1- ma'ruza. Kirish. Tinchlik va qo`zg`alish potensiallari. Neyronlararo aloqalar. Markaziy nerv tizimi


Keyingi miya, retikulyar formatsiya va miyacha fiziologiyasi



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/23
Sana01.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#291017
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
1 маъруза

 

Keyingi miya, retikulyar formatsiya va miyacha fiziologiyasi. 

 

Keyingi  miya  deganda  uzunchoq  va  Varoliy  (Varoliy  Kostanso  1543-1575 



italyan  anatomi)  ko’prigi  tushuniladi.  Uzunchoq  miyada  V-VII  bosh  miya 

nervlarining  markazi  (yadrolari)  joylashgan  (ko’zni  harakatga  keltiruvchi  nerv, 

yonbosh  nerv,  uchlamchi  nerv,  yuz  nervi,  til,  tomoq  nervi,  adashgan  nerv  va 

boshqalar).  Bundan  tashqari  keyingi  miyada  retikulyar  formatsiya  deb  ataluvchi 

nerv elementlari bor, ular afferent va efferent tolalar bilan bog’lanmaydi. 

Keyingi  miyada  o’tkazuvchi  yo’l  vazifasini  ham  bajaradi,  undan  bosh 

miyaning yuqori qismiga va orqa miyaga maxsus yo’llar o’tadi. 

Keyingi  miya  ko’p  tarmoqli  va  murakkab  funksiya  bajaradi.  Uning 

funksiyalarini  ikki  guruhga  bo’lish  mumkin,  ya'ni  keladigan  afferent  impulslarga 

javob  beradigan  reflektor  funksiya  va  avtomatik  tarzda  amalga  oshiriladigan 

funksiya  (nafas  olish  markazi,  yurak-qon  tomirlar  harakatini  amalga  oshiruvchi 

markaz). 

Keyingi miya reflektor reaksiyalari (bosh miya nervlari yadrolari tomonidan 

amalga  oshiriladi)  ikkiga  bo’linadi:  somatik  va  vegetativ  reaksiyalar.  Keyingi 

miyadan  chiqadigan  vegetativ  nerv  tolalari  faqat  parasimpatik  tolalardir,  ularning 

effektor yo’li ikki qismdan iborat, ya'ni preganglionar va postganglionar  yo’llar. 

Somatik nerv markazlaridan harakat impulslari to’g’ridan-to’g’ri effektorga boradi. 

Uzunchoq  miyadan  chiqadigan  asosiy  vegetativ  nerv  bu  adashgan  nervdir, 

undan  chiqqan  tolalar  ovqat  hazm  qilish  organlari,  nafas  olish  organlari,  yurakka 

beradi.  Yana  bu  yerdagi  yuz  va  til-tomoq  nerv  markazlari  ham  qisman  vegetativ 

nerv markazi hisoblanadi. Ular so’lak bezlari ishini amalga oshiradi. Somatik nerv 



yadrolaridan  eng  yirigi  bu  eshitish  markazidir.  U  ichki  quloqdan  impulslar  qabul 

qiladi. Yana bu yerdagi harakat markazlaridan bosh, bo’yin va ovqat hazm qilish 

apparati  yuqori  qismlarining  muskullarini  (ko’ndalang  -  targ’il)  impulslar  bilan 

ta'minlovchi  nervlar  chiqadi.  Bularga  chaynovchi  muskullarni  ta'minlovchi, 

uchlamchi  nerv  harakat  markazlari,  mimika  muskullarini  ta'minlovchi  yuz  nervi 

markazlari,  og’iz  bo’shlig’i  va  tomoq  muskullarini  ta'minlovchi  til-tomoq 

nervining  harakat  markazlari,  hiqildoqni  ta'minlovchi  adashgan  nerv  harakat 

markazlari  va  boshqalar  kiradi.  Bu  somatik  markazlar  orqali  sodir  bo’ladigan 

reflektor  jarayonlar  birinchidan,  ma'lum  bir  tana  vaziyatini  ta'minlab  tursa, 

ikkinchidan ovqatni qabul qilish, chaynash, yutishlarni amalga oshiradi. 

Tana  vaziyatini  saqlovchi  reflekslar:  bular  ichki  quloqdagi  vestibulyar  va 

yarimdoira  kanallardagi  retseptorlarning  qitiqlanishi  bilan  yuzaga  keladi.  Ichki 

quloqdagi  asosiy  organ  labirint  tarkibidagi  yarim  doira  kanallar,  chig’anoq  va 

chig’anoq oldi qismlari suyuqlik perilimfa va endolimfa suyuqligi bilan to’latilgan 

bo’ladi. Ulardagi retseptor yuzalar  mikroskopik tuzlar kristall  statolit ta'sirida va 

suyuqliklar  harakati  bilan  qitiqlanib,  vestibulyar  apparat  boshning  bo’shliqdagi 

vaziyati  haqida  impuls  oladi.  Yarimdoira  kanallardagi  retseptor  yuzaning  endo- 

perelimfa  oqimidan  ta'sirlanishidan  boshning  bo’shliqda  harakat  qilishi  haqida 

sezgi  paydo  bo’ladi.  Vestibulyar  apparatda  va  yarimdoira  kanallarda  yuzaga 

keladigan  reflekslar  ikki  xil  bo’ladi.  Statik  va  statokinetik  reflekslar  chig’anoq 

oldi 

qism 


retseptorlarning, 

statik 


reflekslar 

esa 


yarimdoira 

kanallar 

retseptorlarining qitiqlanishidan yuzaga keladi. Statik reflekslar o’z navbatida yana 

ikkita:  tana  vaziyati  va  qadni  rostlash  reflekslariga  bo’linadi.  Birinchisiga  tana 

vaziyati  bo’shliqda  o’zgarsa  muskullar  tonusining  o’zgarishi,  ikkinchisiga 

organizm  o’z  holatidan  chiqsa  (mushuk  ag’darilsa)  muskullar  tonusining 

navbatlashib  o’zgarishi  va  oqibatda  tanani  rostlash  uchun  yuzaga  keladigan 

reflekslarni misol qilib olish mumkin. 

Statik  -  kinetik  reflekslar  eng  murakkab  bo’lib,  ular  tana  vaziyati  va 

orientatsiyani (aylanma harakatda) bir xil saqlash uchun kerak. 

Statik  va  statokinetik  reflekslar  tanadagi  barcha  muskullar  tonusiga  ta'sir 

qiladi  (masalan  aylanma  harakatda  nistagm,  qusish,  yurakning  tez  urishi,  nafas 

olishning  o’zgarishi,  dengiz  kasalligi).  Lift  reflekslari  ham  to’g’ri  chiziqli  stato-

kinetik refleksdir. 




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish