GOST 2.304-81 da shriftlarning qo‘yidagi o‘lchamlari belgilangan: 1,8; 2,5; 3,5; 5; 7;
10; 14; 20; 28; 40.
SHriftlarning o‘lchami bosh harflarning millimetr hisobidagi balandligi h bilan
aniqlanadi.
GOST 2.304-81 ga muvofiq shriftlar A va B turlarga bo‘lingan bo‘lib, ulardagi harf va
raqamlar qatorlar asosi chizig‘iga qiyalatib va qiyalatmay yoziladi. SHriftning A turida harf
va raqam chizmalarning yug‘onligi d ularning balandligi h ning 1G’14 qismiga, B turida esa
1G’10 qismiga teng qilib olinadi. Jadval 4 da A turdagi shrift o‘lchamlari keltirilgan.
Jadval 1. 4
SHriftning
parametrlari
Bel
gisi
O‘lchamlar
nisbati
SHriftning o‘lchami
2,5 3,5
5
7
10
14
20
Bosh harflar va
raqamlarning
balandligi
Kichik harflar
balandligi
h
C
14|14
h
10|14
h
14d
10d
2,5
1,8
3,5
2,5
5,0
3,5
7,0
5,0
10,0
7,0
14,0
10,0
20,)0
14,0
Harflar, raqam-lar
va
belgilar orasidagi
maso-fa
Qatorlar qadami,
kamida
So‘zlar va sonlar
orasidagi maso-fa,
kamida
a
b
e
2G’14
h
22G’14
h
6G’14
h
2d
22d
6d
0,35
4,0
1,1
0,5
5,5
1,5
0,7
8,0
2,1
1,0
11,0
3,1
1,4
16,0
4,2
2,0
22,0
6,0
2,8
31,0
8,4
Harf va raqam
chiziqlarining
yo‘g‘onligi
d
1G’14
h
D
0,18
0,25
0,35
0,5
0,7
1,0
1,4
Eslatma: bitta chizmaga tegishli bo‘lgan so‘z va jumlalarda barcha yozuvlarning chiziq
yo‘g‘onligi bir xil bo‘lishi lozim.SHriftlarning yozilish namunasi quyidagi chizma -3. da
ko‘rsatilgan.
Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi.
Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi.
Barcha davlat korxonalarida ishldab
chiqariladigan buyumlarning ma'lum sifatga ega bo'lishini ta'minlash maqsadida ularga
davlat tomonidan davlat standartlari belgilanadi. Buyumlarning konstruktorlik hujjatlariga
ham davlat standartlari belgilangan. U KHYT(Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi)
deb ataladi.
KHYTning standartlari konstruktorlik xujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, nusxalar
ko'chirish va ularga o'zgartirishlar kiritishni o'z ichiga oladi.
KHYTning hamma standartlari 2-sinfga kiritilgan va klassifikasion guruhlarga ajratilgan
(1-jadval).
1.5.-jadval
Gruppa
shifri
STANDARTLARNING
GRUPPADAGI NOMI
Standart
raqamlari
0
Asosiy qoidalar
O’zDSt 2.001
1
Umumiy qoidalar
O’zDSt 2.100 dan O’zDSt 2.199 gacha
...
3
Chizmalarni chizish bo'yicha umumiy qoidalar O’zDSt 2.301 dan O’zDSt 2.399 gacha
4
Mashinasozlik va asbobsozlik chizmalarini
bajarish
qoidalari
O’zDSt 2.401 dan O’zDSt 2.499 gacha
...
7
Sxemalarni bajarish qoidalari va sxemalarda
qo’llaniladigan grafik belgilar
O’zDSt 2.701 dan O’zDSt 2.799 gacha
8
Qurilish va kemasozlik hujjatlarini
bajarish
qoidalari
O’zDSt 2.801 dan O’zDSt 2.899 gacha
Standartlar maxsus tuzilish belgisiga va nomlariga ega. Masalan, O’zDSt 2.303:97 «Chizma
chiziqlari». Unda «O’zDSt» O’zbekiston Davlat standartini, «2» KHYTga kiruvchi
standartning nomerini, «303» gruppa shifrini, undagi standartning tartib raqamini, «97»
1997 yilda ro'yxatga olinganligini, «Chizma chiziqlari» esa standartning nomini anglatadi.
Konstruktorlik xujjatlarining turlari.
Konstruktorlik xujjatlari turiga asosan chizma va yozma
bayonli xujjatlar kiradi. Bu xujjatlar O’zDSt 2.201:97 bo'yicha detal chizmasi, yig'ida
chizmasi, umumiy ko'rinish chizmasi, nazariy chizma, gabarit chizma, o'rnatish chizmasi,
chizma, tavsiflash, tushuntirish xati, texnikaviy shartlar va boshqa xujjat turlariga bo'linadi.
Detal chizmasi deb, detalning tasviri va uni tayyorlash, nazorat qilish uchun yetarli bo'lgan
ma'lumotlarni o'z ichiga olgan xujjatlarga aytiladi.
Yig'ish chizmasi deb, yig'ma birlikning tasviri va uni yig'ish,
tekshirish haqidagi
ma'lumotlarni ko'rsatuvchi xujjatga aytiladi. Sxema deb, buyum yoki uning tarkibiy
qismlarini va ular o'rtasidagi o'zaro bog'lanishning shartli tasviri yoki belgilanishini
ko'rsatuvchi xujjatga aytiladi.
Texnikaviy shartlarda buyumni tayyorlash, kuzatish, qabul qilish yoki jo'natish kabi
ma'lumotlar ifodalanadi.
C
hizmalarni tayyorlashdagi umumiy qoidalar.
Chizmalar konstruktorlik xujjatlarining
yagona tizimiga kiruvchi formatlar, masshtablar, chiziq turlari, shriftlar, asosiy yozuvlar va
boshqa qoidalarga asosan taxt qilinadi.
Formatlar.
Chizma qog'ozidan to'g'ri va chiqindisiz foydalanish hamda chizmalarni
saqlash qulay bo'lishi uchun O’zDSt 2.301:96 ga ko'ra chizma qog'ozlari kuyidagi tegishli
o'lchamlarda bajariladi(2-jadval).
Varaqning formati tashqi qirg'og'ining o'lchamlari bilan aniqlanadi. Ichki hoshiya chizig'i
tutash yo'g'on chiziq bilan chiziladi(1-shakl). U qog'oz chegarasidan chap tomonda 20 mm,
yuqoridan, o'ngdan va quyidan 5 mmdan qoldirib chiziladi.
Nazorat uchun
savollar
1.
KHYT haqida nimalarni bilasiz?
2.
Kanday konstruktorlik xujjatlarining turlarini bilasiz?
3.
Chizmalarni tayyorlashdagi umumiy qoidalar haqida gapiring.