Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


-bob. MEHNAT XAVFSIZLIGI QOIDALARINI



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet423/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   548
29-bob. MEHNAT XAVFSIZLIGI QOIDALARINI 

JINOIY TARZDA BUZILISHINI TERGOV QILISH 

 

Mazkur  turdagi  jinoyatlarning  kriminalistik  tavsifi.  Jinoyat  ishini 

qo‘zg‘atish va dastlabki tergov bosqichi. Keyingi tergov harakatlarining 

tashkiliy va taktik xususiyatlari 



 

Mazkur turdagi jinoyatlarning kriminalistik tavsifi 

 

Mehnat  xavfsizligi  qoidalarining  jinoiy  tarzada  buzilishi  odamlar 

o‘limiga  sabab  bo‘ladi,  ularning  sog‘lig‘iga  va  ishlab  chiqarishga 

Esda  tuting!  Mehnat  sharoitlarining  xavfsizligini  texnikadan 

foydalanish,  sanoat  sanitariyasiga  oid  umumiy  va  tarmoq  qoidalari 

ta’minlaydi. Bunday qoidalar hukumat tomonidan kasaba uyushmalari 

va vazirliklar (idoralar) bilan birgalikda ishlab chiqiladi. Ularga rioya 

etilishi  ustidan  nazorat  qilish  kasaba  uyushmalari  qo‘mitalari, 

shuningdek 

maxsus 

nazorat 


organlari 

(“Sanoattexnazorat”, 

“Energonazorat”) zimmasiga yuklatilgan. Sanitariya nazoratini davlat 

sanitariya  inspeksiyasi  organlari,  yong‘indan  saqlash  nazoratini  – 

yong‘indan muhofaza qilish organlari amalga oshiradi.  



 

429 


moddiy zarar etkazadi.  

 

Mehnatni  muhofaza  qilish  qoidalarining  odamlar  bilan  baxtsiz 



hodisalar  yuz  berishiga  yoki  boshqa  oqibatlar  kelib  chiqishiga  sabab 

bo‘lishi mumkin bo‘lgan buzilishlari jinoyat deb topiladi. Yo‘l qo‘yilgan 

buzilishlar  uchun  mehnatni  muhofaza  qilish  qoidalariga  rioya  etilishi 

ustidan  nazorat  qilish  va  texnika  xavfsizligini  ta’minlash  o‘z  vazifalari 

doirasiga kiruvchi mansabdor shaxslar javobgar bo‘ladilar. 

 

Kon ishlari xavfsizligi qoidalari buzilishi, qurilish ishlarini bajarish 



qoidalari  buzilishi,  portlash  xavfi  bo‘lgan  korxonalarda  yoki  sexlarda 

xavfsizlik qoidalari buzilishi alohida turlarini tashkil etadi. Tergov qilish 

uslubiyoti  yo‘l  qo‘yilgan  buzilish  turini  va  u  sodir  etgan  muayyan 

sharoitlarni hisobga olib belgilanadi. 

Buzilish  sabablarini  uch  guruhga  bo‘lish  mumkin:  texnikaviy, 

tashkiliy,  sanitariyaviy.  Birinchi  guruhga  agregatlar,  mashinalar, 

jihozlar,  asbob-uskunalarning  konstruktiv  xususiyatlari  va  nuqsonlari; 

ikkinchisiga – ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishdagi kamchiliklar; 

uchinchisiga – sanitariya-gigiena tusidagi kamchiliklar (binolar ichining 

axlat bosganligi, etarlicha yoritilmaganligi va h.k.) kiradi. 

Mehnat  xavfsizligi  qoidalarini  buzish  jinoyati  quyidagi  usullarda 

sodir etiladi.  

1. 

Ishga  muayyan  bilim,  ko‘nikma  yoki  malakaga  ega 



bo‘lmagan  shaxslarni  qabul  qilish. Amaliyot  natijalariga  ko‘ra  ba’zan 

turli  ishlab  chiqarish  vazifalarini  bajarish  yoki  murakkab  mexanizmli 

dastgohlarni  boshqarish  bilan  bog‘liq  ishlarga  unga  mos  keluvchi 

mutaxassislik  yoki  zarur  amaliy  ko‘nikma,  tajriba  va  malaka  ega 

bo‘lmagan yohud ishga kirish uchun belgilangan tartibda attestatsiyadan 

o‘tmagan shaxslar qo‘yiladi.  

Masalan:  asbob-uskunalarni    tuzatish  uchun  slesar-ishchi  o‘rniga 

boshqa  mutaxasisni olish, stanokda ishlovchi ishchini yordamchi ishchi 

bilan almashtirish, yuk ortish va tushurishga oid ishlarda signal beruvchi 

vazifasini tajribasiz shaxslarga topshirish va x.k.  




Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish