12-rasm
3. Ikkinchi chorakda joylashgan nuqtaning chizmasi
Fazoda berilgan B nuqtaning (13-rasm) proyeksiyalarini yasash uchun bu nuqtadan H va
V tekisliklarga perpendikulyarlar o'tkazamiz, bu perpendikulyarlarning proyeksiyalar tekisliklari
bilan kesishgan B' va B" asoslari B nuqtaning gorizontal va frontal proyeksiyalari bo'ladi. B
nuqtaning chizmasini tuzish uchun H tekislikni 13-rasmda ko'rsatilganidek V tekislikka
jipslashtiramiz. B nuqtaning B" frontal proyeksiyasining vaziyati o'zgarmay qoladi. Uning B'
gorizontal proyeksiyasi esa H tekislik bilan V tekislikka jipslashadi va O
x
o'qiga perpendikulyar
bo'lgan, chiziqda bo'ladi (13-rasm).
Demak,
II chorakda joylashgan har qanday nuqtaning gorizontal va frontal
proyeksiyalari O
x
o'qiga perpendikulyar bo'lgan bir bog'lovchi chiziqda va O
x
o'qining
yuqorisida joylashadi.
3
Do'stlaringiz bilan baham: |