Qizilmiya
Qizilmiyani qishloq xo‘jaligida va farmotsevtika sanoatida tutgan
o‘rni.
Glitsirrizin moddalarini o‘z tarkibida to‘playdigan o‘simliklarni o‘z ichiga
olgan Glycyrrhiza L. Turkumi odamlarga qadimdan ma’lum bo‘lgan shirinmiya
ildizi xalq meditsinasida keng ishlatilgan. Ildizidan olingan moddalar zaharlanishni
antagonisti hisoblangan. Kasalliklarning ko‘pchiligiga davo bo‘lgan, estriol
moddali hayvonlardagi garmonal faolligini oshiradi. Natiajada ularning go‘sht va
sut mahsulotlari miqdorini oshiradi. Ammo hozirda vodiyda qizilmiya o‘simligini
parvarishlash texnologiyalari yaratilmagan. Chunki farmotsevtlar tomonidan ishlab
chiqarishga deyarli talablar yo‘q. Ilgari yangi o‘zlashtirilgan dasht, cho‘l va
sho‘rlangan yerlarda (KFK–Andijon kanali) oraliqlarda qizilmiyaning ko‘p
turlarini chorva uchun pichan hamda kuz va qish davrlarida yaylov tariqasida
foydalanib kelingan edi. Natijada Yozyovon massivida sho‘rlanish ham hozirgidek
yuqori emas edi, bu o‘simlikni fitomeliorativ xususiyatdir.
Qizilmiya o‘simligi dukkakdoshlar oilasiga mansub bo‘lgan
respublikamizning deyarli barcha viloyatlarida yovvoyi o‘simlik sifatida uchraydi.
Lekin, ichki va tashqi bozor talablari bo‘yicha sug‘oriladigan maydonlarda
yetishtirish uchun Farg‘ona viloyatida agrotexnologiyalar yaratilmagan. 1972 –
1985 yillar mobaynida Sirdaryo viloyati va qoraqalpog‘istonda ozroq maydonlarda
ekilib sanoat uchun yetkazib berilgan (Badalov, 1979; Muinova 1985; Xaydarov
1989). Tadqiqotchilar hozirgi vaqtda shirinmiya formotsevtika sanoati uchun zarur
bo‘lgan glitsirrizin to‘plovchi o‘simlik bo‘lgani sababli hamda yer sho‘rlanishni
kamaytiruvchi, undagi azot moddasini oshiradigan, chorva uchun oqsilga boy yem
– xashak (15 – 18% bo‘lganidan Farg‘ona sharoitida parvarishlab ildiz hamda yer
ustki qismini jadal o‘stirish agrotexnologiyalarini yaratish innovatsion yangilik
bo‘lib xizmat qilish mumkin. Qizilmiyani O‘rta Osiyodan va O‘roldan kelib
chiqqan populyatsiyalari bo‘yicha ilmiy ishlarida bayon etishgan.
Qizilmiya o‘simligini o‘stirish texnologiyasiga doir ma’lumotlar.
Shirinmiya Glycyrrhiza glabra L ko‘p yillik, yer ostki qismi yaxshi
rivojlangan o‘simlik bo‘lib, dukkakdoshlar oilasiga mansub, turkum o‘z ichiga 13
turni oladi, ulardan 12 tasi mamlakatimizda tarqalgan.
Shirinmiya o‘simligi, asosan daryo bo‘ylarida, ariq va zavurlarni atroflarida
uchraydi. Ildiz sistemasi yaxshi rivojlanganligi tufayli u yer osti suvlari ancha
chuqur bo‘lgan cho‘llarda, tog‘ yonbag‘irlarida, shuningdek pastak tog‘larda,
sho‘rsiz tuproqlarda o‘sadi.
Shirinmiya tarqalishi jihatdan ushbu turkumga kiradigan boshqa turlarga
qaraganda eng katta maydonlarni egallab, Amudaryo va Sirdaryo havzalarida eng
ko‘p tarqalgan. Uning urug‘ini tuzilishi jihatidan qattiq urug‘lilar tipiga kiradi,
shuning uchun ham unib chiqish darajasi past.
Do'stlaringiz bilan baham: |