Birinchi guruhga uni odam savdosi sohasiga jalb etish amalga
oshirilgan holatlar (o‘g‘irlash yoki yollash) kiradi. Ular jumlasiga
quyidagilar kiradi: 1) uni yollashni amalga oshirgan shaxs bilan qaerda,
qachon, qanday vaziyatda va kimning vositachiligida tanishgan;2)
agarda yollovchilarga ommaviy axborot vositalarida, Internet global
tarmog‘ida joylashtirilgan reklama e’loni orqali chiqqan bo‘lsa, mazkur
e’lon qaysi nashrda, qaysi saytda berilganligi, uning mazmuni,
yollovchilarning telefon raqami va manzili, unda bosma nashr saqlanib
qolganligi; 3) yollash faoliyatida nechta kishi qatnashganligi, ularning
telefon raqamlari, har bir yollovchi tomonidan amalga oshirilgan aniq
harakatlar, ularning bir-biri bilan qanday aloqa qilganligi, ularning
ismlari, tashqi qiyofasi, alohida belgilari, taxminiy yoshi, millati, irqi. U
ularni taniy oladimi, taniy olsa, qaysi belgilariga qarab taniy oladi; 4)
yollashga daxldor bo‘lgan tashkilotning yuridik va faktik manzili, aniq
nomlanishi, ish telefoni, yollash amalga oshirilgan binoning sharoitlari
tavsifi; 5) yollash jarayonida uni adashtirishga, mulkiy, ruhiy yoki
boshqacha qaramlik ahvoliga solib qo‘yishga qaratilgan biror-bir ta’sir
choralari qo‘llanilganmi: qarz tilxati, hujjatlarni rasmiylashtirishni taklif
etish va tashishni uning kelgusida oladigan daromadlari hisobidan
amalga
oshirish,
shaxsiy
do‘stona,
ishqiy
munosabatlarni
sahnalashtirish, nikohga kirishga va’da berish, giyohvand qaramlik
holatiga tushirib qo‘yish, ichimligiga psixotrop moddalar qo‘shilgan
bo‘lishi ehtimoli va b.q.;6) yollash suhbati jarayonida biron-bir
ishontirish yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatish usullari – ko‘ndirish, gipnoz,
tahdid qilish, tovlmachilik qo‘llanildimi; 7) ishga joylashtirishni amalga
425
oshirayotgan shaxslar yoki ish beruvchilar bilan biror-bir yozma
kelishuvlar imzolandimi, agar imzolangan bo‘lsa, qachon va qaerda,
unda mehnat faoliyatining aniq turlari, mehnat sharoitlari, haq to‘lash
miqdori kelishilganmi, uning boshqa mamlakatga borishi bilan bog‘liq
xarajatlarni qoplash tartibi ko‘rsatilganmi, unga uning iltimosiga ko‘ra,
biror-bir qo‘shimchalar kiritilganmi, u qancha nusxada tuzilgan va unda
shartnomadan nusxa saqlanib qolinganmi;8) kelgusidagi kasbini
o‘rgatish bo‘yicha biror-bir kurslardan o‘tganmi;9) ishga joylashtirish
yoki boshqa mamlakatga chiqish, xususan pasportni rasmiylashtirish,
viza, bilet olish va h.q. bilan bog‘liq biror-bir xizmatlar uchun haq
to‘laganmi;10) yollovchilarga qaysi shaxsiy hujjatlari yoki ularning
nusxalari berilgan, ular ushbu hujjatlarni qaytarib berishganmi. Agarda,
hujjatlar qaytarilmagan bo‘lsa, bu nima bilan asoslangan; 11) uning
shaxsiy ma’lumotlarini ko‘rsatish yo‘li bilan anketa tayyorlanganmi,
tibbiy ko‘zdan kechirish, fotosuratga olish (qanday turda, qaysi
rakurslarda) amalga oshirilganmi; 12) u o‘zining boshqa mamlakatda
ishga joylashish niyati haqidagi niyati to‘g‘risida qarindoshlari yoki
tanishlaridan kimlarga xabar bergan, bunda unga yordam ko‘rsatgan
shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar;13) u jabrlanuvchilardan yana kimlarni
ko‘rgan va biladi, ularni taniy oladimi;14) uni o‘g‘irlab ketish qaerda va
qay vaziyatda amalga oshirildi
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |