Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Tanib  olish  uchun  suratga  olish



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   548
Tanib  olish  uchun  suratga  olish  tirik  shaxslarni  va  murdalarni 

quyidagi  maqsadlarda  suratga  olish  uchun  qo‘llaniladi:  1)  ro‘yxatga 

olish uchun; 2) tanib olish uchun ko‘rsatish uchun;  3) ekspert tadqiqoti 

uchun. 


 

Tanib  olish  uchun  suratga  tushirilganda  yuz  tasviri  natural 

kattaligining  1/7  qismini  tashkil  qilishi  tavsiya  etiladi.  Lekin  bunday 

darajadagi  kichkinalashtirishga  faqat  6x9,  19x12  va  undan  ko‘proq 

hajmdagi kadrli fotoapparatlar yordamida erishish mumkin. 

Murdani  tanib  olish  uchun  suratga  tushirish  quyidagi  tartibda 

amalga  oshiriladi:  dastlab,  sud-tibbiyot  eksperti  murdani  qiyofasini 

tiklashga  harakat  qiladi.  Suratga  tushirish  fas,  o‘ng  va  chap  profil 

Ma'lumot uchun! Tirik shahslarni suratga tushirish qoida bo'yicha ikki 

holatda  amalga  oshiriladi:  to'g'ridan  va  o'ng-chap  tomonidan.  Yuz 

qismining  alohida  hususiyatlari  bo'lsa,  ikkala  tomondan  ham  suratga 

tushiriladi. Suratga tushirishda bosh tik holatda bo'lishiga e'tibor qilish 

kerak.  Yon  tomonidan  suratga  tushirishda  sochlar  quloq  yoki  uning 

qismini berkitmasligi lozim. Suratning foni och kulrang bo'lishi kerak. 

Agar  fon  sifatida  ishlatiladigan  ekran  bo'lmasa,  suratga  tushiriluvchi 

och  rang  devor  oldida  turishi  zarur,  lekin  boshning  soyasi  devorga 

tushmasligi  uchun  devor  va  u  orasidagi  masofa  bir  metrga  yaqin 

bo'lishi kerak. Suratga tushirishda yoruqlikka e'tibor qilish joiz, ya'ni u 

juda  tekis  va  yoyilgan  bo'lmasligi  kerak,  chunki  bunday  yoruqlik 

yuzni  tekis  qilib,  konturlarsiz  ko'rsatadi.  Eng  yahshi  natijalarga  45 

daraja ostida burchakda berilgan umumiy yoyilgan yoruqlik sharoitida 

erishiladi. 




 

64 


amalga oshiriladi. Murdani tik holatda suratga tushirish mumkin. Bunda 

murda  stulga  joylashtiriladi  va  boshi  stuldagi  maxsus  ushlagichga 

bog‘lab qo‘yiladi. Murda yalang‘och holda topilgan bo‘lsa, uning badani 

suratga  tushirilishdan  oldin  oq  mato  bilan  o‘raladi.  Murdaning  ustiga 

boshqa kiyimlarni kiygizish noto‘g‘ri bo‘ladi, sababi bu tanib oluvchini 

tanib olish vaqtida adashtirishi mumkin. 

Suratga  tushirishning  xususiy  usullari  voqea  sodir  bo‘lgan  joyni 

suratga  olish  bayonnomasini  tasviriy  qilib  mustahkamlashga  va 

ashyoviy  dalillarning  fotonusxalarini  jinoyat  ishiga  qo‘shib  qo‘yishga 

yordam  beradi.  Voqea  sodir  bo‘lgan  joyni  o‘z  vaqtida  kechikmay 

suratga olish muhim ahamiyatga ega.  

 

Statik  ko‘zdan  kechirish  chog‘ida  joylardagi  ob’ektlar  qanday 



turgan  bo‘lsa,  vaziyatni  o‘zgartirmay,  shu  holda  obzorli,  markazli 

suratga olish lozim bo‘ladi. 

Dinamik  ko‘zdan  kechirish-aktiv  harakat  bo‘lib  voqea  joyini 

detalli  ko‘rib  chiqishdir.  Voqea  sodir  bo‘lgan  joyda  o‘q  otish  qurollari, 

gilza,  patronlar,  izlar,  ashyoviy  dalillar  sinchiklab  ko‘rib  chiqiladi, 

qo‘lga  olib  ko‘riladi,  agar  ularni  olib  ketishning  iloji  bo‘lmasa  suratga 

olinadi. Suratga olish ob’ektlari jinoyat uchun bevosita aloqador bo‘lgan 

maydon,  ko‘cha,  bino,  uy,  o‘rmon,  temir  yo‘l,  tomorqa  erlar,  uyning 

ichidagi  ko‘zga  ko‘ringan  predmetlar  va  jinoyatdan  qoldirilgan  izlar, 

shuningdek,  oyoq  kiyim,  qo‘l  izlari,  buzilgan,  sindirilgan  to‘siqlar, 

buzish qurollari, transport vositalari va ularning izlari bo‘lishi  mumkin. 

Bular qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali dalil bo‘lib xizmat qiladi. Voqea 

sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘rsatadigan  fotografiya  aniq  maqsadlarga  mos 

ravishda  har  bir  ko‘rib  chiqish  bosqichi  bajarilganligini  ko‘rsatuvchi 

surat olingandagina to‘liq bajarilgan hisoblanadi.  

Voqea joyini suratga olish quyidagi turlarda amalga oshiriladi: 

E'tibor  qiling!  Tergovchi  voqea  sodir  bo'lgan  joyda  olgan 

suratlarining natijalari unumli bo'lishi uchun: 

1)        voqea  sodir  bo'lgan  joydan  boshqa  manfaatdor  shahslarni 

chetlatish; 

2)  vaziyatning  o'z  holaticha  saqlanishini,  daliliy  ashyolar  va 

boshqa predmetlarning dahlsizligini ta'minlash; 

3)  voqea sodir bo'lgan joy va u yerdagi ashyoviy dalillar, qo'l, 

oyoq,  kiyim,  transport  izlarini,  tashqi  muhit  ta'siridan  yomg'ir  va 

qordan saqlash choralari ko'rilishi kerak. 



 

65 



Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish