6) avvalgi yillarda ochilmagan jinoyatlarni tergov qilish
bo‘yicha. Guruh doimiy asosda ishlaydi va ma’lum bir turdagi jinoyat
bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘lishi mumkin.
Tezkor-qidiruv guruhi va tergovchilar guruhining tarkibi turli xil
bo‘lishi mumkin bo‘lib, ular ishtirokchilar doirasi, vazifalari taktik
hamkorlik usuli bilan farqlanadi.
Ushbu ma’lumotlar turi va ulardan foydalanish imkoniyatlari
quyidagicha:
1. Jinoyatga
aloqador
shaxslarning
harakatlari
haqida
tergovchni yo‘naltiruvchi tezkor ma’lumotlar (gumon qilinuvchi,
ayblanuvchining jinoiy faoliyati haqida ma’lumot; jinoyatni yashirgan
shaxslarning harakatlari haqida ma’lumot; tergovning borishiga qarshilik
qiladigan harakatlarni amalga oshirilishi haqida ma’lumot; ko‘rsatilgan
ma’lumotlar va ashyoviy dalillar egalari haqida ma’lumot). Bu
ma’lumotdan bevosita va bilvosita yo‘l bilan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |