Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


O‘g‘rilik jinoyatlarini tergov qilish xususiyatlari



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet401/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   548
 

O‘g‘rilik jinoyatlarini tergov qilish xususiyatlari 

O‘g‘rilikni  tergov  qilish  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘zdan 

kechirishdan  boshlanadi.  U  tergovchi,  tezkor  xodimlar,  mutaxassis-

kriminalist,  xizmat-qidiruv  iti  va  kinolog,  ichki  ishlar  organlarining 

profilaktika inspektoridan iborat tergov-tezkor guruhi tomonidan amalga 

oshirilgan holda ayniqsa samarali bo‘ladi. 

 

YOdda  saqlang!  Tergovchi  hodisa  sodir  bo‘lgan  joy  haqida 

umumiy  tasavvur  hosil  qilib,  uni  ko‘zdan  kechirish  rejasini  tuzgach, 

quyidagi masalalarni aniqlashi lozim:  

1) o‘g‘ri binoga qanday kirgan;  

2) qaysi predmetlarga qo‘l tekkizgan;  

3) hodisa sodir bo‘lgan joyda qanday izlar qoldirgan;  

4) bu erni hech kimga sezdirmasdan tark etgan bo‘lishi mumkinmi;  

5)  u  o‘zi  bilan  yoki  o‘z  kiyimi,  poyafzalida  nimani  olib  ketgan 

(o‘g‘irlangan buyumlar; bo‘yoq, chang zarralari);  

6)  aybdorning  kasb-kori,  jismoniy  xususiyatlari,  binoda  mo‘ljal 

olishini  ko‘rsatuvchi  belgilar  aks  etganmi.  Jinoyatchilar  necha  kishi 

bo‘lgani,  ular  qanday  harakat  qilgani,  qimmatbaho  buyumlar 

saqlanadigan 

joyni 


bilgan-bilmaganini 

aniqlash  muhim 

vazifa 

hisoblanadi. 

 

Hodisa  sodir  bo‘lgan  joyga  kelgach,  guruh  a’zolari  o‘g‘rilikni  kim 



birinchi  bo‘lib  aniqlagani,  sharoitda  qanday  o‘zgarishlar  yuz  bergani, 

ularning  birortasi  shubhali  shaxslarni  ko‘rgan-ko‘rmaganini  aniqlash 

uchun  shohidlar  bilan  so‘rov  o‘tkaziladi.  Agar  o‘g‘rilik  darhol 

aniqlangan  bo‘lsa,  tezkor  xodimlar  aybdorni  «qaynoq  izlari»dan 

qidirishni tashkil etadi. 

Binoga kirish yoki saqlash joylari (metall shkaflar, seyflar) ayniqsa 

sinchiklab  tekshiriladi,  chunki  bu  erda  barmoq,  poyafzal  izlari,  qulfni 



 

405 


buzish  asboblari,  kiyim  tolalari,  jinoyatchi  tushirib  qoldirgan  narsalar 

(egov, iskana, oyna keskich va sh.k.) topilishi mumkin. 

Oziq-ovqat do‘konlari, dala hovlilari va omborlardan o‘g‘rilik sodir 

etilgan holda, jinoyatchilar iste’mol qilgan shokolad konfetlari, pishloq, 

olmada  tish  izlari  qolgan  bo‘lishi  mumkin.  To‘siqlarni  buzayotib 

o‘g‘rilar tanasining biror joyini tilib olgan bo‘lishi, shu sababli qon izlari 

topilishi mumkin. 

Ko‘zdan  kechirish  jarayonida  o‘g‘irlangan  tovarlarning  yorliqlari, 

pasportlarini, o‘xshash gazlama namunalarini olib qo‘yish kerak, chunki 

bu  qidiruv  tadbirlarini  ancha  engillashtiradi.  Ko‘zdan  kechirilayotgan 

ob’ektning  tevarak  atrofi  ham  tekshiriladi:  bu  erda  avtotransport 

g‘ildiraklari,  poyafzal  izlari,  jinoyat  qurollari,  o‘g‘irlangan  mol-

mulkning bir qismi topilishi mumkin. 

Jabrlanuvchilar va moddiy javobgar shaxslarni so‘roq qilish odatda 

ular  voqea  haqida  qaysi  holatlarda  xabar  topganini  aniqlashdan 

boshlanadi. So‘roq qilinuvchi yo‘qolgan buyumlar va boyliklarni oxirgi 

marta qachon ko‘rgani, ular yo‘qolganini qachon aniqlagani, shuningdek 

o‘g‘irlangan mol-mulk qiymati va alohida belgilari aniqlanadi.  

Kvartira  o‘g‘riliklariga  doir  ishlar  bo‘yicha  qo‘shnilar  orasida 

jabrlanuvchida  pul  va  boyliklar  mavjudligidan  xabardor  odam  bor-

yo‘qligi,  kvartirada  begona  shaxslardan  oxirgi  marta  kim  bo‘lgani 

aniqlanadi.  Agar  so‘roq  qilinuvchi  o‘g‘rilikni  sodir  etishi  mumkin 

bo‘lgan  muayyan  shaxslarni  aytsa,  bunday  gumonlar  uchun  nima  asos 

bo‘lganini surishtirish kerak. Ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha kechiktirib 

bo‘lmaydigan  tergov  harakatlari  qatoriga  guvohlarni  so‘roq  qilish  ham 

kiradi. Kvartira o‘g‘riliklarini tergov qilishda – bu jabrlanuvchining oila 

a’zolari  va  qarindoshlari.  Ular  o‘g‘irlangan  buyumlarning  alomatlariga 

aniqlik  kiritadi.  Deraza  oldida  yoki  hovlidagi  so‘rida  kunni  kech 

qiladigan  pensionerlar  va  qo‘shnilarni  so‘roq  qilish  natijasida  ham 

muhim ma’lumotlarni olish mumkin. 

Davlat  va  jamoat  mulkini  o‘g‘irlashga  doir  ishlar  bo‘yicha 

qo‘riqlash xizmati xodimlarini so‘roq qilish zarur: ular o‘sha payt qaerda 

bo‘lgan,  qo‘riqlanayotan  ob’ekt  yaqinida  shubhali  sub’ektlarga  ko‘zi 

tushmaganmi, bu qachon bo‘lgan, ular nimasi bilan e’tiborni tortgan va 

h.k.. 

Agar  jinoyatchilar  o‘g‘rilikni  sodir  etish  ustida  yoki  «qaynoq 



izlardan»  borib  ushlangan  bo‘lsa,  eng  avvalo  gumon  qilinuvchilarni 

shaxsiy  tintuv  qilish  va  guvohlantirish,  ularning  kiyimini  ko‘zdan 

kechirish,  yashash  joyida  tintuv  o‘tkazish  zarur.  Ushbu  tergov 



 

406 


harakatlarini  o‘tkazish  jarayonida  o‘g‘irlangan  pullar  va  buyumlargina 

emas,  balki  ularning  o‘ramlari,  yorliqlari,  jinoyat  qurollari,  binolarning 

tarxlari, jinoyatchilar kiyimi ham olib qo‘yiladi. Tintuv o‘tkazayotganda 

professional  o‘g‘rilar  odatda  o‘g‘irlangan  buyumlarni  yashirish 

usullarini  puxta  ishlab  chiqishlarini  hisobga  olish  lozim.  SHu  sababli 

kvartiri bilan bir qatorda, barcha yordamchi xonalar, erto‘lalar, garajlar, 

qaznoqlarni ham tintuv qilish zarur. 

Ushlangunga  qadar  o‘g‘rilar  ba’zan  bir  nechta  o‘g‘riliklar  sodir 

etishga  ulgurgan  bo‘ladi,  tintuvda  ushbu  holatni  hisobga  olish  zarur. 

SHu  sababli  nafaqat  tergov  qilinayotgan,  balki  ilgari  sodir  etilgan 

o‘g‘riliklarga  tegishli  buyumlar  ham  olib  qo‘yiladi.  Tintuv  chog‘ida 

yaxshi  niqoblangan  xufyadonlarni  topish  uchun  ta’sirchan  asboblardan 

foydalanish lozim. 

Gumon  qilinuvchini  guvohlantirish,  uning  kiyimini  ko‘zdan 

kechirish chog‘ida jinoyat sodir etilgan joyda ilashgan chang, gilam tuki, 

bo‘yoq va boshqa mikrozarralar topilishi mumkin. Ko‘zdan kechirilgan 

kiyim va poyafzal ekspertizaga yuborish uchun olib qo‘yilishi lozim. 

Gumon  qilinuvchini  so‘roq  qilish  odatda  unda  alibi  bor-yo‘qligini 

aniqlashdan  boshlanadi.  Agar  so‘roq  qilinuvchi  aybiga  iqror 

bo‘lmasdan,  o‘z  alibisini  bildirgan  bo‘lsa,  uning  boshqa  joyda  bo‘lish 

tafsilotlari  aniqlanadi.  Jinoyatchini  fosh  qilish  uchun  o‘g‘rilik  sodir 

etilgan  joyda  topilgan,  tintuv  va  guvohlantirish  chog‘ida  olib  qo‘yilgan 

ashyoviy 

dalillardan, 

shuningdek 

guvoh-shohidlar 

va 

boshqa 


guvohlarning 

bildirilgan 

alibini 

rad 


etuvchi 

ko‘rsatuvlaridan 

foydalaniladi.  

Agar  gumon  qilinuvchi  o‘z  aybiga  iqror  bo‘lgan  bo‘lsa,  undan 

jinoyatni  sodir  etishga  tayyorgarlik  ko‘rish  tafsilotlarini,  o‘g‘irlangan 

buyumlar  va  jinoyat  qurollari  yashirib  qo‘yilgan  joyni,  sheriklari 

mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash zarur. 

O‘g‘rilikni  tergov  qilishda  sud  ekspertizalari  muhim  rol  o‘ynaydi. 

Ko‘pincha  daktiloskopik,  trasologik  (qulfni  buzish,  poyafzal,  avtoshina 

izlari  bo‘yicha),  mikroob’ektlarni  tekshirish  bo‘yicha  ekspertizalar 

tayinlanadi. 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish