93
Quvvati 100 dan 1000 Vatt gacha bo‘lgan kam quvvatli shamol elektr
stansiyalarida traktor va avtomobillar va o‘rnatilgan generatorlar ishlatiladi. Mazkur
mashinalar o‘zgaruvchan aylanish bilan ishlaganligi uchun ularga generatorlar katta
magnit to‘yinish bilan tayyorlanadi. Shuningdek kuchlanish rostlagichlari mavjud
bo‘ladi. Shu sababli ularda aylanishlarni katta oraliqlarida tebranishiga ruxsat
beriladi. Bu esa shamol dvigatellari ishlaydigan notekisliklarga mos keladi. GVT
GAU va GBF rusumi bilan ma’lum bo‘lgan mazkur generatorlarning kamchiligi
foydali ish koeffitsientining kichikligidir. GBT generatorlari OT3 va XT3
traktorlariga o‘rnatiladi va quvvati 60 dan 85 Vatt gacha, kuchlanishi 6 Volt,
g‘alayonlanishning ikki qutbli shunt o‘ramlariga ega bo‘ladi xamda kuchlanishni
avtomatik rostlash bilan ishlaydi. Rostlagich yuklamali rejimda aylanishni 1100 dan
2100 ayl/min gacha o‘zgartirishga imkon beradi. Kuchlanish esa o‘zgarmas xolatda
ushlab turiladi.
Uch shyotkali GBF generatori M-2, 34 C-101 rusumidagi yengil
avtomobillarga o‘rnatiladi. Ularning quvvati 60 dan 80 Vt gacha bo‘ladi, kuchlanishi-
6 volt; ikki qutbli, g‘alayonlanishni shunt o‘ramli.
Uch shyotkali generatorlarning afzalligi ularning aylanishlari 700 dan 4500
ayl/min o‘zgarishida maxsus kuchlanish rostlagichsiz akkumulyatorlarni
zaryadlashda ishlashi mumkindir.
G’alayonlanish shunt musbat qutbi betarafga nisbatan 60
0
atrofida ma’lum bir
burchakka siljigan maxsus uchinchi shyotkaga ulangandir.
Mazkur holatda generator qutblaridagi magnit oqimining taqsimlanishiga
yakor
o‘ramlarining soni o‘zgarishidan foydalaniladi. Yakor o‘ramlari tomonidan hosil
qilinayotgan oqim kompaundga qarshi o‘ramlar oqimiga o‘xshash vazifani bajaradi,
ya’ni qutblarni magnitsizlantiradi. Shu tufayli aylanishlar sonini juda katta
tebranishlarda ham generator qisqichlaridagi kuchlanish katta bo‘lmagan oraliqlarda
o‘zgaradi. Shuni aytib o‘tish joizki, kuchlanishning cheklanishi faqatgina generator
akkumulyator batareyasiga yoki katta quvvatli yuklamaga ishlaganda yuz beradi.
To‘liq bo‘lmagan yuklamada yoki salt ishlashida kuchlanish katta oraliqlarda
95
dvigatelining quvvat tebranishini silliqlash va generator klemmalarida normal
kuchlanish kattaligini ushlab turishdan iboratdir. Shamol dvigatelining aylanishi
pasayganda
generator
klemmalaridagi
kuchlanish
tushib
ketadi.
Agarda
akkumulyator batareyasi normal zaryad holatida bo‘lsa, uning kuchlanishi
generatordagiga qaraganda katta bo‘ladi. Shu sababli u shamol dvigatelini tokning
kamayishi xisobiga yuklamani bir qismini o‘ziga oladi. Bu bilan birga uning
aylanishi oshadi va generator kuchlanishi tiklanadi.
Izolyatsiyalangan turdagi shamol elektr stansiyalari sezilarli darajadagi
kamchilikka ega bo‘lib, u energiyani bir tekisda uzatishni ta’minlash uchun
akkumulyator va zaxira issiqlik dvigatelini o‘rnatish kerakligidan iboratdir. Buning
natijasida o‘zgarmas tokning katta quvvatli shamol qurilmasini amalga oshirish qiyin
bo‘lsa, olinadigan energiyaning tannarxi juda katta bo‘ladi. Izolyatsiyalangan turdagi
shamol qurilmasini energiyaning boshqa manbalari qimmat bo‘lgan joylarda
o‘rnatish maqsadga muvofiqdir. Biroq mazkur shamol qurilmalari agarda ular
mexanik uzatma
bilan ishlasa, elektr energiya esa yordam maqsadida ishlab chiqarilsa
(xizmat qiluvchi xonalarni yoritish, zaryadlash va boshqalar) foydali bo‘lishi
mumkin. Bu holatda katta sig‘imdagi akkumulyator kerak bo‘lmaydi.
Elektr yoritish va motor yuklamaga xizmat qiluvchi shamol qurilmalar ham
mexanik ham elektr mashinalardagi yo‘qotishlarga ega bo‘ladi, ya’ni foydaliligi
kamroq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: