O‘g‘rilik jinoyatlarini tergov qilish xususiyatlari
O‘g‘rilikni tergov qilish hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan
kechirishdan boshlanadi. U tergovchi, tezkor xodimlar, mutaxassis-
kriminalist, xizmat-qidiruv iti va kinolog, ichki ishlar organlarining
profilaktika inspektoridan iborat tergov-tezkor guruhi tomonidan amalga
oshirilgan holda ayniqsa samarali bo‘ladi.
YOdda saqlang! Tergovchi hodisa sodir bo‘lgan joy haqida
umumiy tasavvur hosil qilib, uni ko‘zdan kechirish rejasini tuzgach,
quyidagi masalalarni aniqlashi lozim:
1) o‘g‘ri binoga qanday kirgan;
2) qaysi predmetlarga qo‘l tekkizgan;
3) hodisa sodir bo‘lgan joyda qanday izlar qoldirgan;
4) bu erni hech kimga sezdirmasdan tark etgan bo‘lishi mumkinmi;
5) u o‘zi bilan yoki o‘z kiyimi, poyafzalida nimani olib ketgan
(o‘g‘irlangan buyumlar; bo‘yoq, chang zarralari);
6) aybdorning kasb-kori, jismoniy xususiyatlari, binoda mo‘ljal
olishini ko‘rsatuvchi belgilar aks etganmi. Jinoyatchilar necha kishi
bo‘lgani, ular qanday harakat qilgani, qimmatbaho buyumlar
saqlanadigan
joyni
bilgan-bilmaganini
aniqlash muhim
vazifa
hisoblanadi.
Hodisa sodir bo‘lgan joyga kelgach, guruh a’zolari o‘g‘rilikni kim
birinchi bo‘lib aniqlagani, sharoitda qanday o‘zgarishlar yuz bergani,
ularning birortasi shubhali shaxslarni ko‘rgan-ko‘rmaganini aniqlash
uchun shohidlar bilan so‘rov o‘tkaziladi. Agar o‘g‘rilik darhol
aniqlangan bo‘lsa, tezkor xodimlar aybdorni «qaynoq izlari»dan
qidirishni tashkil etadi.
Binoga kirish yoki saqlash joylari (metall shkaflar, seyflar) ayniqsa
sinchiklab tekshiriladi, chunki bu erda barmoq, poyafzal izlari, qulfni
405
buzish asboblari, kiyim tolalari, jinoyatchi tushirib qoldirgan narsalar
(egov, iskana, oyna keskich va sh.k.) topilishi mumkin.
Oziq-ovqat do‘konlari, dala hovlilari va omborlardan o‘g‘rilik sodir
etilgan holda, jinoyatchilar iste’mol qilgan shokolad konfetlari, pishloq,
olmada tish izlari qolgan bo‘lishi mumkin. To‘siqlarni buzayotib
o‘g‘rilar tanasining biror joyini tilib olgan bo‘lishi, shu sababli qon izlari
topilishi mumkin.
Ko‘zdan kechirish jarayonida o‘g‘irlangan tovarlarning yorliqlari,
pasportlarini, o‘xshash gazlama namunalarini olib qo‘yish kerak, chunki
bu qidiruv tadbirlarini ancha engillashtiradi. Ko‘zdan kechirilayotgan
ob’ektning tevarak atrofi ham tekshiriladi: bu erda avtotransport
g‘ildiraklari, poyafzal izlari, jinoyat qurollari, o‘g‘irlangan mol-
mulkning bir qismi topilishi mumkin.
Jabrlanuvchilar va moddiy javobgar shaxslarni so‘roq qilish odatda
ular voqea haqida qaysi holatlarda xabar topganini aniqlashdan
boshlanadi. So‘roq qilinuvchi yo‘qolgan buyumlar va boyliklarni oxirgi
marta qachon ko‘rgani, ular yo‘qolganini qachon aniqlagani, shuningdek
o‘g‘irlangan mol-mulk qiymati va alohida belgilari aniqlanadi.
Kvartira o‘g‘riliklariga doir ishlar bo‘yicha qo‘shnilar orasida
jabrlanuvchida pul va boyliklar mavjudligidan xabardor odam bor-
yo‘qligi, kvartirada begona shaxslardan oxirgi marta kim bo‘lgani
aniqlanadi. Agar so‘roq qilinuvchi o‘g‘rilikni sodir etishi mumkin
bo‘lgan muayyan shaxslarni aytsa, bunday gumonlar uchun nima asos
bo‘lganini surishtirish kerak. Ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha kechiktirib
bo‘lmaydigan tergov harakatlari qatoriga guvohlarni so‘roq qilish ham
kiradi. Kvartira o‘g‘riliklarini tergov qilishda – bu jabrlanuvchining oila
a’zolari va qarindoshlari. Ular o‘g‘irlangan buyumlarning alomatlariga
aniqlik kiritadi. Deraza oldida yoki hovlidagi so‘rida kunni kech
qiladigan pensionerlar va qo‘shnilarni so‘roq qilish natijasida ham
muhim ma’lumotlarni olish mumkin.
Davlat va jamoat mulkini o‘g‘irlashga doir ishlar bo‘yicha
qo‘riqlash xizmati xodimlarini so‘roq qilish zarur: ular o‘sha payt qaerda
bo‘lgan, qo‘riqlanayotan ob’ekt yaqinida shubhali sub’ektlarga ko‘zi
tushmaganmi, bu qachon bo‘lgan, ular nimasi bilan e’tiborni tortgan va
h.k..
Agar jinoyatchilar o‘g‘rilikni sodir etish ustida yoki «qaynoq
izlardan» borib ushlangan bo‘lsa, eng avvalo gumon qilinuvchilarni
shaxsiy tintuv qilish va guvohlantirish, ularning kiyimini ko‘zdan
kechirish, yashash joyida tintuv o‘tkazish zarur. Ushbu tergov
406
harakatlarini o‘tkazish jarayonida o‘g‘irlangan pullar va buyumlargina
emas, balki ularning o‘ramlari, yorliqlari, jinoyat qurollari, binolarning
tarxlari, jinoyatchilar kiyimi ham olib qo‘yiladi. Tintuv o‘tkazayotganda
professional o‘g‘rilar odatda o‘g‘irlangan buyumlarni yashirish
usullarini puxta ishlab chiqishlarini hisobga olish lozim. SHu sababli
kvartiri bilan bir qatorda, barcha yordamchi xonalar, erto‘lalar, garajlar,
qaznoqlarni ham tintuv qilish zarur.
Ushlangunga qadar o‘g‘rilar ba’zan bir nechta o‘g‘riliklar sodir
etishga ulgurgan bo‘ladi, tintuvda ushbu holatni hisobga olish zarur.
SHu sababli nafaqat tergov qilinayotgan, balki ilgari sodir etilgan
o‘g‘riliklarga tegishli buyumlar ham olib qo‘yiladi. Tintuv chog‘ida
yaxshi niqoblangan xufyadonlarni topish uchun ta’sirchan asboblardan
foydalanish lozim.
Gumon qilinuvchini guvohlantirish, uning kiyimini ko‘zdan
kechirish chog‘ida jinoyat sodir etilgan joyda ilashgan chang, gilam tuki,
bo‘yoq va boshqa mikrozarralar topilishi mumkin. Ko‘zdan kechirilgan
kiyim va poyafzal ekspertizaga yuborish uchun olib qo‘yilishi lozim.
Gumon qilinuvchini so‘roq qilish odatda unda alibi bor-yo‘qligini
aniqlashdan boshlanadi. Agar so‘roq qilinuvchi aybiga iqror
bo‘lmasdan, o‘z alibisini bildirgan bo‘lsa, uning boshqa joyda bo‘lish
tafsilotlari aniqlanadi. Jinoyatchini fosh qilish uchun o‘g‘rilik sodir
etilgan joyda topilgan, tintuv va guvohlantirish chog‘ida olib qo‘yilgan
ashyoviy
dalillardan,
shuningdek
guvoh-shohidlar
va
boshqa
guvohlarning
bildirilgan
alibini
rad
etuvchi
ko‘rsatuvlaridan
foydalaniladi.
Agar gumon qilinuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lgan bo‘lsa, undan
jinoyatni sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish tafsilotlarini, o‘g‘irlangan
buyumlar va jinoyat qurollari yashirib qo‘yilgan joyni, sheriklari
mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash zarur.
O‘g‘rilikni tergov qilishda sud ekspertizalari muhim rol o‘ynaydi.
Ko‘pincha daktiloskopik, trasologik (qulfni buzish, poyafzal, avtoshina
izlari bo‘yicha), mikroob’ektlarni tekshirish bo‘yicha ekspertizalar
tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |