Metrik suratga olish suratga olingan ob’ektning nafaqat hajmi,
balki ular orasidagi aniq masofa haqida tasavvurga ega bo‘lish imkonini
beradi. Metrli fotografiya usulida metrli suratga olishdan obzorli va
markazli suratga olishda zarur bo‘lganida qo‘llaniladi.
Katta masshtabli s’yomka mayda izlarni, mayda predmetlarni va
ularning detallarini aks ettirishda qo‘llaniladi. Qapchig‘i ikki baravar
cho‘ziladigan yoki ob’ektivga o‘rnatiladigan moslama yordamida
ob’ektni
tabiiy
kattalikda
olish
mumkin.
Kichik
formatli
fotoapparatlarda suratga olish ancha qiyin. Ular eng yaqini bir metr
masofadan surat olish imkonini beradi (ba’zilari 0,5m masofadan).
Birinchi holda fotografik ko‘paytirish koeffitsienti 19-20, ikkinchi holda
11-12 baravar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |