2. Ishga aloqador ob’ektlarining joylashish va tergovchini
yo‘naltiruvchi tezkor ma’lumot. Ushbu ma’lumotdan quyidagi
hollarda foydalaniladi (tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish, mulkni hibsga
olishda; mazkur ma’lumotlarga protsessual tus berish, maqsadida
dalilllar doirasiga kiritish uchun amalga oshiriladigan harakatlarda).
3. Tezkor xodim tomonidan yoki mutaxassis yordamida
olingan tezkor ma’lumot. Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risidagi
qonunga ko‘ra, ma’lumotlar tezkor xodim tomonidan predmet va
hujjatlarni o‘rganish, bino va inshootlarni, joy va transport vositalarini
ko‘zdan kechirish orqali hamda aloqaning texnik kanallaridan olishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |