4. Butun dars davomida o‘quvchilarning refleksiya va o‘z-o‘zini
nazorat qilishini ta’minlash.
Darsning har bir bosqichida o‘quvchi o‘z faoliyati natijalarini
jamlab, baholaydi. Masalan, yangi materialni o‘rganishda har bir
o‘quvchi o‘z diqqatini, xotirlab qolishini, xotirlashning mukam-
malligini, tushunishini o‘zicha baholaydi. Darsni mustahkamlash
va mustaqil ishlash paytida o‘quvchilar o‘zlarini o‘qituvchi qo‘ygan
mezonlar bo‘yicha baholaydilar. Agar o‘quvchi bilimi talab dara-
jasidan past bo‘lsa, dars davomida unga boshqa bolalarning yordami
yoki uning o‘zi mustaqil ishlagan holda natijalarni yaxshilash im-
koniyatini beradi.
O‘quvchilarning faoliyati jarayonida refleksiya va o‘z-o‘zini na-
zoratni ta’minlash ulardagi yomon bahodan qo‘rqish hissini pasayti-
radi. Sinflarda, ayniqsa, 1—2- sinflarda „ikki“, „uch“ baholar qo‘yil-
maydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |