 
ning birinchi  bandida  odam o'ldirgan kishiga o'lim  jazosi berilishi, 
ikkinchisida jism on iy zarar  yetkazgan  odam   don  m ahsulotlari  bi- 
lan xun  to'lashi  to'g 'risid a yozilgan.  U chinchi bandda esa,  o'g 'rilik  
qilgan  kishining  ushbu  xonadon  quiiga  aylantirilishi borasida  fikr 
bildirilgan.  Garchi,  gunohkor  kishi  500  000  von  jarim a  to'lash  or- 
qali  qullikdan  ozod  bo'lgan  b o'lish ig a qaramay,  u  jam iyatdan  ajra- 
tilgan.  C hoson  kodeksida  bayon  qilingan  "X an   sh u "  (Xan  sulolasi 
tarixi)da  ta'kidlanishicha:  "Agar  kim ki  pul  to'lab  qulliqdan  ozod 
bo'lgan  bo'lsa  ham ,  unga  nisbatan  o 'g 'ri  deb  qarash  saqlanib qol- 
gan.  Shu  bois,  u  bilan  hech  kim   oila  qu rm agan ".  Aynan  m azkur 
band  koreys  jam iyatida  sinfiy  tabaqalashuv  va  xususiy  m ulk  ins- 
tituti  bo'lganidan  dalolat  beradi.  M anbada  ta'kidlanishicha,  m az- 
kur  bandning  joriy  etilishi  odam lar  orasida  o'g'rilikn in g  butkul 
yo'qolishiga olib kelgan. Q onunlar m ajm uida oilada er yoki xotinni 
xiyonati  uchun jazolash  to'g'risida  m axsus band  bo'lgan.  Q olaver- 
sa, bu  borada  "X an   sh u "d a  yozilishicha,  "...ayol  o'z  eriga  vafodor 
b o'lg an   va  u  fohishalik qilm agan".
Q adim gi  C hosonda  konxu  (koreys  arfasi)  jo'rligid a  kuylangan 
q  sh iq  bandlari  (Xitoy  yilnom alarida  tasvirlangan) bugungi  kun- 
gacha yetib  kelgan bo'lib,  rivoyatlarga  ko'ra,  bu  qo‘shiqni vafot  et- 
gan qayiqchining bevasi Re O k \ ozgan:  "D aryoga borm a, sevgilim .
www.ziyouz.com kutubxonasi


20
II  Bob  Q A D IM G I  ChO SO N
Sen  sarkash  boMib  ketding  va  daryoga  g'arq  boMding.  M en  endi 
qanday  qilib  yolg'iz yashaym an?".
Q a d im g i  C h o so n  
Sharqiy  C hjoy  zam onida  qadim gi  Cho-
va  X ito y  
son bilan 7 ta X itoy davlati (Si, Sin, Chjao,
Chu,  Vey,  Xan va Yan)  orasida  Yan  pods- 
holigi  (eram izgacha b o'lgan   IV  asr -  222  yil)  chegaradosh  bo'lgan. 
Xitoy podsholari  orasidagi o'zaro kurashlar qadim gi  koreys davla- 
tiga  ham  ta'sir qilgan.
Turli davrlarda Yan  podsholigi bilan sodir boMgan urushlar,  ay- 
niqsa,  ularning  harbiy  m uvaffaqiyati  C hosonning  hududiy  yaxlit- 
ligiga doim iy xavf solib turgan  Bu  oTinda eram izgacha  boMgan IV 
asrning  oxirgi  choragida  Choson  hukm dorining  Yan  podshosiga 
hujum  q ilm asliksh artin i ilgari surib, elchilarini yuborishi  ham o 'z -  
o'zidan bo'lm agan.  Biroq, 283 yilga kelib Sin hukum ati 6  podsholik 
oTtasida  ittifoqning  tuzilishi  va  Si  podsholigining  m ag'lubiyatga 
uchrashi  Yan  podshosining Chosonga  bostirib  kirishi bilan  yakun- 
langan. N atijada, Choson g'arb tom ondan o'zin in g katta yerlaridan 
m ahrum   bo'lgan.  0 ‘z  navbatida,  eram izgacha  bo'lgan   222  yilda 
Yan  podsholigini  Sin  bosib oldi.  Xitoy  hududini  o'z  tasarrufiga  ol- 
gan Sin  hukum ati  C hosonning  boshqa  yerlariga  ham   egalik  qildi. 
Lekin,  Xitoy hududini birlashtirgan birinchi Sin  im peratori Sin Shi 
Xuan  vafotidan  so'ng  eram izgacha  bo'lgan   209  yilda  taxt  uchun 
kechgan  kurashlardan  foydalangan C hoson sobiq Yan  podsholigi- 
ning  sharqiy yerlarini  bosib olgan.
Eram izgacha bo'lgan  III - I I  asrlarda C hosonning g'arbiy tum an- 
lariga  Xitoy  aholisi  (Yan,  Sin  va  Chjaodan)  k o‘chib  o'tgan.  K o'chib 
o‘ tganlar  asosan  qochoqlar  va  oddiy  fuqarolar  boTgan.  Choson- 
ning  hukm dori  boTgan  Van  Chun  g'arbiy  chegaralarni  kengay- 
tirish  orqali  uni  m ustahkam lash  tarafdori  boTgan.  Eram izgacha 
boTgan  195  yili  Yandan  ko'plab  aholi  ko'chib  oTgan.  Ularni  Vey 
M an  (koreyscha  Vi  M an)  boshqarib,  Choson  hukum atiga  o'zining 
xizm atini  taklif  qilgan.  Van  Chun  uni  sarkarda  etib  tayinlagan  va 
unga Xitoydan koT hib  kelgan qochoqlar yashagan g'arbiy yerlarni 
boshqarishni taklif etgan. Eram izgacha boTgan 194 yili Vi M anning 
ku ch-qu drati  oshib,  Van  Chunga  qarshi  q o'zg‘olon  koTargan  va 
uni  hokim iyatdan  ag'darib  tashlagan. Aynan shu  davrdan  boshlab
www.ziyouz.com kutubxonasi


II  Bob  Q A D IM G I  ChO SO N
21
Vi  M an yangi  sulolaga  asos solgan.  K eyinchalik uning davom chisi 
0
'g 'illari  va  nabiralari  bo'lgan.  Vi  M an  okcho,  chinbon,  imdun  kabi 
koreys  qabilalarini  o'ziga bo'ysundirgan.
B a'zi  vaqtlarda  Choson  va  Xan  sulolasi  orasida  vassallik  aso- 
sida  tinchlik  o'm atilgan .  Biroq,  Xitoyni  bunday  vaziyat  qoniqtir- 
m agan.  X itoyning  asosiy  m aqsadi  Choson  hududini  bosib  olish 
bo'lgan. Bu m aqsadga qaratilgan separTatistik harakatlarni q o 'lla b - 
quvvatlagan  Chunonchi,  eram izgacha  b o'lg an   128  yilda  Xan  im- 
peratori  hom iyligida  m ahalliy  h ukm dorlardan  biri  C hosondan 
ajralib chiqib,  alohida xanlar tasarrufidagi  viloyatni  tashkil  qilgan. 
Vaqt  o'tgan  sari  Choson  va  Xitoy  o'rtasidagi  o'zaro  m unosabatlar 
yom onlashib  borgan.  Eram izgacha  b o‘lgan  109  yili  Xitoy  impe 
ratori  Udi  C hosonga  qarshi  50  m inglik  o 'z  qo'shinini  yuborgan. 
Biroq  u  jangda  yengilgan.  Eram izgacha  bo'lgan  108  yili  Xitoy  o'z 
harbiy yurishlarini boshlab,  Vongom sonni qam al  qilgan.  Q am alda 
qolganlar  orasida  betartiblik  boshlangan  va  ayrim   Choson  zoda- 
gonlari  xanlar  tom oniga   tgan;  m am lakat  hukm dori  Van  Ugo  (Vi 
M an  nabirasi)  o'ldirilgan  va  Q adim gi  Choson  poytaxtida  yong'in 
boshlangan
X anlar bosib  olgan hududda 4  ta harbiy  viloyat:  Lolan  (koreys- 
cha  Annan),  fiyuantu  (koreyscha  X yontxo),  Lintun  (koreyscha  Im 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish