1) Voqea sodir bo‘lgan joyni uning atrofidagi ko‘rinish bilan birga
qo‘shib suratga olish mo‘ljalli (orientirli) suratga olish deyiladi.
Bunday surat voqea sodir bo‘lgan joydagi ob’ektlarning tashqi
ko‘rinishini va shu voqeaga aloqador joylarni to‘liq ko‘rsatish bilan
xarakterlanadi.
Agar keng joy maydonini, undagi butun vaziyatni birga qo‘shib
orientirli suratga olish zarur bo‘lib qolsa, unda keng burchakli
ob’ektivlar bilan yoki panorama usulida suratga olish zarur bo‘ladi.
Ayrim hollarda voqea sodir bo‘lgan joyda to‘siqlar, ya’ni baland bino,
daraxtlar bo‘lsa, uning atrofidagi vaziyatni yuqoridan turib suratga olish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |