Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


-MAVZU. GIYOHVANLIK VOSITALARI BILAN



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet519/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   515   516   517   518   519   520   521   522   ...   548
 

37-MAVZU. GIYOHVANLIK VOSITALARI BILAN 

BOG‘LIQ JINOYATLARNI TERGOVI 

 

Jinoyatlarning 

kriminalistik 

tavsifi. 

Jinoyat 

ishi 


qo‘zg‘atish.Giyohvandlik  vositalari  yoki  psixotrop  moddalar  bilan 

qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov 

qilish uslubining asoslari. Dastlabki tergov harakatlari. 

 

Jinoyatlarning kriminalistik tavsifi 

 

Ijtimoiy  salbiy  illatlardan  biri  bo‘lgan  giyohvandlik  eng  dolzarb 

muammolardan biri bo‘lib, nafaqat respublikamiz, balki butun dunyoda 

keng  jamoatchilikni  jiddiy  tashvishga  solmoqda.  Ushbu  muammoning 

qay tartibda o‘z echimini topishi butun insoniyat ertasini belgilab berishi 

uning ko‘lami  haqida tushuncha beradi. SHu sababli  giyohvandlikning 

oldini  olish  va  unga  qarshi  samarali  kurashni  tashkil  etish  butun  jahon 

hamjamiyatidan  barcha  kuch  va  vositalarni  birlashtirishni  taqazo 

qilmoqda.  

Insoniyat  ertasi  uchun    giyohvandlik  muammosining  nechog‘li 

dolzarb  ahamiyat  kasb  etishini  ta’kidlar  ekan,  Prezidentimiz  

I.A.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida “Biz ana shu 

illatga  qarshi  kurashda  keng  ko‘lamli  hamkorlik  qilish  tarafdorimiz. 

Jahonda  ishlab  chiqarilayotgan  moddalarning  talaygina  qismi  Markaziy 

Osiyoda  tayyorlanganligi  yoki  uning  orqali  tashib  o‘tilayotganligi  hech 

kimga  sir  emas.  Narkobiznesning  tranzit  yo‘nalishlari  bir  mintaqada 

jamlanishining  o‘ziyoq  mana  shu  dahshatli  hodisani  tugatishda  jahon 

hamjamiyati  o‘z  imkoniyatlarini  jamlab  ishga  solish  uchun  etarli  asos 

bo‘ladi.  O‘zbekiston  barcha  manfaatdor  mamlakatlar  va  tashkilotlar 

bilan  bu  borada  hamkorlik  qilishga  tayyor”

4

  deb  ta’kidlagan  edi. 



                                                 

4

 Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. –  Тошкент: Ўзбекистон, 1996. – Б.55.



 


 

529 


Darhaqiqat,  respublikamiz  xududidan  narkotranzit  sifatida  foydalanib, 

olib  o‘tilayotgan  giyohvandlik  vositalari  miqdorining  ham  oshib 

borayotganligi  hech  kimga  sir  emas.  “Tabiiyki,  narkotik  moddalarning 

bir 


qismi 

bizning 


mintaqamizga 

singib 


ketmoqda. 

Bu 


esa 

jinoyatchilikning  o‘sishiga,  yoshlarning  buzilishiga,  hatto  millatning 

genofondi aynishiga sabab bo‘lmoqda”

5



Giyohvandlikning  alohida  ijtimoiy  yo‘nalishlarga  ega  bo‘lib 

borayotganligi,  ya’ni,  yoshlar  va  xususan  voyaga  etmaganlar, 

shuningdek  ayollar  orasida  keng  tarqalib  borayotganligi  uning 

xavfliligini 

 

yanada 


oshib 

borayotganligidan 

dalolat 

beradi. 


Ma’lumotlarga ko‘ra, giyohvandlik vositalarini iste’mol qiluvchilarning 

soni  yildan  yilga  asosan  yoshlar  hisobiga  o‘sib  bormoqda.  Eng 

achinarlisi  surunkali  giyohvandlikka  mubtalo  bo‘lganlar  soni  keskin 

ortib  o‘z  navbatida  turli  ijtimoiy  muammolarga  sabab  bo‘lmoqda. 

Taxminiy hisob kitoblarga ko‘ra bugungi kunda umumjaxon  miqyosida 

200  milliondan  ortiq  kishi  turli  xil  giyohvandlik  vositalarini  iste’mol 

qiladi.  SHundan  taxminan  140  million  kishi  eng  keng  tarqalgan 

giyohvandlik  vositasi    marixuana  cheksa,  13  million  kishi  kokain,  8 

million kishi geroin,  30 million kishi esa  amfitamin turkumiga kiruvchi 

stimulyatorlarni iste’mol qiladi

6



 



Ko‘knor  yoki  tarkibida  giyohvandlik  vositalari  yoki  psixotrop 

moddalar  bo‘lgan  taqiqlangan  o‘simliklarni  ekish,  parvarishlab 

etishtirish  hollarida  ekin  maydoni  va  bu  ish  bilan  shug‘ullangan 

shaxsning  kimligi,  u  o‘zi  iste’mol  qilishi  yoxud  boshqalarga  o‘tkazish 

niyatida ekanligi aniqlanmog‘i lozim.  

 

                                                 



5

 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. – Тошкент: Ўзбекистон, 1998. –Б. 437-438.

 

6

 Интерпол маълумоти асосида. Interpol, 4-th International Heroin Conference, Yangon, Myanmar, 23-rd – 26-th 



February 1999. 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   515   516   517   518   519   520   521   522   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish