1- ma'ruza. Kirish. Tinchlik va qo`zg`alish potensiallari. Neyronlararo aloqalar. Markaziy nerv tizimi



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/23
Sana01.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#291017
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
1 маъруза

 


Markaziy nerv tizimi 

1.  Orqa miya. 

2.  Uzunchoq miya va Varoliy ko‘prigi. 

3.  O‘rta miya funksiyalari..  

4.  Miyachaning funksiyalari.  

5.  Oraliq miya funksiyalari.  

6.  Bazal gangliyalari.  

7.  Bosh miyaning tuzilishi va funksiyalari.  

 

Orqa  miya  MNS  ning  filogenestik  eng  qadimgi  bo’limi  hisoblanadi.  Orqa 



miyadan  ikki  xil,  ya'ni  ventral  (oldingi,  harakatlantiruvchi)  va  dorsal  (keyingi 

sezuvchi) ildizlar chiqadi. Lansetnikda u primitiv holda butun tana bo’ylab ketgan 

nayni eslatadi. Lekin lansetnikda orqa miyada differensiallashmagan sezuvchi nerv 

hujayralari ochilib joylangan. Faqat yumaloq og’izlilarga kelib orqa miya kulrang 

va oq moddalarga bo’linadi. Qismlarga bo’linmaydi. Baliqlarga kelib esa kulrang 

va  oq  moddalar  aniq  chegaralanadi.  Nerv  tolalari  mielin  po’sti  bilan  qoplanadi. 

Orqa  miyaning  differensiallanishi  hayvonot  dunyosining  taraqqiy  qilishi  bilan 

davom  etadi.  Sut  emizuvchilarda  uning  bo’yi,  yo’g’onligi,  nerv  tolalari  soni, 

funksiyasi,  umurtqa  pog’onasining  soni,  dum  va  oyoq-qo’llarning  bor-yo’qligi 

bilan belgilanadi. 

Odamda  orqa  miya  quyidagi  sigmentlardan  iborat:  8  ta  bo’yin  -  S  (I-VIII), 

12 ta ko’krak - Th (I-VII), 5 ta bel - L (I-V), 5 ta dumg’aza - S (I-V), 1-3 ta dum - 

So  (I-III).  Bu  sigmentlarga  tana  ko’ndalang-targ’il  muskullariga  boradigan  va 

keladigan  nerv  tolalari  (sezuvchi,  harakat  qiluvchi)  (bosh  qismni  innervatsiya 

qiladiganlaridan  tashqari),  barcha  simpatik  nerv  markazlari,  qisman  parasimpatik 

nerv markazlari joylashgan. Bella Majandi tajribasi (shotlandiyalik fiziolog Charlz 

Bell (1811), fransuz fiziologi Fransua Majandi (1822) bu ixtironi mustaqil ravishda 

amalga oshirgan. 

Har  xil  hayvonlarda  ventral  va  dorsal  shoxlardan  chiqadigan  va  kiradigan 

nerv  tolalarning  soni  farq  qiladi,  mushuklarning  bel  sigmentlarida  12  mingta 

sezuvchi (dorsal) va 6 mingta harakatga keltiruvchi (ventral) nerv tolalari mavjud 

(sababi  umumiy  oxirgi  yo’l  -  Ch.  Sherrington  bo’yicha).  Orqa  miya  funksiyasini 

o’rganishda ikki usul mavjud: uni bosh miyadan ajratib kesish va elektrofiziologik 

tekshirish  usullari  (mikro  va  makroelektrodlar  yordamida).  Orqa  miya  sezuvchi 

nerv hujayralari asosan undan yuqorida joylashgan, qisman (skelet muskullariniki) 

spinal gangliyalarda ham mavjud. Sezuvchi nerv tolalari uch xil bo’ladi: A, V, va 

S. A tola diametri - 8-22 mkm, tezlik - 12-20 m/sek, harorat, bosim og’riqni sezadi; 

V  tola  o’rtacha  yo’g’onlikka  ega,  tezlik  -  3-14  m/sek,  og’riqni  sezadi;  S  tola, 




yo’g’onligi 2 mkm, tezlik 2 m/sek, og’riq, xemo va bosimni sezadi. A, V tolalar 

mielinli, S tola mielinsiz. 

Odam  orqa  miyasida  jami  13  mln  nerv  hujayrasi  bor,  shulardan  3  % 

motoneyron yoki haroratga keltiruvchi, 97 % esa oraliq yoki interneyronlardir. 

Orqa miya reflektor funksiyasini batafsil o’rgangan Nobel mukofoti laureati 

Ch.  Sherringtondir  (1859-1952).  Reflekslarni  amalga  oshirish  orqa  miya  kulrang 

qismining  ishidir.  Orqa  miyada  barcha  harakat  reflekslarining  markazlari  (bosh 

muskullaridan 

tashqari), 

siydik-tanosil 

organlari 

faoliyati 

markazi, 

termoregulyasiya, moddalar almashinuvi, qon tomirlari reflekslarining markazlari, 

diafragma pardasi faoliyat markazlari va boshqalar mavjud. Orqa miya orqali sodir 

bo’ladigan  reflekslar  kuchi  uning  bosh  miya  bilan  bog’liqlik  darajasi  bilan 

o’lchanadi. Detserebratsiya (bosh miyaning olib tashlanishi) ko’pgina reflekslarni 

kuchsizlantirib  hatti-harakatlarni  noaniq  qilib  qo’ydi.  Yana  shu  narsa  muhimki, 

orqa  miya  reflekslarining  bunday  o’zgarishi  organizm  evolyusion  taraqqiyot 

darajasiga bog’liq, masalan, orqa miyasiz baqa harakat qilib yuradi, suvda suzadi, 

lekin  spinal  it  mustaqil  harakat  qila  olmaydi.  Orqa  miya  reflekslari  ikki  xil 

reflektor  yoy  orqali,  ya'ni  monosimpatik  (bir  sinapsli)  va  polisinaptik  (ko’p 

sinapsli)  bo’lishi  mumkin.  Monosimpatik  reflekslarga  -  tizza  refleksi  kiradi. 

Cho’zilish  refleksi,  yig’ib  olish  reflekslari,  antogonist  reflekslar  tufayli  organizm 

ma'lum qaddi-qomatga ega bo’ladi. 

Orqa miyaning o’tkazuvchanlik funksiyasi undagi nerv tolalaridan iborat oq 

moddalar ishidir. O’tkazuvchi yo’l bir xil vazifani bajaruvchi (afferent va efferent) 

nerv majmuasidir. Bu tolalar funksional xususiyatiga ko’ra assotsiativ, komissural 

va proeksion tolalarga bo’linadi. Assotsiativ tolalar orqa miya turli qismlarini bir 

tomonlama  bog’laydi,  komissural  tolalar  bir  xil  funksiya  bajaruvchi  lekin  orqa 

miyaning  turli  qismlarida  joylashgan  bo’limlarni  bog’laydi,  proeksion  tolalar  esa 

orqa  miyani  bosh  miya  qismlari  bilan  bog’laydi.  Bu  tolalar  tepaga  ko’tariluvchi 

(afferent) va pastga tushuvchi (efferent) bog’lamlarga bo’linadi. 

Tepaga ko’tariluvchi ekstro, intero, proprioretseptiv tolalardan iborat bo’lib, 

ularga  ingichka  (Gol)  bog’lam,  ponasimon  (Burdak)  bog’lam,  lateral  va  ventral 

spinotalamik trakt (yo’l), dorsal va ventral, spino-miyacha trakti (yo’li) kiradi. 

Ingichka  va  ponasimon  bog’lamlar  tananing  kaudal  (pastki)  va  ko’krak 

qismlaridan  impulslarni  uzunchoq  miyadagi  Gol  va  Burdak  markazlariga  olib 

boradi  va  o’sha  yerdan  ikkinchi  neyron  boshlanadi.  Undan  davom  etgan  tola 

chalkashib  (prekritivatsiya)  talamusgacha  chiqadi.  Bu  yerdan  uchinchi  neyron 

boshlanadi  va  miya  po’stlog’ining  to’rtinchi  qavatigacha  chiqadi.  Lateral  



spinotalamik  yo’ldan  og’riq  va  haroratni  sezuvchi  tolalar  chiqsa,  ventral, 

spinotalamik yo’ldan taktil sezgi tolalari chiqadi. 

Pastga tushuvchi tolalar bog’lami MNS ning yuqori qismi bilan orqa miya 

qismlarini  bir-biriga  bog’lab  turadi,  ularga  asosan  piramidali,  rubrospinal, 

vestibulospinal  va  retikulospinal  bog’lamlar  kiradi.  Piramidali  bog’lamdan 

ixtiyoriy  harakatlarni  bajarish  uchun  impulslar  o’tadi.  Rubrospinal  tolalar 

muskullar tonusini yaxshilab turadi, muskul faoliyatini ixtiyorsiz boshqarib turadi. 

Vestibulospinal  yo’ldan  tana  muskullari  tonusini  va  tana  vaziyatini  saqlovchi 

impulslar o’tib turadi. 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish