31
To`qqizinchi mashg`ulot
9. P p harfi:
P
p harfi paxta, pichoq, opa, tepa,tup, yop kabi so‘zlarda jarangsiz portlovchi
lab undoshini ifodalash uchun yoziladi.
Quyidagi so‘zlarni ko‘chirib yozing:
paydo
payt
paytga
pallasida
paradlar
Parijda
parlament
pahlavon
peshona
pirovard
pichoqchilik
Platon
poydevorini
poylab
poymol
poytaxti
pokiza
prezidentlik
professional
puxta
2. Quyidagi juftliklarning to‘g‘ ri variantlarini belgilang:
poiz
–
foiz
aft –
apt
janob – janop
kitop – kitob
fil –
pil
fontan – pontan
oftob – optop
serop – serob
farq – parq
Feruza – Peruza
hisob – hisop
javob – javop
3. Alisher Navoiyning quyida keltirilgan hikmatlarini yod oling:
Telba qulog‘ga pand – quyun oyog‘iga band. So‘zni ko‘nglungda
pishqormaguncha tilga kelturma, har nakim ko‘nglungda bo‘lsa tilga surma.
3.
Quyidagi matnni ifodali o‘qing.
Bahor keladi. Birin-ketin o‘riklar, shaftolilar, olcha-olxo‘rilar, bahor
ishqi
bilan xilma-xil nafis gullarga tantana ila burkanadi. Daraxtlarning bunday fusun-
kor gullari, ko‘m-ko‘k mayin yaproqlari ruhlarni ko‘taradi, zavqlarni chayqaydi.
Bahor shamoli bizlarga hamqur. Bizlar hammamiz tomda. Hammamiz
varrakka yopishganmiz. G‘ip-g‘ir shamol. Tomda maysalar ko‘rkam. Ayniqsa,
hammamizning dardimiz, havasimiz quroqda. Quroq – baquvvat, rangdor
qog‘ozlardan quralib yasalgan zo‘r, katta varrak. Shunday quroqlar bo‘ladiki,
bolalar fanor yoqib uchiradilar. Mahkam bilan Mo‘min – quroqning ustasi. Tun
qorong‘iligida fanorlari yulduzday chaqnagan quroqlar vang‘illab turadi. Men ham
bolalarga ergashib, havas bilan, urina-urina kichik bir o‘rgamchik varrak
yasayman. Tomning u boshidan-bu boshiga yugurib uchira boshlayman.
Havo yoqimli. G‘ir-g‘ir mayin bahor shamoli... Quyosh osmonda ulug‘vor
kezadi... Tomlarda, ayniqsa, o‘tgan kuz suvoqdan qolgan
eski tomlarda turli mayin
32
o‘tlar, har xil gullar ko‘p. Endi bizning o‘yin sahnimiz – tom. Tomdan tomga
oshib, varrak uchiramiz.
Varrakdan zerikib, tomdan ko‘chaga o‘zimni tappa tashlayman. Bobom
boshini egib, o‘ychan holda, oftobda maza qilib o‘tiribdi. Mahallamizda bir vaqtlar
bo‘zchilar ko‘p bo‘lgan. Hozir ular uncha-muncha shohi to‘qishga boshlaganlar.
Tor ko‘chada tandani har
yoqlama tortib, yoyib tashlashibdi. Tanda – murakkab
narsa. Chollar tanda yoyganda men nari siljimayman.
To‘quvchilar tanda qurganda bobom chetda, devorga
suyanib, oftobda ular bilan suhbat qilishni sevadi. (Oybek)
Do'stlaringiz bilan baham: