114
JENSHEN – HAYOT ILDIZI
Bundan 4000 yil muqaddam jenshen Sharq xalq
meditsinasida juda muhim
o‘rinni egallagan edi. Xitoy tabiblari uni turli-tuman xastaliklarni davolovchi dori,
keksalarni yoshartiruvchi eleksir sifatida ishlatganlar. Qadimgi farmakopiya
kitoblaridan birida “Ildiz sharbati” hatto o‘lim oldidan
behush yotgan kishiga
ichirilganda ham bu ajoyib o‘simlik o‘zining shifobaxsh ta’sirini juda tez ko‘rsata
oladi, deb yozilgan.
Jenshenning bu xususiyatlari Xitoyda juda ajoyib usullar bilan aniqlangan. XI
asrda yashagan Xitoy vrachi Su Sunaning hikoya qilishicha, barobar
jismoniy
quvvatga ega bo‘lgan ikki yigitning biriga tekshirilayotgan jenshen ildizidan bir
bo‘lakni tishlatib, 3 yoki 5 km ga choptirilgan. Agarda ildiz tishlagan chopqir
marraga bemalol, hansiramay yetib
kelsa-yu, ikkinchisi yo‘lda charchab, halloslab
qolsa, shundagina obro‘li tabiblardan tashkil topgan maxsus hay’at
tekshirilayotgan ildizning qimmati haqida xulosa chiqargan.
Jenshenning Tibet meditsinasida ham ahamiyati katta bo‘lgan. Uni tabiblik
bilan ham shug‘ullanuvchi, Tibetning martabali ulamolari – Lamalar o‘z qo‘llarida
saqlaganlar. X asrning boshlarida O‘rta Osiyoliklar ham jenshen to‘g‘risida yaxshi
bilganlar. Buyuk Abu Ali ibn Sino o‘z kitobida u haqda mufassal yozadi. Hozirgi
davrgacha jenshen haqida yozilgan asarlarning soni bir yarim mingdan oshib ketdi.
Ko‘pincha jenshenning ildizlari kichik odamlar shaklini eslatadi.
Agar uning poyasi shamol, hayvonlar tomonidan yoki boshqa sabablarga
binoan sindirilsa, ildizi uzoq muddat uyquga kiradi. Bu holatni terimchilar
“jenshen yerga kirib ketdi” deb talqin qilishadi. Ildizning uyqusi 20 yil va undan
ham ko‘proq
davom etishi mumkin, so‘ng sharoit qulay bo‘lganida undan yangi
poya va barglar o‘sib chiqadi – normal hayot boshlanadi.
Jenshenning tabiiy zahiralari endi ancha kamayib ketgan. Har
mavsumda
Ussuriy o‘rmonlaridan uni 100 kg dan ortiq terib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham
uning sun’iy plantatsiyalarini barpo qilish ustida katta ishlar qilinmoqda. Hozirgi
vaqtda Uzoq Sharqda jenshen ekish uchun moslashtirilgan yirik xo‘jaliklar
mavjud. Ukraina, Belorussiya va Boltiqbo‘yi respublikalaridagi botanika
bog‘larida hamda tajriba dalalarida o‘stirilmoqda.
Yillarni quvib yillar o‘tmoqda, shifobaxsh o‘simlik ildizining shuhrati esa
tobora ortib bormoqda.
RAHMDIL O‘SIMLIK
Madagaskar orolida o‘sadigan barglari tovusning quloch yozib turgan nafis
patlarini eslatuvchi bu o‘simlik – Ravenala. Uni, ayniqsa, sayyohlar
maroq bilan
tilga oladilar, chunki ravenala turli maqsadlarda cho‘l va sahrolarda kezib yurgan
kishilarni o‘z bag‘riga olib, ularni jazirama oftobdan
saqlaydi hamda barg
qo‘ltig‘ida saqlab kelayotgan shudring va yomg‘ir tomchilaridan hosil bo‘lgan
suvdan bahramand etadi.
115
Ravenala gigant o‘tlardan hisoblanadi. Uning butun tanasi barglardan iborat.
Barglarning joylashgan qismi (tubi) tana vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: